2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qaroriga asosan 2020-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi O‘r qht, 2017-y


Download 129.73 Kb.
bet1/24
Sana13.04.2023
Hajmi129.73 Kb.
#1350930
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
124 08.05.2013




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.60.00 Davlat ta’lim standartlari. Ta’lim dasturlari. Ta’lim jarayoni]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli ““El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatiga hamda ta’limga oid qonunchilik takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standarti “Chet tillari bo‘yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standarti “Chet tillari bo‘yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar” 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qaroriga asosan 2020-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 230-modda)
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 8-may,
124-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-son qaroriga
1-ILOVA


Download 129.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling