2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
Download 126.57 Kb.
|
132 11.03.2021
[OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat to‘g‘risida qonun hujjatlari] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash ishlarini samarali tashkil etishning doimiy moliyaviy manbalarini va ulardan foydalanish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman va shaharlarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Oldingi tahrirga qarang. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son) Oldingi tahrirga qarang. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son) Oldingi tahrirga qarang. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son) Oldingi tahrirga qarang. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son) Oldingi tahrirga qarang. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son) 7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining xalqaro yoshlar oromgohini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2018-yil 26-fevraldagi 143-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Oldingi tahrirga qarang. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son) O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2021-yil 11-mart, 132-son Oldingi tahrirga qarang. (1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son) Oldingi tahrirga qarang. (2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son) Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-son qaroriga 3-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Oldingi tahrirga qarang. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 09/21/527/0804-son) Oldingi tahrirga qarang. (2-band O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son) 3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 41-son, 474-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 451-band qo‘shilsin: “451. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi”. 4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini ko‘rib chiquvchi hududiy komissiyaning NAMUNAVIY TARKIBI 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, Komissiya raisi. 2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari raislari, Komissiya raisi o‘rinbosari. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining o‘rinbosarlari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raislari. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahri xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari boshliqlari. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari boshliqlari. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi va viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari. 10. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limlari rahbarlari. 11. Tegishli hududdagi pedagogika yo‘nalishi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi rektori (1 nafar). 12. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari raislarining o‘rinbosarlari — “Kamalak” bolalar tashkiloti raislari. Izoh. Komissiya tarkibiga komissiya raisi tomonidan kelishuv asosida ikki nafargacha yoshlar siyosatini yaxshi tushunadigan mutaxassislar kiritilishi mumkin”; b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman (shahar) komissiyasining NAMUNAVIY TARKIBI 1. Tuman (shahar) hokimi, Komissiya raisi. 2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashi raisi, Komissiya raisi o‘rinbosari. 3. Tuman (shahar) hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari. 4. Tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi. 5. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i. 6. Tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i. 7. Tuman (shahar) madaniyat bo‘limi rahbari. 8. Tuman (shahar) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash raisining birinchi o‘rinbosari. 9. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman (shahar) bo‘limi rahbari. 10. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashi ta’lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi. Izoh. Komissiya tarkibiga komissiya raisi tomonidan kelishuv asosida ikki nafargacha yoshlar siyosatini yaxshi tushunadigan mutaxassislar kiritilishi mumkin”. 5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxatining 4-bobiga quyidagi mazmundagi 7-band qo‘shilsin: “7. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi”. 6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-dekabrdagi 1036-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 311-modda) bilan tasdiqlangan Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarning reytingini aniqlash, shuningdek, ularga ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomda: 12-banddagi “O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi” so‘zlaridan keyin “, Yoshlar ishlari agentligi” so‘zlari qo‘shilsin; 22-banddagi “O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi” so‘zlaridan keyin “, Yoshlar ishlari agentligi” so‘zlari qo‘shilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-yanvardagi 42-son qarori bilan tasdiqlangan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning profilaktikasi, shuningdek, xorijga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hududiy ishchi guruhlarning namunaviy tarkibining 12-bandidagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi” so‘zlari “Yoshlar ishlari agentligi,” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” 2018-yil 4-maydagi 336-son qarorida: a) qaror nomidagi “Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi” so‘zlari “Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:”; v) 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 2-bandda: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “qabul kvotalariga muvofiq tinglovchilarni qayta tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi buyurtmasi asosida tashkil etiladigan malaka oshirish o‘quv kurslari bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;”; to‘rtinchi xatboshidagi “to‘lov-kontrakt asosida” so‘zlaridan keyin “qayta tayyorlash va” so‘zlari qo‘shilsin; d) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati zimmasiga yuklansin.”; e) qarorga 1-ilovada: nomidagi va 1-bandidagi “Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi” so‘zlari “Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-banddagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi (keyingi o‘rinlarda — Yoshlar ittifoqi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5-banddagi, 28-bandning birinchi xatboshisidagi va 29-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari “Agentlik” so‘zi bilan, 14, 16, 24-bandlardagi “Yoshlar ittifoqining” so‘zlari “Agentlikning” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “To‘lov-kontrakt asosida qayta tayyorlash qabul kvotasi umumiy bir o‘quv yiliga mo‘ljallangan qabul kvotasidan tashqari belgilanadi hamda bu ko‘rsatkich bir o‘quv yiliga mo‘ljallangan qabul kvotasi umumiy sonining 50 foizidan oshmaydi.”; 10-banddagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar” so‘zlari bilan almashtirilsin; 11-banddagi “Institut” so‘zi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin; 28-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari malakasini oshirish”; 29-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-bob nomidagi “Institutning” so‘zidan keyin “qayta tayyorlash va” so‘zlari qo‘shilsin; 34-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “To‘lov-kontrakt asosida qayta tayyorlash bo‘yicha qabul ushbu nizomning 2-bobida belgilangan Institutning qayta tayyorlash o‘quv kurslariga qabul qoidalari asosida amalga oshiriladi. Komissiya tomonidan test va suhbat natijalarining umumiy balini inobatga olgan xolda to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida nomzodlarni tinglovchilikka tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin Institut bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda kontraktlar rasmiylashtiriladi”; 38-banddagi “Malaka oshirish” so‘zlaridan oldin “Qayta tayyorlash va” so‘zlari qo‘shilsin; 39-bandda: birinchi xatboshisidagi “Institutning” so‘zidan keyin “qayta tayyorlash va” so‘zlari qo‘shilsin; ikkinchi xatboshisidagi “tartibda tegishli” so‘zlaridan keyin “diplom va” so‘zlari qo‘shilsin; nizomga 1-ilovadagi 1-bosqichning “Ijrochilar” ustunidagi “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari “Yoshlar ishlari agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; nizomga 2-ilovada 1-bosqichdagi “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari “Yoshlar ishlari agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) qarorga 2-ilovada: nomidagi “Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi” so‘zlari “Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1-banddagi “Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi” so‘zlari “Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-banddagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 17-18-bandlardagi “Ittifoq” so‘zi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin; 19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “19. Quyidagi mavzular va muammolar istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv kurslari tinglovchilarining tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy talablar doirasiga kiradi: yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlar muammolari; davlat va jamiyat boshqaruvining konstitutsiyaviy-huquqiy va tashkiliy asoslari; Davlat boshqaruvi tarixi, O‘zbekistonda davlatchilik tarixi; boshqaruvning milliy-ma’naviy negizlari va axloqiy jihatlari; fuqarolik jamiyati asoslari, fuqarolik jamiyati institutlari va ijtimoiy sheriklik; 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati va ahamiyati; yoshlar menejmenti; yoshlar bilan ijtimoiy ishlash; strategik menejmentni va inson resurslarini boshqarish; axborot xavfsizligi va mafkuraviy tahdidlar; boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi; liderlik psixologiyasi; boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholay olish; aniq vaziyatlar tahlilida yoshlar muammolarini aniqlash, ularni hal qilishning usullarini belgilay olish va kutilayotgan natijalarni baholay olish; rahbar shaxsi va rahbarlik uslublari; mahallada yoshlar bilan ishlashni tashkil qilish; yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik hamda bo‘sh vaqtini tashkil qilishga doir muammolarini aniqlash va mos yechimlar topish; yoshlarning norasmiy guruhlari bilan ishlash; yoshlarda noijtimoiy holat profilaktikasi xususiyatlari; yosh oilalar bilan ishlash texnologiyalari; yoshlar OAVlari va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash; loyihaviy boshqaruv; axborot-tahliliy faoliyat asoslari; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimi va faoliyat yo‘nalishlari; tizimli tahlil va boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruv tamoyillari va mexanizmlari to‘g‘risida nazariy bilimlar; vaziyatlar tahlili va bosqichlari hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish usullari; nizolarni hal etish texnologiyalari; xodimlarni baholash va shaxsning o‘z-o‘zini boshqarish uslublari; jamoaga ta’sir etish uslublari; ommaviy muloqot va notiqlik mahorati; boshqaruvni tashkil qilish va samarali amalga oshirish; tashkilot madaniyatini shakllantirish va boshqarish; tashkilotning ichki imkoniyatlarini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni yechishning samarali yo‘llarini topish; tashkilotning innovatsion faoliyatini tahlil qilish va baholash; tashkilotchilik, shaxsiy tashabbuskorlik, qarorlar qabul qilish, muzokaralar olib borish; o‘z fikrlarini ham yozma, ham og‘zaki bayon etish kompetensiyalariga ega bo‘lish; idoraviy boshqaruv va ish yuritish texnologiyalari; kadrlarni boshqarishning innovatsion usullari; moliyaviy faoliyat boshqaruvi”; 22-bandda: ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “kurs ishi himoyasi” so‘zlaridan keyin “yoki chiqish testi” so‘zlari qo‘shilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-avgustdagi 669-son qarorida: a) 1-bandda: ikkinchi-uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; b) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; v) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; g) 3-ilovaning 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-oktabrdagi 786-son qarorida: a) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “6. “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganlarni taqdirlash tadbirlarini tashkil etish, ko‘krak nishonlar va ularning guvohnomalarini tayyorlash xarajatlari Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin”; b) 1-ilovaning 11-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”. 11. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-noyabrdagi 962-son qarorida: a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”. b) 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; v) 1-ilovada: ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-son qaroriga ilova”; 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin; 39-bandning oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; 40-bandning uchinchi xatboshisidan “hamda zarur hollarda belgilangan tartibda qurilish qiymatining 30 foizigacha bo‘lgan qismini Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish” so‘zlar chiqarib tashlansin; 41-bandning “b” kichik bandi chiqarib tashlansin; 7 va 8-boblar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; g) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; d) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi HQT, 2017-y., 3-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentining 33-bandida: quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan — yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari”; yettinchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin. 13. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “8. Departament joylashgan eri (pochta manzili): 100017, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-uy. Departament Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-uy manzilda joylashgan binoning 2 ta qavatiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi”. 14. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 291-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 15-son, 284-modda) bilan tasdiqlangan Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: 48-band “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,” so‘zlaridan keyin “Yoshlar ishlari agentligi,” so‘zlari qo‘shilsin; 52-band “mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari,” so‘zlaridan keyin “Yoshlar ishlari agentligi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” so‘zlari qo‘shilsin; 1-ilovaga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi vakili”; to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin. 15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasining 18-bandi “Moliyalashtirish manbai” ustunidagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tishi tartibi to‘g‘risida nizomning 11-bandi oltinchi xatboshisidagi “Yoshlar ittifoqining hududiy bo‘linmalarida” so‘zlari “Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 17. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 58-son qarori bilan tasdiqlangan Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida 2020 — 2022-yillarda yangi ish o‘rinlari yaratish hamda yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining 18-bandida: “Moliyalashtirish manbai” ustunidagi “Yoshlar ittifoqi jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “Mahalliy budjetning qo‘shimcha manba mablag‘lari hisobidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 18. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga quyidagi mazmundagi 201-band qo‘shilsin: “201. Oliy ta’lim muassasalaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi bo‘lgan bakalavr va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talabalarga, ularning ta’lim olish turi (grant yoki to‘lov-shartnoma asosida) va o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy stipendiyaning besh baravari miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.”. Oldingi tahrirga qarang. (19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14 iyundagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 09/21/370/0564-son) 20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-son qarori) 2020-yil 11-martdagi 144-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 21. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 228-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi “k” kichik bandi uchinchi xatboshisidan “, “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 22. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 323-son qarori bilan tasdiqlangan Zarafshon shahrida ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning 4-bobi 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Download 126.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling