2. Bedanalarni qo‘yib yuboraylik, uchib ketishsin, bizni duo qilishadi. Ushbu gapdagi fe’ l shakllarining qo‘shimchalari turini aniqlang


Download 24.32 Kb.
bet1/3
Sana30.10.2023
Hajmi24.32 Kb.
#1734302
  1   2   3
Bog'liq
ona tili va adabiyot fanidan nazora


1. Ilm-hunardan bahramand bo‘lgan kishi barkamol insondir.Mazkur gapda qo‘llanilgan sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha to‘g‘ri belgilangan javobni aniqlang. A) -dan, -dir B) -mand, -gan C) -bor, -dir D) -gan, -dan
2. Bedanalarni qo‘yib yuboraylik, uchib ketishsin, bizni duo qilishadi. Ushbu gapdagi fe’ l shakllarining qo‘shimchalari turini aniqlang.
A) Nisbat qo‘shimchalari B) So‘z yasovchi qo‘shimcha
C) Mayl qo‘shimchalari D) Mayl va shaxs-son qo‘shimchalari
3. Kishi o‘z fazilatlari haqida qancha kam bilsa, bizga shuncha yoqadi. Mazkur gapda qo‘Ilanilgan ravishning ma’no jihatdan turini aniqlang. A)Holat. B) Miqdor-daraja. C) Payt. D) O‘rin. 4. Sifatdoshlarni belgilang.
A)Yugurmoq, ekmoq. B) Kuldi, nazar soldi. C) O‘zgargan, jim qolgan.
D)Olib chiqdi, yozgach.
5. Miqdorga ishora qiluvchi olmosh qaysi qatordagi gapda berilgan?
A) Amir Temurni anglash — o`zimizni anglash demakdir. Biz buyuk sohibqiron
avlodlarimiz.
B) Hayot uchun, tiriklik uchun yer, suv, havo, quyosh nuri qanchalik kerak bo‘lsa,
insonga mehr ham shunchalik zarurdir.
C) Kimning qaysi millatga mansubligini tilidan, qiyofasidan oson ajratsa bo‘ladi.
D) Xalqimiz tarixini kuzatsangiz, uning eng katta, eng go‘zal qismi ta’lim —tarbiya tarixidan iborat.
6. Qaysi javobda asos va qo‘shimcha o‘rtasida o‘zgarish bo‘lgan olmoshlar berilgan?
A) Mana bu, ana shu. B) Menday, buni. C) Unday, bunaqa D) Uning, o‘zimiz.
7.O‘zlik olmoshi bilan qo‘llangan kishilik olmoshiga ta’kid ma’nosi yuklangan gapni aniqlang.
A) Biz o‘z tuprog‘imizni ko‘z qorachig‘idek asraymiz.
B) O‘zim ham hayronman.
C) Bu ishlarni qilgan o‘zi.
D) Mening o‘zim unchalik yomon odam emasman. 8. Bo‘lishsizlik olmoshi ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Kimdir allanima dedi.
В) Birov unday deydi, birov bunday deydi.
C) Har kim bilganini gapiryapti.
D) Men hech narsa demadim. 9.Tub olmoshlar ishtirok etgan gapni belgilang.
A) Baxtni har kim o‘zicha tushunadi. B) Kimlarnidir qorni to‘q.
C) Ana o‘sha yerda o‘zimizni ko‘rsatamiz. D) Hamma hasharda qatnashdi.

Download 24.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling