2. "Bilgamish" dostonining turk xalqlari eposiga munosabati


Download 309.75 Kb.
bet5/17
Sana18.01.2023
Hajmi309.75 Kb.
#1099401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2. Bilgamish dostonining turk xalqlari eposiga munosabati

O’tnur yangi tabug’. I. 357

Turkan xotin qoshiga,

Мendan yetkur she’r.

Xizmatga xodimingiz,

Rost, deb payom ber.

Qadimgi turkiy adabiyotshunoslikda she’riy asarlarni qo’shiq deb nomlash natijasidirki, professor B.To’xliyev ham «O’zbek adabiyoti» (9-sinf) darsligida «Devonu lug’otit turk»dagi barcha she’riy parchalarni «Qadimgi qo’shiqlar» nomi bilan umumlashtiradi. Albatta, qadimgi adabiyotshunoslikdagi qarashlar nuqtai nazaridan bu ta’rif to’g’ridir. Shu bilan birga she’riy asarning kuyga solib ijro etilishi ham qadimgi turkiylarda qo’shiq nomi bilan yuritilgan. Devondagi quyidagi parchalar odamlarning quvnoq o’tirishlari, o’yin-kulgisi, kuy va she’rning vobastaligi ifodasi bo’lib, u ijro etishga, ya’ni qo’shiqqa mo’ljallanganligi aniqdir.



Ko’glar qamug’ tuzuldi,

Ivriq izish tizildi.

Sensiz uzum uzaldi,

Kelgil, amul o’ynalim. III. 145

Ivriq bashi qazlayu,

Sag’raq tulu ko’zlayu.

Saqinch ko’zi kezlayu,

Tun kun bila sevnalim. I. 126

Kuylar ajab tuzildi,

Мay idishi tizildi.

Sensiz ko’nglim ezildi,

Kel, shodlanib o’ynaylik.

Мay idishi g’oz bo’lsin,

Tubi ko’z kabi to’lsin.

G’amni ko’maylik, o’lsin.

Tun kun o’ynab kulaylik.

Bundan tashqari, o’quv darsliklarimizda qadimgi xalqlarimizning mehnat va marosimlari bilan bog’langan ko’plab she’rlar keltirilganki, ular ham qadimgi qo’shiqlarning nodir namunasi hisoblanadi.

YIR
YIR- kuy, maqom. Ko’pincha bu so’z she’rga nisbatan qo’llanadi.Bu so’z ir tarzida ham talaffuz qilinadi (III., 9). Bu atama boshqa sahifada «g’azal, maqom, kuy» (III., 159) shaklida izohlangan. Demak, yir qadimgi musiqaga ham tegishli atama bo’lib, lekin ko’proq she’rga nisbatan ishlatilgan. Yir adabiy atama sifatida ko’pgina turkiy xalqlarda hozirgacha ham saqlangan. Yir Alisher Navoiy asarlarida ham uchraydigan so’z bo’lib, u ashula, qo’shiq, jir ma’nolarini ifodalaydi. Jir – yirning turkiylar «j»lashgan shevalariga xos o’zgargan shaklidir. Yirlamoq deyilganda ham jirlamoq – ashula qilmoq tushunilgan. Hozirgi davrda tatarlarda, umuman, xalq qo’shiqlari, qozoq va qoraqalpoqlarda esa syujet asosida qurilgan xalq she’riyati, ko’proq dostonlar jir deb ataladi. Jir aytgan ijodkor jirov deb nomlangan. Qadimdan hozirgacha o’zbek, qozoq va qoraqalpoqlarda xalq dostonlari hamda tarixiy qo’shiqlarni kuylagan xalq shoirlari jirovlar deb yuritilgan. O’zbeklarda xalq dostonlarini kuylagan shoirlar asosan baxshi deyiladi. Lekin qoraqalpoqlarda jirov va baxshi farqlanadi. Xalq qahramonlik dostonlari va tarixiy qo’shiqlarni qo’biz bilan kuylovchi shoir jirovdir. Romanik dostonlarni do’mbira yoki dutor bilan aytuvchilar baxshi hisoblanadi.
Demak, yir –jir turkiy adabiyotdagi qadimiy janrlardan biri bo’lib, ularga xos xususiyat she’r va kuyning uzviy tarzda ijro etilishidadir.

KO’G
Мahmud Koshg’ariy ko’g so’zini uch xil ma’noda qo’llaydi (DLT., III., 144-145 betlar).


1. Ko’g – she’rning vazni, o’lchovi. Bu jir ne ko’g o’za o’l- bu she’r qaysi vaznda.
2. Ko’g- kuy, maqom, ashulada maxsus qoidaga muvofiq baland – past qilish. Er ko’glandi – odam ovozini baland-past qilib, ma’lum maqomda ashula aytdi.
Devonda ko’g atamasiga berilgan ikki ta’rif mantiqan bir-biriga bog’lanadi. Birinchisi she’r, ikkinchisi musiqaga oiddir. Ikkinchi ta’rifda adabiy matn – qo’shiq qilib ijro etiladigan she’rning musiqaga moslashtirilishi, ijrochining musiqaga mos tovush chiqarishiga urg’u berilgan. Demak, ko’g – she’r va musiqa mujassamligidagi janr hisoblangan. Ko’g she’rning vazni va o’lchovi deyilganda misralardagi tovushlarning musiqa ohangiga mos kelishi nazarda tutilgan. Birinchi ta’rifda «Bu she’r qaysi vaznda?» gapi keltirilgan. Qadimgi turkiy she’riyatda yetakchi vazn barmoq hisoblangan bo’lishi mumkin. Shu sababli bu tushunchani she’r qaysi vazn (barmoq, aruz, erkin, sarbast kabilar)da yozilganligini aniqlash ma’nosida emas, balki she’r musiqaning qaysi ohangi, o’lchoviga to’g’ri kelishini belgilash maqsadida anglash haqiqatga yaqindir. «Devonu lug’otit turk» noshiri S.Мutallibov Alisher Navoiy ijodida ham ko’g so’zi musiqaga tegishli atama sifatida uchrashini eslatadi.


Download 309.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling