2. "Bilgamish" dostonining turk xalqlari eposiga munosabati


Download 309.75 Kb.
bet7/17
Sana18.01.2023
Hajmi309.75 Kb.
#1099401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
2. Bilgamish dostonining turk xalqlari eposiga munosabati

Neku ter eshitgil ko’r elchi bo’gu

Bo’gu so’zlari bulsa ash-teg yegu.

(Nima der eshitgil, dono el boshi,

Dono so’zi go’yo yegulik oshi).

Qilich birla aldi ko’r el alg’uchi,

Qalam birla basti ul el basg’uchi.

(Qilich birla oldi, ko’r el olg’uchi,

Qalam birla oldi el boshqaruvchi).

Ushbu ta’rifdan ayon bo’ladiki, sav bir necha tushunchalar ifodasi bo’lib, uning bosh ma’nosi xabar, voqyeylik, yangilikdir. Demak, biror voqyeylik aks etgan adabiy janr,kitob yoki og’zaki nutq sav deb yuritiladi. Devonda sav nomi bilan atalgan adabiy tushunchalar qadimgi turkiy adabiyotda o’z ildizlariga ega. Biz yuqorida sav – otalar so’zining o’ziga xos xususiyati hamda namunalari haqida fikr yuritdik. Yana qo’shimcha tarzda shuni bayon etish mumkinki, «Qutadg’u bilig»dagi shaklga ko’ra, qadimgi ajdodlardan qolgan hikmatlar, pand-nasihatlar «neku der» – «nima der» kirish birikmasi bilan boshlanadi. Demak, «otalarimiz, ajdodlarimiz nima degan, eshit, ularning dono fikrlariga amal qil» tarzidagi bayondan so’ng sav beriladi. «Qutadg’u bilig»da keltirilgan savning bu shakli Alp Er To’nga, Alp Er, To’nga Alp Er, Jahongir kishi, Dono elbegi, Elchi boshi, Beklar begi, Botir kishi nomi bilan bog’langandir. Demak, dostondagi savlar yuqorida nomlari zikr etilgan shaxslar aytgan dono fikrlar hisoblanadi.

SAVLASHDI
Мahmul Koshg’ariy qadimgi adabiy janrlar haqida ma’lumot berar ekan, sav o’zagiga lashdi qo’shimchasini qo’shish orqali turkiy xalqlar og’zaki ijodida mavjud bo’lgan yana bir janr to’g’risida ma’lumot beradi. «Savlashdi-masal aytishdi. Ul mening birla savlashdi-ul men bilan masal aytishdi, u menga masal aytdi. Shuningdek, xabarlar, so’zlar, hikoyalar aytishga ham bu so’z qo’llaniladi» (II., 250). Demak, sav – keyingi davr adabiyotida masal (arabcha) nomi bilan ifodalangan janr mazmunini ham qamrab oladi. Devonda berilgan bitik – maqollar orasida ixcham masallar ham uchraydi. Shu sababli ham bitiklar tarkibidagi sav – masallarni ajratib o’rganish o’ziga xos ilmiy – amaliy ahamiyatga egadir. Quyidagi bitikni sav-masal deb atash uchun masal janri talabi taqoza etadi.

Ashich ayur: tubum altun,

Qamich ayur: men qaydaman?

(Qozon aytur: tubim oltun,

Cho’mich aytur: men qaydaman?) (A.A.)

Мahmud Koshg’ariy bu misralarni sharhlar ekan, u maqtanuvchi kishiga nisbatan qo’llanishini aytadi. Adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etiladigan bo’lsa, bu mo’jaz she’rda ikki obraz – Qozon va Cho’mich obrazi berilgan. Qozon maqtanchoq kishi, Cho’mich esa o’sha odamning kimligini yaxshi biladigan shaxsning timsolidir. Qozonning mehnatini cho’michsiz tasavvur etib bo’lmaydi, xalqimizda «Qozonda bo’lsa, cho’michga chiqadi» degan maqol ham mavjud. Sav – masalda Cho’mich obrazi ijobiylik xususiyatiga ega. U haqiqat oldida ko’z yummaydi, jim o’tirmaydi. Мaqtanchoq qozonga qarab, «men qaydaman?» deb murojaat etish orqali «men sen bilan birgaman, birga ishlayman, siru asroringni, basharangni yaxshi bilaman, sen tillo emassan» degan haqiqatni aytish darajasiga ko’tarilgan. Demak, sav-masalning g’oyasi maqtanchoqlikni qoralash, to’g’rilik, haqiqatni ulug’lashga qaratilgan.



Ikki bug’ra ikashur,

O’tra ko’gako’n yanchilur. II. 332

(Ikki ayg’ir olishar,

O’rtada so’na o’lar). (A.A.)

Ushbu mitti she’rda ham sav-masal janri talabiga javob beradigan obraz va syujet mavjud. Ayg’ir-zo’ravonlik, So’na –ojizlik timsolidir. Bir-biriga qasdlashgan hukmdorlar, bahodirlar urushadilar, jang qiladilar, ammo o’rtada begunoh kishilar qirilib ketadi. Sav-masalning mantiqiy hukmi ojizlikni himoya qilish, zo’ravonlikni qoralash g’oyasi asosida qurilgan.

IRQ BITIGI
Irq – bashorat qilish, aytib berish, topish. Bitik-yozuv, kitob. Demak, irq bitigi – bashorat qilish, kelajakni aytib berish haqidagi kitob, ya’ni folnomadir (qarang: Drevnetyurkskiy slovar, 676-bet). Qam irqladi – qom-shomon bashorat qildi (DLT, III, 443-bet). Qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodida bu xil mavzudagi asarlar yaratilgan bo’lib, ular «Irq bitigi», islom davri atamashunosligida esa «Ta’birnoma» deb yuritilgan. Bashoratgo’ylik butun jahon xalqlari o’rtasida mavjud an’anadir. Bunday qobiliyatga ega bo’lgan shaxslar osmon jismlari orqali inson taqdirini belgilashga harakat qilganlar. Kelajakda bo’ladigan voqyea-hodisalarni oldindan aytib berganlar.
Qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodida ikkita irq bitigi yaratilgani ma’lum. Ularning yaratilish davri VIII asrning oxiri va IX asrning boshlariga to’g’ri keladi. Har ikki asar ham tush ko’rish va shu orqali kelajakdagi voqyealarni bayon etish asosida qurilgan. Irq bitigining birinchisi moniy yozuvida bitilgan va unda 13 ta hodisa hamda buyumning ta’biri berilgan. Professor N.Rahmonov bu asardagi ta’birni mazmuniga ko’ra ikki guruhga bo’ladi:
1. Inson faoliyati va ruhiy holatiga aloqador ta’bir. Bu guruhga uchrashmoq, jang qilmoq, kamaymoq, yuz o’girmoq, sevinmoq, qarshi kelmoq, huzur-halovat topmoq, bola tarbiyalamoq kabi tush ta’birlari kiradi.
2. Biror jism, joy, tabiat hodisalarining tushdagi ta’biri. Bu guruhga quyosh, tog’, chuqur quduq, quyosh nuri, insonlarning uchrashuvi ta’biri kiradi. Мoniy yozuvidagi «Irq bitigi»ni o’zbek olimlaridan birinchi bo’li N.Rahmonov tarjima qilgan va bu asarning o’ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot bergan. Kitobdagi fol – tush ta’birlaridan biri shunday:


Download 309.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling