2. "Bilgamish" dostonining turk xalqlari eposiga munosabati
Download 309.75 Kb.
|
2. Bilgamish dostonining turk xalqlari eposiga munosabati
Neku ter eshitgil ko’r elchi bo’gu
Bo’gu so’zlari bulsa ash-teg yegu. (Nima der eshitgil, dono el boshi, Dono so’zi go’yo yegulik oshi). Qilich birla aldi ko’r el alg’uchi, Qalam birla basti ul el basg’uchi. (Qilich birla oldi, ko’r el olg’uchi, Qalam birla oldi el boshqaruvchi). Ushbu ta’rifdan ayon bo’ladiki, sav bir necha tushunchalar ifodasi bo’lib, uning bosh ma’nosi xabar, voqyeylik, yangilikdir. Demak, biror voqyeylik aks etgan adabiy janr,kitob yoki og’zaki nutq sav deb yuritiladi. Devonda sav nomi bilan atalgan adabiy tushunchalar qadimgi turkiy adabiyotda o’z ildizlariga ega. Biz yuqorida sav – otalar so’zining o’ziga xos xususiyati hamda namunalari haqida fikr yuritdik. Yana qo’shimcha tarzda shuni bayon etish mumkinki, «Qutadg’u bilig»dagi shaklga ko’ra, qadimgi ajdodlardan qolgan hikmatlar, pand-nasihatlar «neku der» – «nima der» kirish birikmasi bilan boshlanadi. Demak, «otalarimiz, ajdodlarimiz nima degan, eshit, ularning dono fikrlariga amal qil» tarzidagi bayondan so’ng sav beriladi. «Qutadg’u bilig»da keltirilgan savning bu shakli Alp Er To’nga, Alp Er, To’nga Alp Er, Jahongir kishi, Dono elbegi, Elchi boshi, Beklar begi, Botir kishi nomi bilan bog’langandir. Demak, dostondagi savlar yuqorida nomlari zikr etilgan shaxslar aytgan dono fikrlar hisoblanadi. SAVLASHDI
Мahmud Koshg’ariy bu misralarni sharhlar ekan, u maqtanuvchi kishiga nisbatan qo’llanishini aytadi. Adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etiladigan bo’lsa, bu mo’jaz she’rda ikki obraz – Qozon va Cho’mich obrazi berilgan. Qozon maqtanchoq kishi, Cho’mich esa o’sha odamning kimligini yaxshi biladigan shaxsning timsolidir. Qozonning mehnatini cho’michsiz tasavvur etib bo’lmaydi, xalqimizda «Qozonda bo’lsa, cho’michga chiqadi» degan maqol ham mavjud. Sav – masalda Cho’mich obrazi ijobiylik xususiyatiga ega. U haqiqat oldida ko’z yummaydi, jim o’tirmaydi. Мaqtanchoq qozonga qarab, «men qaydaman?» deb murojaat etish orqali «men sen bilan birgaman, birga ishlayman, siru asroringni, basharangni yaxshi bilaman, sen tillo emassan» degan haqiqatni aytish darajasiga ko’tarilgan. Demak, sav-masalning g’oyasi maqtanchoqlikni qoralash, to’g’rilik, haqiqatni ulug’lashga qaratilgan. Ikki bug’ra ikashur, O’tra ko’gako’n yanchilur. II. 332 (Ikki ayg’ir olishar, O’rtada so’na o’lar). (A.A.) Ushbu mitti she’rda ham sav-masal janri talabiga javob beradigan obraz va syujet mavjud. Ayg’ir-zo’ravonlik, So’na –ojizlik timsolidir. Bir-biriga qasdlashgan hukmdorlar, bahodirlar urushadilar, jang qiladilar, ammo o’rtada begunoh kishilar qirilib ketadi. Sav-masalning mantiqiy hukmi ojizlikni himoya qilish, zo’ravonlikni qoralash g’oyasi asosida qurilgan. IRQ BITIGI
Download 309.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling