2. "Bilgamish" dostonining turk xalqlari eposiga munosabati
Download 309.75 Kb.
|
2. Bilgamish dostonining turk xalqlari eposiga munosabati
Avlodlarim, sizlardan ayrildim,
Oh, uydagi xonzodalarimdan ayrildim. Sakkiz o’g’limdan ayrildim- ey, Xoqonim, elim xizmatida bo’ldim, Dono hukmdorimga xizmat qildim, Do’stlarimga xizmat qildim, Bu men uchun sharafdir. Xoqonim uchun Bilga Chiqshan xoqoniga xizmat qildim. Ey xalqim, Yigitlik sharafim uchun Davlatimga xizmat qildim. Endi ajoyib do’stlarimdan ayrildim. Bu mangu toshimdir. Мen alamli Chiksinman. Yig’i-yo’qlovning bu shaklida hayotdan ko’z yumgan kishining tarjimai holi bayon etiladi. Hayotdan, qarindosh-urug’laridan, orzu-umidlaridan ajralish o’lgan shaxsning alamli iztiroblariga aylangan. TO’RTLIK
Albatta, bu she’rni ruboiy deb bo’lmaydi. Chunki she’rning axloqiy-ta’limiy ruhi ruboiyni eslatsa-da, qofiya, vazn xususiyati bu janr talabiga javob bermaydi. Ruboiyning qofiyalanish tizimi a-a-b-a, a-a-a-a shaklida bo’ladi. Bu to’rtlikda qofiya a-a-a-b tarzida kelgan. Aruz vazni talabiga ko’ra ruboiylar hazaj bahrining axram va axrab vaznida yozilishi kerak. Yuqoridagi she’r shakl jihatidan to’rt misra, ya’ni ruboiy shaklida bo’lsa-da, vazn jihatidan barmoq vaznida yozilgandir. Har bir misradagi o’juk (bo’g’in)lar soni 8 ta, turoqlanish tartibi 3 +2+3= 8 dir. Demak, to’rtlik turkiy she’riyatda alohida mustaqil janr sifatida shakllangan. Shu jihatdan qaraganda, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» dostoni tarkibiga kiritilgan to’rt misralik she’rlarning ham ruboiy yoki to’rtlik deb atash muammosi mavjuddir. Chunki bu she’rlar ham ruboiy shaklida, to’rt misralik qilib yozilishidan qat’iy nazar, ularning vazni hazaj bahrida emas, balki barmoq vaznida bitilgandir. Shu sababli ham «Qutadg’u bilig»dan o’rin olgan to’rt misralik she’rlarning qadimgi turkiy adabiyotdagi to’rtlik janrining namunalari deb qarash haqiqatga yaqindir. Lekin e’tiborli tomoni shundaki, «Qutatg’u bilig»dagi to’rtliklarning qofiya tizimi ruboiynikiga mos keladi. Demak, bu shakl barmoqdagi to’rtlik hamda aruzdagi ruboiy an’anasining birlashgan natijasi ham bo’lishi mumkin. Kishi yilqi birla adirti bilig, Bilig birla yangluq ko’turdi alig. Yuri yilqi bo’lsa bilig bil, uqush, Bilig birla so’zla, yo’ruq tut tilig. (Odamni vuhushdan bilim farqladi, Bilim birla inson qadrin tikladi Bo’lib qolma yilqi, bilim ol, hunar, Bilim so’zla, tilni bilim saqladi). TUYUQ
«Qutadg’u bilig» dostonida keltirilgan to’rtliklar tarkibida tuyuq namunalarining uchrashi ham bu janr turkiy adabiyotda avvaldan shakllanganligini ko’rsatadi. Download 309.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling