Ayrim tarixiy o’lchov- hisob so‘zlari Farsax, (farsang)


Download 24.59 Kb.
bet1/6
Sana07.02.2023
Hajmi24.59 Kb.
#1173415
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
farsax


Ayrim tarixiy o’lchov-
hisob so‘zlari
Farsax, (farsang) - 6 km.ga teng.
Tosh (farsax) - 9-12 ming qadamga yoki 6-8 chaqirimga to‘g‘ri kelgan masofa.
Yig‘och - masofa o‘lchov birligi — 5985 metr, ba’zi joylarda 8-9 km.ga teng
Tanob- maydon o‘lchovi, turli joylarda turlicha: bir gektarning oltidan biridan to yarim gektarigacha bo‘lgan.
Botmon - 78 pudga yoki 128 kg.ga teng.
Pud- 16 kg.
Qadoq- 409,5 gramm.
Chorak250 gramm.
Quloch - ikki qo‘lning o‘rta barmoq uchlari orasidagi masofaga teng. Monat tarzda tanlangan uzunlik o‘lchovi, 8 qarichga teng.
Tutam - (Markaziy Osiyoda)=9 sm: arqon yoki tayoqni siqib ushlagan qo‘l to‘rtta barmog‘ining kengligiga mos tarzda tanlangan uzunlik birligi.
Enli - bir barmoq eniga teng (18-20 mm) yoki 1 enlik-6 ta arpa donasining bo‘ylanmasiga teng.
Qarich - bosh barmoq bilan jimjiloqning barmoq yoyilmasiga teng, ya’ni 19-20 santimetrga teng. 
Qadam - 63-71 sm.ga teng uzunlik o‘lchovi.
Gaz - 0,71 metrga teng uzunlik o‘lchov birligi. Hozirgi vaqtda bir gaz (Eronda) 104 sm.ga teng. Ilgari Markaziy Osiyoda 24 barmoq eni (1 barmoq eni 6 dona arpa doni eniga teng) yoki 7 musht eni (tayoqni ushlagandagi eni) 1 gaz bo‘lgan. Xorazmda
1 gaz 12 dyuym (30,48 sm.)ni tashkil qilgan. Buxoroda 1 gaz XVI-XVII asrlarda 78,74
sm., XIX asrda 106,68 sm., Toshkent, Samarqand va Turkistonda (XIX asrda) 88,9 sm. Andijon va Marg‘ilonda (XIX asrda) 83-84 sm. bo‘lgan.
Misqol - 1 misqolning ogʻirligi 100 dona arpa (yoki bugʻdoydoni ogʻirligiga tenglashtirilgan. Agar bir dona arpa donini qadimda oʻrtacha 0,0409512 g ga teng qilib olingani hisobga olinsa, u holda 1 M= 100 arpa doni = 1000,04095122 = 4,09512 g boʻladi

Download 24.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling