2. "Bilgamish" dostonining turk xalqlari eposiga munosabati
Download 292.8 Kb.
|
adabiyot
MAVZU: ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIII ASRGACHA BO‘LGAN ADABIYOT. ISLOMGACHA 1.Turonzamin qadimgi madaniy markazlardan biri sifatida. 2. “Bilgamish” dostonining turk xalqlari eposiga munosabati 3. Eng qadimgi og‘zaki adabiy yodgorliklar, ularning asosiy manbalari. 4. Qahramonlik eposi, Markaziy Osiyo eposlar vatani sifatida. 5.Uyg‘ur yozuvidagi yodgorliklar. «Devonu lug‘atit turk» asari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalari. 6. Moniy va uning ta’limoti xususiyatlari, «Xuastuanift» (Moniylarning tavbanomasi) asarining o‘ziga xos xususiyatlari. 7. Budda mazmunidagi turkiy adabiyot, Markaziy Osiyoda buddaviylikning xos xususiyatlari, «Oltun yoruq», «Shahzoda va bars» afsonalari Turon insoniyat madaniyati tarixining qadimiy go‘shalaridan biridir. Arxeologik kuzatishlar bu zaminda uzoq o‘tmishda ham kishilar yashashi uchun tabiiy sharoit mavjudligini tasdiqlaydi. Boysun tog‘larining Teshiktosh darasida 8-9 yoshli bolaning bosh suyaklari topilishi fikrimizning yorqin dalilidir. Insoniyat tarixining ilk davrlari haqida ma’lumot beruvchi ushbu ashyoviy dalil neondertal odam zoti avlodidan bo‘lib, yovvoyilik davrining quyi pog‘onasida yashab o‘tganligi aniqlandi Umuman, Markaziy Osiyo hududida eramizdan ko‘p ming yillar ilgari odamlar yashagan, degan fikrlar mavjud. Kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o‘lkamizda ilm-fan, madaniyat va san’at rivojlanib bordi. Xalqimiz madaniyati tarixi haqida yunon, xitoy, hind va arman tarixchilari kitoblarida, "Avesto", Behustun, Bundaxishin, O‘rxun-Enasoy yodgorliklari kabi bir qancha manbalar va Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Narshaxiy singari ulug‘ olimlarimizning asarlarida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan Turon insoniyat madaniyati tarixining qadimiy go‘shalaridan biridir. Arxeologik kuzatishlar bu zaminda uzoq o‘tmishda ham kishilar yashashi uchun tabiiy sharoit mavjudligini tasdiqlaydi. Boysun tog‘larining Teshiktosh darasida 8-9 yoshli bolaning bosh suyaklari topilishi fikrimizning yorqin dalilidir. Insoniyat tarixining ilk davrlari haqida ma’lumot beruvchi ushbu ashyoviy dalil neondertal odam zoti avlodidan bo‘lib, yovvoyilik davrining quyi pog‘onasida yashab o‘tganligi aniqlandi Umuman, Markaziy Osiyo hududida eramizdan ko‘p ming yillar ilgari odamlar yashagan, degan fikrlar mavjud. Kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o‘lkamizda ilm-fan, madaniyat va san’at rivojlanib bordi. Xalqimiz madaniyati tarixi haqida yunon, xitoy, hind va arman tarixchilari kitoblarida, "Avesto", Behustun, Bundaxishin, O‘rxun-Enasoy yodgorliklari kabi bir qancha manbalar va Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Narshaxiy singari ulug‘ olimlarimizning asarlarida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan Markaziy Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardan yozuvdan ham foydalanib kelishgan. Turon, Eron va ularga tutash o‘lkalarda dastlab oromiy yozuvi qo‘llanilganligi juda ko‘p manbalarda qayd etiladi. Greklar tomonidan Markaziy Osiyoning zabt etilishi bilan grek yozuvi ham e’tibor paydo qila boshladi. Olimlarning fikricha, oromiy, grek, forsiy mixxat yozuvlari ma’lum davrlar mobaynida ma’muriy hujjatlarda qo‘llangan. Markaziy Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardan yozuvdan ham foydalanib kelishgan. Turon, Eron va ularga tutash o‘lkalarda dastlab oromiy yozuvi qo‘llanilganligi juda ko‘p manbalarda qayd etiladi. Greklar tomonidan Markaziy Osiyoning zabt etilishi bilan grek yozuvi ham e’tibor paydo qila boshladi. Olimlarning fikricha, oromiy, grek, forsiy mixxat yozuvlari ma’lum davrlar mobaynida ma’muriy hujjatlarda qo‘llangan. "Avesto", Xorazm, so‘g‘d, kushon, run (O‘rxun-Enasoy), uyg‘ur yozuvi va boshqa shunga o‘xshash yozuvlar esa eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida asta-sekin oromiy yozuvi negizida paydo bo‘lgan mahalliy yozuvlardir So‘g‘d xati negizida, O‘rxun-Enasoy yozuvi, bilan oldinma-keyin, vujudga kelgan yozuv uyg‘ur yozuvi nomi bilan shuhrat topdi. Sharqiy Turkiston, Movarounnahr va Xurosonda uyg‘ur yozuvi juda uzoq yillar tatbiq etildi. Arablar istilosidan so‘ng yurtimizda arab yozuvi joriy etilgan bo‘lsa-da, temuriylar davriga qadar uyg‘ur yozuvidan foydalanildi. Yusuf Xos Hojib "Qutadg‘u bilig" dostonining Venadagi kutubxonada saqlanayotgan nusxasi, Ahmad Yugnakiyning "Hibatul-haqoyiq" asari, Xorazmiyning "Muhabbatnoma"si, Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she’rlari uyg‘ur yozuvida yozilgan. Ilm-fan, madaniyatimiz tarixida arab yozuvi muhim ahamiyat kasb etadi. VIII asrdan keng tarqala boshlagan arab yozuvidan o‘zbek xalqi taxminan 1200 yil davomida istifoda etdi. Yusuf Xos Hojib "Qutadg‘u bilig" dostonining Namangan va Qohira shaharlarida saqlangan nusxalari arab yozuvida bitilgan eng qadimiy turkiy yodgorlik sanaladi. Ko‘rinadiki, Markaziy Osiyo xalqlari yozuvdan juda qadim zamonlardan, eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalaridanoq foydalana boshlashgan va u madaniyat, ilm-fan, jumladan, adabiyotning rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan So‘g‘d xati negizida, O‘rxun-Enasoy yozuvi, bilan oldinma-keyin, vujudga kelgan yozuv uyg‘ur yozuvi nomi bilan shuhrat topdi. Sharqiy Turkiston, Movarounnahr va Xurosonda uyg‘ur yozuvi juda uzoq yillar tatbiq etildi. Arablar istilosidan so‘ng yurtimizda arab yozuvi joriy etilgan bo‘lsa-da, temuriylar davriga qadar uyg‘ur yozuvidan foydalanildi. Yusuf Xos Hojib "Qutadg‘u bilig" dostonining Venadagi kutubxonada saqlanayotgan nusxasi, Ahmad Yugnakiyning "Hibatul-haqoyiq" asari, Xorazmiyning "Muhabbatnoma"si, Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she’rlari uyg‘ur yozuvida yozilgan. Ilm-fan, madaniyatimiz tarixida arab yozuvi muhim ahamiyat kasb etadi. VIII asrdan keng tarqala boshlagan arab yozuvidan o‘zbek xalqi taxminan 1200 yil davomida istifoda etdi. Yusuf Xos Hojib "Qutadg‘u bilig" dostonining Namangan va Qohira shaharlarida saqlangan nusxalari arab yozuvida bitilgan eng qadimiy turkiy yodgorlik sanaladi. Ko‘rinadiki, Markaziy Osiyo xalqlari yozuvdan juda qadim zamonlardan, eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalaridanoq foydalana boshlashgan va u madaniyat, ilm-fan, jumladan, adabiyotning rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan 1932-yilda Termiz yaqinidagi Ayritoshdan toshga ishlangan uch cholg‘uchi ayol surati topildi. Ularning qo‘llaridagi musiqa asboblari rubob, arfa va do‘mbiraga juda o‘xshab ketadi. 1945-1947 yillarda ochilgan Tuproqqal’a saroyidagi III asrga mansub devor naqshlari va haykallar, shuningdek, shu yerdan topilgan arfa chaluvchi qiz surati qadimiy Turonda tasviriy san’at, naqqoshlik va musiqa qadimiy taraqqiyot bosqichini o‘tganligidan yorqin dalolatdir. 1938-yilda Buxorodan uncha uzoqlikda bo‘lmagan Varaxsha saroyidagi II-VI asrlarga tegishli naqshlar va manzarali o‘yma bezaklar ham shunday tasavvur hosil qilishga imkon beradi Qadimgi shumer madaniyati va turkiy qavmlar tarixi ma’lum ma’noda bog‘liq. “Bilgamish” dostonining turk xalqlari eposiga munosabatini unda ham “Avesto”da kabi ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik o‘rtasida kurash borishi va yaxshilikning g‘olib chiqishi haqida gapirilganida ko‘ramiz. Shumer madaniyati eramizgacha IV-I asrlarda yashagan xalqlar madaniyatidir. Bular Mesopatamiya – Tigr va Yevfrat daryosi oralig‘ida yashagan, Buyuk Shumer davlatini tuzganlar 1932-yilda Termiz yaqinidagi Ayritoshdan toshga ishlangan uch cholg‘uchi ayol surati topildi. Ularning qo‘llaridagi musiqa asboblari rubob, arfa va do‘mbiraga juda o‘xshab ketadi. 1945-1947 yillarda ochilgan Tuproqqal’a saroyidagi III asrga mansub devor naqshlari va haykallar, shuningdek, shu yerdan topilgan arfa chaluvchi qiz surati qadimiy Turonda tasviriy san’at, naqqoshlik va musiqa qadimiy taraqqiyot bosqichini o‘tganligidan yorqin dalolatdir. 1938-yilda Buxorodan uncha uzoqlikda bo‘lmagan Varaxsha saroyidagi II-VI asrlarga tegishli naqshlar va manzarali o‘yma bezaklar ham shunday tasavvur hosil qilishga imkon beradi Qadimgi shumer madaniyati va turkiy qavmlar tarixi ma’lum ma’noda bog‘liq. “Bilgamish” dostonining turk xalqlari eposiga munosabatini unda ham “Avesto”da kabi ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik o‘rtasida kurash borishi va yaxshilikning g‘olib chiqishi haqida gapirilganida ko‘ramiz. Shumer madaniyati eramizgacha IV-I asrlarda yashagan xalqlar madaniyatidir. Bular Mesopatamiya – Tigr va Yevfrat daryosi oralig‘ida yashagan, Buyuk Shumer davlatini tuzganlar Ular bir tomondan, fan, adabiyot va san’atning yuksak darajadaligi bilan xarakterlanadi, ikkinchi tomondan, diniy mafkuraga ega edilar. Mesopatamiyaning qadimiy madaniyati shumer-akkad (territoriyaning janubiy va shimoliy qismlari nomidan olingan) madaniyati deyiladi. Ko‘plab manbalar shumerlarning astronomiya va matematikadagi yuqori muvaffaqiyatlari, binokorlik san’ati(1-zinasimon piramidani shumerlar qurishgan) haqida guvohlik beradi. Ular qadimiy kalendar, retseptlar ma’lumotnomasi, kutubxona katalogi muallifidirlar. Shumerlarning jahon madaniyatidagi eng salmoqli durdonasi “Bilgamesh” dostonidir. Bu “Gilgamesh haqida doston” («vse videvshem») — yer yuzidagi qadimiy epik dostondir. Doston qahramoni, ko‘p sonli xavf va dushmanlar bilan kurashib yenggan yariminson-yarimxudo hayot mohiyati va yashash quvonchini anglaydi, dunyoda 1-bo‘lib g‘amni biladi. Mixxatga yozilgan(xati ponaga o‘xshash yozuv)turli tillarda gaplashadigan Messopatamiya xalqlari yozuv sistemasida, “Bilgamesh” dostoni Qadimgi Vavilon madaniyatining buyuk yodgorligidir. Qadimgi Vavilon podsholigi shimol va janub - Shumer va Akkad viloyatini birlashtirib, qadimgi shumerlar madaniyatining vorisi bo‘lib qoldi. Vavilon shahri Xammurapi(1792-1750) poytaxt qilgan davrda gullab yashnadi Ular bir tomondan, fan, adabiyot va san’atning yuksak darajadaligi bilan xarakterlanadi, ikkinchi tomondan, diniy mafkuraga ega edilar. Mesopatamiyaning qadimiy madaniyati shumer-akkad (territoriyaning janubiy va shimoliy qismlari nomidan olingan) madaniyati deyiladi. Ko‘plab manbalar shumerlarning astronomiya va matematikadagi yuqori muvaffaqiyatlari, binokorlik san’ati(1-zinasimon piramidani shumerlar qurishgan) haqida guvohlik beradi. Ular qadimiy kalendar, retseptlar ma’lumotnomasi, kutubxona katalogi muallifidirlar. Shumerlarning jahon madaniyatidagi eng salmoqli durdonasi “Bilgamesh” dostonidir. Bu “Gilgamesh haqida doston” («vse videvshem») — yer yuzidagi qadimiy epik dostondir. Doston qahramoni, ko‘p sonli xavf va dushmanlar bilan kurashib yenggan yariminson-yarimxudo hayot mohiyati va yashash quvonchini anglaydi, dunyoda 1-bo‘lib g‘amni biladi. Mixxatga yozilgan(xati ponaga o‘xshash yozuv)turli tillarda gaplashadigan Messopatamiya xalqlari yozuv sistemasida, “Bilgamesh” dostoni Qadimgi Vavilon madaniyatining buyuk yodgorligidir. Qadimgi Vavilon podsholigi shimol va janub - Shumer va Akkad viloyatini birlashtirib, qadimgi shumerlar madaniyatining vorisi bo‘lib qoldi. Vavilon shahri Xammurapi(1792-1750) poytaxt qilgan davrda gullab yashnadi U dunyoda 1- qonun muallifi sifatida ulug‘lanadi(shundan bizgacha “qonga qon, jonga jon” ifodasi yetib kelgan). Shumerlar madaniyati madaniy jarayonning bir-biriga zid tipiga misol bo‘la oladi. Aynan jadal o‘zaro ta’sir, madaniy vorislik, o‘zlashtirish vameros bo‘lib qolishlik. Vavilonliklar pozitsion hisob sistemasini, vaqtni aniq o‘lchash sistemasini(ular 1 soatni 60 minutga minutni 60 sekundga bo‘lishgan), maydonni, geometrik figuralarni o‘lchashni, planetalarni yulduzlardan farqlashni jahon madaniyatiga olib kirishgan. 7 kunlik haftani joriy qilib, har bir kunni alohida Xudoga bag‘ishlashgan. Roman tillarida hafta kunlari nomi saqlanib qolgan. Avlodlarga astrologiyani osmon yoritgichlari joylashuvining inson taqdiri bilan bog‘liqligi ilmini meros qoldirishgan. “Bilgamish” dostoni shumer afsonalarining yig‘indisi bo‘lib, so‘ng akkad tiliga o‘tkazilgan. Epos yozilgan taxtacha(tunuka) shoh Ashshurbanapal kutubxonasidan topilgan. Eposda afsonaviy podsho Uruk Bilgamesh va uning yovvoyi do‘sti Enkidu va mangulik sirini izlashlari hikoya qilinadi. Shuningdek, “Enuma elish” shumer-akkad kosmogonik eposi, 24 kitobdan iborat o‘z davrining qomusi bo‘lgan tablichkalar seriyasi “Urra-Xubullu” ham mavjud. “Bilgamish” dostoni («Epos o Gilgameshe») Bilgamish haqidagi alohida shumer rivoyatlari yig‘ilib, akkad eposida qayta ishlangan. Epik poemaning uch versiyasi saqlangan. Eng qadimiysi eski vavilon versiyasi bo‘lib, 5 tablichka fragmenti 1-, 2-,3-,4-,5-,10-, mashhur Meysner tablichkasi, saqlanib qolgan, Britaniya muzeyida. Ular eramizgacha XVIII—XVII asrlarga tegishli, aftidan, matn eramizgacha 3-ming yillikka kiradi. “Bilgamish” dostoni («Epos o Gilgameshe») Bilgamish haqidagi alohida shumer rivoyatlari yig‘ilib, akkad eposida qayta ishlangan. Epik poemaning uch versiyasi saqlangan. Eng qadimiysi eski vavilon versiyasi bo‘lib, 5 tablichka fragmenti 1-, 2-,3-,4-,5-,10-, mashhur Meysner tablichkasi, saqlanib qolgan, Britaniya muzeyida. Ular eramizgacha XVIII—XVII asrlarga tegishli, aftidan, matn eramizgacha 3-ming yillikka kiradi. Eramizgacha 2-ming yillikka tegishli Yaqin Sharqda keng tarqalgan Periferiy versiyasida ko‘p fragmentlar saqlanib qolgan. Dostonning nisbatan to‘liq va oxirgi versiyasi er.av.VII asrga tegishli assiriy shoh Ashshurbanapal kutubxonasidan topilgan Ninevskiy versiyasidir. 11 taxtachadan iborat poemaning o‘nga yaqin nusxasi topilgan. Bu versiya olim (zaklinatelem”) Sinlikiunninni tomonidan tuzilgan deb hisoblashadi. U eski vavilon versiyasisini tahrir qilib, ayrim so‘z va ifodalarni almashtirgan. Er. Av.VIII asr oxirida matnlarni qayta yozuvchi assiriy Nabuzukupken Ninevskiy versiyaga Enkiduning quyi olamga safar qilishini hikoya qiluvchi 12-tablichkani qo‘shgan. Bu “Bilgamish, Enkidu va quyi olam” nomli shumer mifining so‘zma-so‘z tarjimasi bo‘lib, doston kompozitsiyasiga bog‘liq emas, ammo mangulik izlash mavzusida. Doston I.M.Dyakonova tarjimasida ruschada nashr qilingan. Qiziquvchilar o‘quv-uslubiy majmuaning “O‘quv materiallari” qismida tarjima bilan to‘liq tanishishlari mumkin. Matn Nineviyada Ashshurbanapal kutubxonasidan topilgan sopol tunukalarga muvofiq qismlarga ajratilgan. Doston I.M.Dyakonova tarjimasida ruschada nashr qilingan. Qiziquvchilar o‘quv-uslubiy majmuaning “O‘quv materiallari” qismida tarjima bilan to‘liq tanishishlari mumkin. Matn Nineviyada Ashshurbanapal kutubxonasidan topilgan sopol tunukalarga muvofiq qismlarga ajratilgan. Dastlab og‘zaki shaklda paydo bo‘lgan badiiy ijod yozma adabiyotning vujudga kelishi uchun keng imkoniyat yaratdi. Xalq og‘zaki ijodiyotining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u ilk yaratilgan shaklini to‘la saqlab qolmay og‘izdan-og‘izga, avloddan-avlodga, davrdan-davrga o‘tib sayqallashib boradi. Shu yo‘sinda badiiy ijod asarlarining turli variantlari vujudga keladi. Uzoq o‘tmishda ajdodlarimiz tomonidan ijod etilgan badiiy so‘z namunalarining ko‘pchiligi tabiiyki unutilib yuborilgan. Shunday bo‘lishiga qaramay, ba’zi tarix kitoblari, ilmiy asarlar, yozma yodgorliklar va boshqalar ilk og‘zaki badiiy ijod haqida ma’lum taassurotlarni hosil qilishimizga asos bo‘ladi. Bular Gerodot, Polien, Xores Mitilenskiy kabilarning tarixiy asarlari, shuningdek, o‘rta asrlar tarixchilari Hamza Isfahoniy, Tabariy, Ma’sudiy, Beruniy, Saolibiy, Bal’amiylarning ilmiy, tarixiy kitoblari va tazkiralaridir. Mazkur tarixiy-ilmiy asarlarda xalq og‘zaki ijodining ayrim namunalarining mazmuni hikoya qilingan bo‘lsa, ba’zilaridan namunalar keltirilgan. Bulardan tashqari, "Avesto", "Behustun", "Bundaxshin", "Denkard" singari yozma yodgorliklardan ham qadimgi folklor namunalari o‘rin olgan. Mashhur tilshunos olim Mahmud Qoshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asarida qadimgi turkiy xalqlar og‘zaki ijodining qo‘shiq, lirik she’r, maqol kabi janrlaridan namunalar keltiriladi. Qadimgi mif va afsonalar Firdavsiyning "Shohnoma"sida qayta ishlandi .Arab tilida yirik tazkira yaratgan Abu Mansur as-Saolibiyning “Yatimat-ad dahr” (961-1038) asarida o‘sha qadimiy madaniy-obidalarning namunalari keltirilgan. To‘la nomi "Yatimat ad-dahr fi mahosini ahli asr" ("Asr ahlining fazilatlari haqida zamonasining durdonasi") bo‘lgan bu tazkiraning Qohira nashri 1801 sahifani tashkil etadi. Tazkira 4 qismdan tarkib topadi. Uning oxirgi fasli O‘rta Osiyoda nash’u namo topgan ijod axliga bag‘ishlangan bo‘lib, ular 124 adibdir. Bizgacha yetib kelgan qadimgi xalq og‘zaki ijodi namunalari miflar, afsonalar, qo‘shiqlar, lirik she’rlar, qahramonlik eposlari va boshqa shakldagi adabiy asarlardan iboratdir. .Arab tilida yirik tazkira yaratgan Abu Mansur as-Saolibiyning “Yatimat-ad dahr” (961-1038) asarida o‘sha qadimiy madaniy-obidalarning namunalari keltirilgan. To‘la nomi "Yatimat ad-dahr fi mahosini ahli asr" ("Asr ahlining fazilatlari haqida zamonasining durdonasi") bo‘lgan bu tazkiraning Qohira nashri 1801 sahifani tashkil etadi. Tazkira 4 qismdan tarkib topadi. Uning oxirgi fasli O‘rta Osiyoda nash’u namo topgan ijod axliga bag‘ishlangan bo‘lib, ular 124 adibdir. Bizgacha yetib kelgan qadimgi xalq og‘zaki ijodi namunalari miflar, afsonalar, qo‘shiqlar, lirik she’rlar, qahramonlik eposlari va boshqa shakldagi adabiy asarlardan iboratdir. Mif va afsonalar. Tabiatning mo‘jizaviy siru sanoatlari oldida juda ojiz qolgan ibtidoiy odamlar, tabiiy hodisalar, chaqmoq chaqishi, dovul, suv toshqini, zilzila kabilardan dahshatga tushishgan, ularning kelib chiqishi, mohiyatini yetarli darajada anglamagan. Ular osmon, Yer, Oy, Quyosh kabilarni jonli narsalar sifatida tasavvur qilishgan. Shu bois kishilarga ofat keltiruvchi kuchlar (dushman)lardan halos bo‘lish uchun, ezgulik kuchlari (do‘st)lardan madad so‘rashgan, ularga topingan, ayrim hayvonlarni muqaddas deb bilishgan. Qadimgi kishilar ezgulik kuchlarini xudolar, ruhlar, yomonlik kuchlarini esa, devlar, jinlar tarzida tasavvurlarida gavdalantirishgan. Shu tariqa olamning tuzilishi, uning mohiyati, tabiiy hodisalarning vujudga kelish sabablari xususidagi xayoliy tasavvurlari mahsuli-miflar paydo bo‘lgan. Mif grekcha mythos - so‘z, rivoyatdan olingan bo‘lib, dunyoning paydo bo‘lishi, tabiat hodisalari, xudolar va pahlavonlar haqidagi to‘qima afsonalardir. Mazkur miflar ibtidoiy odamlarning ezgulik bobidagi shirin niyatlarini o‘zida badiiy ifoda etgan, ularga ruhan dalda bergan, doimo g‘alabalar sari undagan. Baxt va baxtsizlik o‘lkasi qahramonlari o‘rtasidagi keskin kurash miflarning asosiy konflikti va mavzui sanaladi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto" va boshqa diniy kitoblarda mohiyat e’tibori bilan shunday mavzularga uyg‘un ohanglar ko‘zga tashlanadi. Mif grekcha mythos - so‘z, rivoyatdan olingan bo‘lib, dunyoning paydo bo‘lishi, tabiat hodisalari, xudolar va pahlavonlar haqidagi to‘qima afsonalardir. Mazkur miflar ibtidoiy odamlarning ezgulik bobidagi shirin niyatlarini o‘zida badiiy ifoda etgan, ularga ruhan dalda bergan, doimo g‘alabalar sari undagan. Baxt va baxtsizlik o‘lkasi qahramonlari o‘rtasidagi keskin kurash miflarning asosiy konflikti va mavzui sanaladi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto" va boshqa diniy kitoblarda mohiyat e’tibori bilan shunday mavzularga uyg‘un ohanglar ko‘zga tashlanadi. "Avesto", shuningdek, "Bundaxshin"da aytilishicha, ikki olam, yaxshilik va yomonlik olami bor. Yaxshilik olamiga Ahura Mazda (Hurmuz), yomonlik olamiga Angra Manyu (Axriman) boshchilik qiladi. Go‘yo 3000 yil mobaynida bu ikki olam bir-biri bilan to‘qnashmagan, olishmagan. Yaxshilik va nur olamidan xabar topgan Axriman unga qarshi kurash ochmoqchi bo‘ladi. Hurmuz bu kurashning‘ oldini olib, ikkinchi uch ming yillikda osmon, suv, yer, o‘simlik, hayvonlar kabi mavjudotlarni hamda birinchi insonni yaratadi. O‘sha davrda zulm ham, kasallik va o‘lim ham bo‘lmagan ekan. Shundan so‘ng uchinchi davr (6000-8999) - kurash davri boshlanadi. Yer yuzi turli kuchlarning to‘qnashuv maydoniga aylanadi. Ahriman birinchi insonni o‘ldirsa ham, kishilik urug‘ini butunlay yo‘qotib yuborolmaydi To‘rtinchi davr (9000.-11999) da yaxshilik va nur kuchlari yomonlik va zulmat ustidan g‘alaba qozonadi. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o‘rtasida shafqatsiz kurash manzaralari Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima (Jamshid), Gershasp, Elikbek va boshqalar obrazida mujassamlashtirilgan . To‘rtinchi davr (9000.-11999) da yaxshilik va nur kuchlari yomonlik va zulmat ustidan g‘alaba qozonadi. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o‘rtasida shafqatsiz kurash manzaralari Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima (Jamshid), Gershasp, Elikbek va boshqalar obrazida mujassamlashtirilgan . Kayumars afsonasi. Qadimgi Turon va Eron xalqlari orasida keng tarqalgan. Kayumars afsonasining mufassal bayoni va uning turli nusxalari haqida Abu Ja’far Muhammad bin Jariy Tabariyning "Ta’rixi Tabariy" asarida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, Firdavsiyning "Shohnoma", Beruniyning "O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar", Alisher Navoiyning "Tarixi muluku Ajam" asarlarida ushbu afsonaning tafsilotlarini uchratish mumkin. Professor S.P.Tolstoyning "Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab", adabiyotshunos N. M. Mallayevning "O‘zbek adabiyoti tarixi", hamda V tomlik "O‘zbek adabiyoti tarixi" kitobining I tomida (Toshkent, 1977) ushbu qadimiy afsona haqidagi ilmiy mulohazalar o‘z ifodasini topgan. Olimlarning fikricha, Kayumars afsonasining asosiy manbasi “Avesto”dir. N.Mallayev Kayumarsni Gaya Martan yoki gavomard (ho‘kiz kishi) deya atalganligini e’tirof etib, mifalogiyaga ko‘ra, u Ahura Mazda tomonidan yer yuzida yaratilgan ilk odam ekanligini qayd qiladi. Tadqiqotchi Kayumarsning ikki vujud: ho‘kiz va odamdan tarkib topganligini aytib o‘tib, uni insoniyatning ashaddiy dushmani bo‘lgan Ahriman tomonidan o‘ldirilishi, Kayumars jasadining ho‘kiz qismidan 55 xil don, 12 xil o‘simlik, sigir va ho‘kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo‘lgani, odam qismidan esa insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga kelganligini bayon etadi N.Mallayev Kayumarsni Gaya Martan yoki gavomard (ho‘kiz kishi) deya atalganligini e’tirof etib, mifalogiyaga ko‘ra, u Ahura Mazda tomonidan yer yuzida yaratilgan ilk odam ekanligini qayd qiladi. Tadqiqotchi Kayumarsning ikki vujud: ho‘kiz va odamdan tarkib topganligini aytib o‘tib, uni insoniyatning ashaddiy dushmani bo‘lgan Ahriman tomonidan o‘ldirilishi, Kayumars jasadining ho‘kiz qismidan 55 xil don, 12 xil o‘simlik, sigir va ho‘kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo‘lgani, odam qismidan esa insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga kelganligini bayon etadi Beruniy ham "O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar" asarida Kayumars afsonasining variantlari xususida to‘xtaladi. Olimning fikricha, Kayumarsning "Tirshoh" ("Tog‘ podshohi") va Gilshoh ("Loyshoh") degan laqablari bo‘lgan. Kayumars afsonasining Beruniy asaridagi tafsilotlari N. Mallayevning mulohazalari uchun asos vazifasini o‘tagan ko‘rinadi. Afsonada hikoya qilinishicha Ahrimanning qilmishlaridan xudo ham hayratda qoladi va peshonasidan ter chiqadi. Terni artib tashlagandan ter tomchisidan hosil bo‘lgan Kayumarsni Ahrimanga jo‘natadi. Kayumars Ahriman yoniga yetib kelib, uning yelkasiga minib oladi va shu holda dunyoni aylana boshlaydi Nihoyat, Ahriman bir hiyla bilan Kayumarsni yelkasidan uloqtirib tashlaydi va uni ustiga minib olib eyajagini aytadi. Seni qaysi tomoningdan boshlab eyayin, deya so‘raydi Ahriman. Oyoq tomonimdan, deb javob beradi Kayumars va ilova qiladi: tokim bosh qismimga yetguningcha dunyo go‘zalligidan uzoqroq bahra olib turayin. Ammo Kayumars Axriman o‘zi aytgan gapning teskarisini qilishini bilar edi. Axriman Kayumarsni bosh tomonidan eya boshlaydi. Beliga etganda, Kayumrsning urug‘donidan ikki dona urug‘ yerga tushadi va ulardan o‘simlik o‘sib chiqadi. O‘sha o‘simliklardan esa bir o‘g‘il va bir qiz (Meshi va Meshona) paydo bo‘ladi. Ularni forslar Odam va Momohavo deb biladilar. O‘sha mo‘jizaviy odamlar yana Malhi va Malhiana deb ham atalganlar. Xorazmliklar esa ularni Mard va Mardona deb ataydilar . teskarisini qilishini bilar edi. Axriman Kayumarsni bosh tomonidan eya boshlaydi. Beliga etganda, Kayumrsning urug‘donidan ikki dona urug‘ yerga tushadi va ulardan o‘simlik o‘sib chiqadi. O‘sha o‘simliklardan esa bir o‘g‘il va bir qiz (Meshi va Meshona) paydo bo‘ladi. Ularni forslar Odam va Momohavo deb biladilar. O‘sha mo‘jizaviy odamlar yana Malhi va Malhiana deb ham atalganlar. Xorazmliklar esa ularni Mard va Mardona deb ataydilar . Gershasp afsonasi. Afsonalarda Gershasp obrazi xalqni ofatlardan qutqaruvchi qahramon sifatida tasvirlanadi. Elikbek afsonasi. Elikbek obrazi ham xalq afsonalarida Gershasp singari qahramon sifatida gavdalantiriladi. Bu afsona 1902-yilda Qoshqarda qadimgi og‘zaki adabiyotning "Chistoni Elikbek" degan muhim bir yodgorlik matni kashf qilinishi bilan og‘izga tushadi. Olimlarning fikricha, bu afsona matni taxminan VIII-IX asrlarga mansubdir. "Chistoni Elikbek" A.Fitratning "O‘zbek adabiyoti namunalari" kitobidan ham o‘rin olgan. "Chistoni Elikbek"ning to‘la matni saqlanmagan, uning bizgacha yetib kelgan matnida quyidagilar bayon etilgan. Xubbi afsonasi. Turon xalqlari og‘zaki ijodida kishilarning orzu-intilishlarini o‘zida ifodalagan, ularga ruhan tetiklik bag‘ishlab, qahramonlik ko‘rsatishga undagan ko‘plab afsonaviy qahramonlar obrazi yaratilgan. Shunday obrazlardan biri Xorazm mifalogiyasiga ko‘ra suv xudosi sifatida talqin qilingan Xubbidir. Farg‘ona vodiysida ham shu obrazga o‘xshash Erxubbi haqida afsonalar mavjud. Quyida Xorazmda tarqalgan Xubbi afsonasining qisqacha mazmuni keltiriladi. Qo‘shiqlar va lirik she’rlar. "Devonu lug‘otit turk" da keltirilgan she’riy parchalarning aksariyati uzoq o‘tmishda zakovatli ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak badiiy zavq va tafakkurning nodir mahsulidir. Ularning matni va ifoda uslubida juda ko‘p qadimiy so‘zlarning uchrashi, arabcha kalima va islom diniga oid e’tiqodiy qarashlarning aks etganligi mazkur parchalarning qadimiyligidan dalolat beradi. Xuddi shunday fikrni Alp Er To‘nga (Afrosiyob)ga bag‘ishlangan parchalar xususida ham aytish joizdir. Devondagi she’riy parchalar g‘oyaviy yo‘nalishi va mavzui jihatidan g‘oyat rang-barangdir. Adabiyotshunos N. Mallayev Mahmud Koshg‘ariy asarida tez-tez ko‘zga tashlanadigan "Qish bilan Yoz munozarasi", "Ov" kabi badiiyat namunalarini kattaroq hajmdagi epik asarlarning parchasi bo‘lishi mumkin, degan xulosaga keladi. Qo‘shiqlar va lirik she’rlar. "Devonu lug‘otit turk" da keltirilgan she’riy parchalarning aksariyati uzoq o‘tmishda zakovatli ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak badiiy zavq va tafakkurning nodir mahsulidir. Ularning matni va ifoda uslubida juda ko‘p qadimiy so‘zlarning uchrashi, arabcha kalima va islom diniga oid e’tiqodiy qarashlarning aks etganligi mazkur parchalarning qadimiyligidan dalolat beradi. Xuddi shunday fikrni Alp Er To‘nga (Afrosiyob)ga bag‘ishlangan parchalar xususida ham aytish joizdir. Devondagi she’riy parchalar g‘oyaviy yo‘nalishi va mavzui jihatidan g‘oyat rang-barangdir. Adabiyotshunos N. Mallayev Mahmud Koshg‘ariy asarida tez-tez ko‘zga tashlanadigan "Qish bilan Yoz munozarasi", "Ov" kabi badiiyat namunalarini kattaroq hajmdagi epik asarlarning parchasi bo‘lishi mumkin, degan xulosaga keladi. Qo‘shiq va lirik she’rlar asosan to‘rt, ba’zan esa ikki misradan tarkib topgan bo‘lib, to‘rtliklar "a-a-a-b", "v-v-v-b" shaklida qofiyalangan. Devonda keltirilgan she’riy parchalar orasida ilmiy va axloqiy-ta’limiy mohiyat kasb etadiganlari salmoqli o‘rin tutadi. Ular ko‘proq ikkilik shaklida uchraydi. Devonda ilmiy va axloqiy-ta’limiy xususiyatga ega bo‘lgan to‘rt misrali she’riy parchalar ham mavjud: Yay ko‘rkina inanma Suvlar uza tajanma Esizliging anunma Tilda(n) chiqar ezgu so‘z. Mazmuni: Bahor ko‘rkiga, uning rang-barang gullariga chiroyliliga ishonma, undan yaxshilik umid qilma, suvga tayanma, chunki dunyo ne’matlarining shirinligiga, bahor go‘zalligiga suyangan kishilar suvga suyanganlar kabidir. Yomonlikka otlanma. Tilingdan xalq sendan doim minnatdor bo‘ladigan yaxshi so‘zlar chiqar "Devonu lug‘otit turk"dagi mehnat qo‘shiqlari ovchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik va dehqonchilik bilan bog‘liq jarayonlarni badiiy ifoda etadi. Shuningdek, undagi ayrim adabiy parchalar qabilalar o‘rtasidagi jang tafsilotlari va qabila bahodirlarining mardonavor kurashi tasviriga bag‘ishlangan. Bunday qo‘shiqlar rajaz deb ataladi. "Devoni lug‘otit turk"dan o‘rin olgan bunday qo‘shiq va she’rlar Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi turkiy xalqlarning mushtarak yodgorliklaridir. "Devonu lug‘otit turk"dagi mehnat qo‘shiqlari ovchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik va dehqonchilik bilan bog‘liq jarayonlarni badiiy ifoda etadi. Shuningdek, undagi ayrim adabiy parchalar qabilalar o‘rtasidagi jang tafsilotlari va qabila bahodirlarining mardonavor kurashi tasviriga bag‘ishlangan. Bunday qo‘shiqlar rajaz deb ataladi. "Devoni lug‘otit turk"dan o‘rin olgan bunday qo‘shiq va she’rlar Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi turkiy xalqlarning mushtarak yodgorliklaridir. Xitoy manbalarida Markaziy Osiyo xalqlariga doir ma’lumotlar saqlanib qolgan. Ularda tik, di, tukyu qabilalarining nomi qayd etilgan. Aslida bularning barchasi ”turk” so‘zining turlicha nomlaridir Qahramonlik eposi. Turon zaminida yashagan xalqlar og‘zaki ijodida vujudga kelgan qahramonlik yo‘nalishidagi mif va afsonalar shu sarzaminda bahodirlik g‘oyalari yo‘g‘rilgan ertak va dostonlarning shakllanishida zamin hozirladi. Turkiy xalqlar folklorida qahramonlik eposi moziyning juda qadim qatlamlarida paydo bo‘ldi. Eramizdan oldingi davrlarda yashagan yunon tarixchilari turkiy xalqlar og‘zaki ijodiniig ertak, rivoyat, afsona singari janrlari mavjudligini o‘z asarlarida e’tirof etishgan va ulardan ayrimlarining qisqacha mazmunini yozib qoldirishgan. Qahramonlik eposining ko‘pgina namunalari muayyaan tarixiy voqealar, aksariyat hollarda Turon xalqlarining chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor, fidokorona kurashi zaminida maydonga keldi. Shu bois ularda mifologik asarlarda bo‘lgani singari tabiat yovuzliklariga emas, balki ijtimoiy illatlar, zulm va zo‘ravonlikka qarshi kurashgan Shiroq, To‘maris, Zarina, Rustam, Siyovush va shunga o‘xshash vatanparvar, fidoiy, mard va bahodirlar obrazi yaratildi. Qahramonlik eposi. Turon zaminida yashagan xalqlar og‘zaki ijodida vujudga kelgan qahramonlik yo‘nalishidagi mif va afsonalar shu sarzaminda bahodirlik g‘oyalari yo‘g‘rilgan ertak va dostonlarning shakllanishida zamin hozirladi. Turkiy xalqlar folklorida qahramonlik eposi moziyning juda qadim qatlamlarida paydo bo‘ldi. Eramizdan oldingi davrlarda yashagan yunon tarixchilari turkiy xalqlar og‘zaki ijodiniig ertak, rivoyat, afsona singari janrlari mavjudligini o‘z asarlarida e’tirof etishgan va ulardan ayrimlarining qisqacha mazmunini yozib qoldirishgan. Qahramonlik eposining ko‘pgina namunalari muayyaan tarixiy voqealar, aksariyat hollarda Turon xalqlarining chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor, fidokorona kurashi zaminida maydonga keldi. Shu bois ularda mifologik asarlarda bo‘lgani singari tabiat yovuzliklariga emas, balki ijtimoiy illatlar, zulm va zo‘ravonlikka qarshi kurashgan Shiroq, To‘maris, Zarina, Rustam, Siyovush va shunga o‘xshash vatanparvar, fidoiy, mard va bahodirlar obrazi yaratildi. To‘maris rivoyati Yunon tarixchisi Geradotning (484-425) "Tarix" kitobida qisqacha mazmuni keltirilgan. Shiroq eposida ham bosqinchilarga qarshi jang tafsilotlari asos qilib olingan. Uning qisqacha mazmuni yunon tarixchisi Polien (eramizdan oldingi II asr)ning "Harbiy hiylalar" kitobida hikoya qilinadi Arrian Flaviy(2-asrda yashagan yunon tarixchisi va yozuvchisi) “Iskandarning yurishi” va boshqa asarlarida makedoniyalik Iskandarning So‘g‘diyonaga qanday bostirib kelgani haqida yozadi. Iskandar to‘g‘risidagi qissalar Tabariyning “Tarixi Tabariy”, 13-asrda yozilgan “Tarixi ibn al-asir”, 14-asrdagi “Tarixi Banokatiy”, Firdavsiyning “Shohnoma”sida yoziladi. Navoiy “Tarixi muluki Ajam”da Iskandar tarixiga oid ma’lumotlarni umumlashtiradi.(O‘zbek adabiyoti. 5 tomlik. 1-tom. 51-65 betlar). Tabariyning “Tarixi Tabariy”da Iskandarning Zulqarnayn laqabi to‘g‘risida yoziladi: Dunyoning kun chiqadigan va botadigan tomonlarini “Qarn“ deb atalgan. Iskandar dunyoning u boshidan oxirigacha hamma yerni qo‘l ostiga kiritgan. Shu tufayli uni “Zulqarnayn” (arab tilida “zu” – ega, qarn - tomon, dunyoning har ikki tomoni, ayn - ikkilik), ya’ni “ikkala tomonning egasi” deb ataganlar Arrian Flaviy(2-asrda yashagan yunon tarixchisi va yozuvchisi) “Iskandarning yurishi” va boshqa asarlarida makedoniyalik Iskandarning So‘g‘diyonaga qanday bostirib kelgani haqida yozadi. Iskandar to‘g‘risidagi qissalar Tabariyning “Tarixi Tabariy”, 13-asrda yozilgan “Tarixi ibn al-asir”, 14-asrdagi “Tarixi Banokatiy”, Firdavsiyning “Shohnoma”sida yoziladi. Navoiy “Tarixi muluki Ajam”da Iskandar tarixiga oid ma’lumotlarni umumlashtiradi.(O‘zbek adabiyoti. 5 tomlik. 1-tom. 51-65 betlar). Tabariyning “Tarixi Tabariy”da Iskandarning Zulqarnayn laqabi to‘g‘risida yoziladi: Dunyoning kun chiqadigan va botadigan tomonlarini “Qarn“ deb atalgan. Iskandar dunyoning u boshidan oxirigacha hamma yerni qo‘l ostiga kiritgan. Shu tufayli uni “Zulqarnayn” (arab tilida “zu” – ega, qarn - tomon, dunyoning har ikki tomoni, ayn - ikkilik), ya’ni “ikkala tomonning egasi” deb ataganlar VIIIasrdan 15-asrgacha uyg‘ur yozuvi birga qo‘llanildi. Yu.X.Hojibning ”Qutadg‘u bilig” dostonining Vena nusxasi, Yugnakiyning ”Hibatul haqoyiq” asari, Xorazmiyning ”Muhabbatnoma”si, ”Oltin yorug‘”, ”O‘g‘uznoma”, Xo‘jandiyning ”Latofatnoma”, Mir Haydarning ”Mahzan ul-asror” asari, Mavlono Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she’rlari uyg‘ur yozuvidagi yodgorliklardir. VIIIasrdan 15-asrgacha uyg‘ur yozuvi birga qo‘llanildi. Yu.X.Hojibning ”Qutadg‘u bilig” dostonining Vena nusxasi, Yugnakiyning ”Hibatul haqoyiq” asari, Xorazmiyning ”Muhabbatnoma”si, ”Oltin yorug‘”, ”O‘g‘uznoma”, Xo‘jandiyning ”Latofatnoma”, Mir Haydarning ”Mahzan ul-asror” asari, Mavlono Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she’rlari uyg‘ur yozuvidagi yodgorliklardir. Qadimgi turk moniylik adabiyoti eramizning 5-asrida paydo bo‘lgan. Moniy va uning ta’limoti xususiyatlari zardushtiylik ta’limotiga hamohang. Moniylik - zardushtiylikning mahsulidir. MONIYLIK — III asrda Eronda vujudga kelgan din. Moniylik qadimgi turkiy xalqlar e’tiqodida alohida oqim bo‘lib, «Xuastuanift» («Moniylik tavbanomasi») uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Moniylik ta’limoti xitoylik Moniy ibn Fatak (216-276) nomi bilan bog‘lanadi. Uning ta’limoti koinotda nur bilan zulmat o‘rtasida kurash bo‘lishiga asoslanadi. Shu sababli ham nur – Quyosh, Oy, ya’ni nur taratuvchi osmon jismlari muqaddas sanaladi va ularga tangri nomi bilan sig‘iniladi. Nur va zulmat o‘z mantig‘ini yaxshilik va yomonlik kurashida topadi. Moniylik koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi o‘zaro kurashni e’tirof etishga asoslanadi. Nur, ruhiy asos, yaxshilik olamida xudo, ikkinchisida — shayton (iblis) hukm suradi. Moniylikka ko‘ra, ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada moddiy asos olami halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniylik ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson 2 unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat farzandi) dan iborat mavjudot bo‘lgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniy samo nuri elchisi hisoblangan. MONIYLIK — III asrda Eronda vujudga kelgan din. Moniylik qadimgi turkiy xalqlar e’tiqodida alohida oqim bo‘lib, «Xuastuanift» («Moniylik tavbanomasi») uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Moniylik ta’limoti xitoylik Moniy ibn Fatak (216-276) nomi bilan bog‘lanadi. Uning ta’limoti koinotda nur bilan zulmat o‘rtasida kurash bo‘lishiga asoslanadi. Shu sababli ham nur – Quyosh, Oy, ya’ni nur taratuvchi osmon jismlari muqaddas sanaladi va ularga tangri nomi bilan sig‘iniladi. Nur va zulmat o‘z mantig‘ini yaxshilik va yomonlik kurashida topadi. Moniylik koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi o‘zaro kurashni e’tirof etishga asoslanadi. Nur, ruhiy asos, yaxshilik olamida xudo, ikkinchisida — shayton (iblis) hukm suradi. Moniylikka ko‘ra, ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada moddiy asos olami halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniylik ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson 2 unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat farzandi) dan iborat mavjudot bo‘lgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniy samo nuri elchisi hisoblangan. Budda mazmunidagi turkiy adabiyot o‘ziga xos. Markaziy Osiyoda buddaviylikning xos xususiyatlari ularning but va sanamlarga topinishlaridir. «Oltun yoruq» 10-asrda Beshbaliq(Sharqiy Turkiston) shahrida yaratilgan. Singqu Seli Tutung bu asarni xitoy tilidan nasriy usulda tarjima qilgan. Ushbu asar uyg‘ur yozuvidadir. X- XVIII asrlar davomida o‘n marta ko‘chirilgan va sharqdagi ko‘p tillarga tarjima kilingan."Oltun yorug‘" asari o‘z davrida buddaviylikka e’tiqod qiluvchi qavmlar orasida keng tarqalgan. Bu asar ular etiqod qiladigan buddaviylik qonunlaridan iboratdir. "'Oltun yorug‘" mazmunan va mohiyatan buddaviylikning maxayama mazhabiga oiddir. "Oltun yorug‘" asarining kadimgi turkiydagi to‘liq nomi "Altun onglug, yaruq, yaltiriqlig, qopta ko‘tulmsh no‘m iliki atlig no‘m bitig - Oltin rangli, yorug‘, yaltiroq, hamma (narsa)dan ustun turadigan no‘m podshohi nomli no‘m bitigi" deb nomlanib. hozirgacha '"Oltun yorug‘" deb nomlanib keladi. Asarning sanskritcha nomi "'Suvarnaprabxasa"dir. "Oltin yorug‘"ning asl matni taxminan milodiy I asrda yaratilgan. Saodat Chig‘atoy "Oltun yorug‘" asaridan "Ku tay" va "Shahxzoda va bars" afsonalarini ilk bor Turkiyada chop ettirdi. S.E.Malov ham yuqorida aytib o‘tilgan ikki afesonani transliteratsiya qilib. rus tiliga tarjimasini amalga oshirdi Budda mazmunidagi turkiy adabiyot o‘ziga xos. Markaziy Osiyoda buddaviylikning xos xususiyatlari ularning but va sanamlarga topinishlaridir. «Oltun yoruq» 10-asrda Beshbaliq(Sharqiy Turkiston) shahrida yaratilgan. Singqu Seli Tutung bu asarni xitoy tilidan nasriy usulda tarjima qilgan. Ushbu asar uyg‘ur yozuvidadir. X- XVIII asrlar davomida o‘n marta ko‘chirilgan va sharqdagi ko‘p tillarga tarjima kilingan."Oltun yorug‘" asari o‘z davrida buddaviylikka e’tiqod qiluvchi qavmlar orasida keng tarqalgan. Bu asar ular etiqod qiladigan buddaviylik qonunlaridan iboratdir. "'Oltun yorug‘" mazmunan va mohiyatan buddaviylikning maxayama mazhabiga oiddir. "Oltun yorug‘" asarining kadimgi turkiydagi to‘liq nomi "Altun onglug, yaruq, yaltiriqlig, qopta ko‘tulmsh no‘m iliki atlig no‘m bitig - Oltin rangli, yorug‘, yaltiroq, hamma (narsa)dan ustun turadigan no‘m podshohi nomli no‘m bitigi" deb nomlanib. hozirgacha '"Oltun yorug‘" deb nomlanib keladi. Asarning sanskritcha nomi "'Suvarnaprabxasa"dir. "Oltin yorug‘"ning asl matni taxminan milodiy I asrda yaratilgan. Saodat Chig‘atoy "Oltun yorug‘" asaridan "Ku tay" va "Shahxzoda va bars" afsonalarini ilk bor Turkiyada chop ettirdi. S.E.Malov ham yuqorida aytib o‘tilgan ikki afesonani transliteratsiya qilib. rus tiliga tarjimasini amalga oshirdi O‘rta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uyg‘onish davri. Fan va madaniyat ravnaqi IX-XII asrlar madaniy yuksalishining shart-sharoitlari. Ilm-fan
IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri bo‘ldi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo‘ysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‘lkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat tili bo‘lsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lgan. Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur’on suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma’murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movaraunnahrda xatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvi o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Chegaralari borgan sari kengayib, ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ilm ahli suv va havodek zarur bo‘lib qoldi. Davlatni boshqarishda xalifalik ma’muriyati bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar ham oz bo‘lib, borlari ham zaif edi. Bu hol o‘z navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib berdi. Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida bo‘ysundirilgan xalqlarni mutloq itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik markazi ma’murlariga, balki o‘lkalarga tayinlangan noib uchun ham tobora qiyinlasha boshladi. 821 yilda Xuroson va Movaraunnahrning noibi etib tayinlangan Tohir ibn Husayn xalifalik o‘ylaganidek siyosat yurgizmadi. U xalifa nomini xutba nomozidan chiqarib tashlashga ko‘rsatma berdi. Tohiriylar shunday qilib so‘zda o‘zlarini xalifalikning noibidek ko‘rsatsalar-da, amalda mustaqil ish yuritish harakatini boshlab yubordilar. Bu borada diqqatga sazovor tomoni shundaki, tohiriylar nafaqat siyosiy mustaqillikka intildilar, balki xo‘jalikning ko‘pgina tarmoqlarini o‘zlari xohlaganday tartibga solishga harakatlar qildilar. Ular qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida suv ta’minotini yaxshilashga katta e’tibor qarata boshladilar. Katta-katta ariqlar, kanallar qazdirdilar. Suv ta’minoti haqida fiqhshunos olimlar risolalar yozib, bu ishni aniq tartib-qoidaga binoan olib borish lozimligini isbotlab berdilar. Shunday qilib, mustaqil davlatlarning paydo bo‘lish uchun zamin paydo bo‘ldi. 873-yilda Tohiriylar hukmronligi o‘rniga Safforiylar hukmronligi o‘rnatildi. Bu o‘z navbatida Movarounnahrni Xurosondan ajralib, o‘z mustaqilligini tiklab olishi uchun asos bo‘ldi. IX asrning oxirgi choragida Movarounnahr Somoniylar qo‘l ostiga o‘tib, mustaqillikni yanada mustahkamlab oladi. Somoniylar sulolasining eng yirik vakillaridan biri bo‘lmish Ismoil Somoniy kuchli davlat tuzishga harakat qiladi va bu ishni muvaffaqiyatli ravishda uddasidan chiqadi. Somoniylar o‘z davlatlarini o‘zlarigacha bo‘lgan sharq davlatlarining boshqaruv an’analarini chuqur o‘rgangan holda, ularga suyanib, zamon talablarini hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritib boshqarishga harakat qildilar. Movaraunnahr deb ataladigan bu hududda mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta ta’sir ko‘rsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida shakllanib, rivojlana boshladi. O‘rta Osiyoda IX-XIII asr boshlarida Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari hukm surdilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda o‘z mavqei va tutgan o‘rni jihatidan katta e’tibor va nufuzga ega bo‘ldilar. Ahmad Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G‘aznaviy, To‘g‘rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko‘ra oladigan davlat arboblari davrida O‘rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi. Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiyning Somoniylar Buxorosiga bergan ta’rifi butun O‘rta Osiyo davlatlarining IX-XIII asrlardagi ahvoliga tegishlidir: “...shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o‘z davrining fozillari yig‘ilgan (joy) edi”. O‘rta Osiyo hukmdorlari ilm ahli bilan yaqinlashdilar. Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o‘z saroylarida olim, shoir va usta san’atkorlar, turli sohalar bo‘yicha qimmatbaho kitoblarni to‘plashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar, kutubxonalardagi nodir qo‘lyozma asarlar bilan mag‘rurlanardilar. Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa, Basra va boshqa katta shaharlarda O‘rta Osiyodan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan avlod-ajdodlarimiz bu davrga kelib ko‘paya bordi. Bag‘dod shahri Sharqning ilm-fan markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda “Bayt ul-hikma”-(“Donishmandlar uyi”) Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Ma’mun davrida (995-997-y.) “Donishmandlar uyi”-“Bayt ul-Hikma”-“Ma’mun akademiyasi” (Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki ilm o‘chog‘larida Sharqning mashhur va ma’lum olimu-allomalari tahsil ko‘rganlar. Ular orasida Ahmad Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk allomalarning nomlari bor. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) qadimgi Xorazm diyorida tug‘ilib, voyaga yetadi. G‘oyatda o‘tkir zehn egasi va noyob qobiliyat sohibi bo‘lgan al-Xorazmiy yoshlik chog‘idan boshlab aniq va tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqdi, arab, fors, hind va yunon tillarini egalladi, bu tillarda yozilgan kitoblarni qunt bilan o‘qib, mutolaa qildi. U dastlabki ta’limni xususiy muallimlardan oldi va so‘ngra o‘sha davrning yirik ma’rifat markazlaridan biri bo‘lgan Marv madrasasida o‘qidi. Xalifa Xorun ar-Rashidning o‘g‘li Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tirgach (813 y.) Muhammad Muso al-Xorazmiyni o‘zi bilan birga Bag‘dodga olib ketadi va u yerda tashkil etilgan “Bayt ul-Hikma”ga boshliq etib tayinladi. Bag‘dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va Movaraunnahr olimlari bilan ijod qiladi. Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, geografiya, tarix ilmi va boshqa fanlar sohasida barkamol ijod qildi. Uning “Al Jabr al muqobala” (“Tenglamalar va qarshilantirish”), “Hisob al-Hind” (“Hind hisobi”), “Kitab surat al-Arz” (“Yer surati haqida kitob”), “Kitab at-Tarix” (“Tarix kitobi”), “Kitab al-Amal Bil Usturlabat” (“Usturlob bilan ishlash haqida kitob”) kabi asarlari olimga jahonshumul shuhrat keltirdi. Xorazmiy yaratgan 20 tadan ortiq asardan bizning davrimizgacha faqat 10 tasigina yetib kelgan. Xorazmiy ijodi merosida “Aljabr va al-muqobala” kitobining ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir. Bu kitobi bilan u matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos soldi. “Al-gebra” atamasi ushbu kitobning “al-jabr” deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematikada “algoritm” atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Uning “Al-jabr” asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Keyinchalik asrlar davomida Yevropa olimlari Xorazmiy asarlarini qayta-qayta ishlab, u asosda asarlar yozadilar. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi Yevropada, qolaversa, butun dunyo taraqqiyotida buyuk ahamiyat kasb etdi, algebrani mustaqil fan darajasiga ko‘tardi. Olimning “Kitob at-Tarix” (“Tarix kitobi”)da Xuroson , Kichik Osiyo va Movarounnahrning VIII-IX asrlar tarixiga oid qisqa va aniq ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan. Xorazmiyning “Zij” (“Astronomik jadval”), “Quyosh soati haqida risola” asarlari falakiyotshunoslik fanining rivojlanish taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg‘oniy 797-865 yillarida yashab ijod qilgan vatandoshimizdir. Ahmad Farg‘oniy o‘z asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi. U matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Ahmad Farg‘oniyning ijodiy faoliyati Bag‘dodda ulug‘ mutaffakir olim Al-Xorazmiy rahbarligidagi “Baytul-Hikma” bilan bog‘liqdir. U arab atamashunosligini paydo bo‘lishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar qurilishida shaxsan qatnashdi. Ahmad Farg‘oniyning kitoblari dunyoga ma’lum va mashhurdir. “Kitob fi Usul ilm an-Nujum” (“Falakiyot ilmining usullari haqida kitob”), “Falakiyot risolasi”, “Falak asarlari sababiyati”, “Al-Majistiy”, “Ilm-xayya”, “Al Farg‘oniy jadvallari”, “Usturlob bilan amal qilish haqida”, “Oy yerning ustida va ostida bo‘lganida vaqtni aniqlash risolasi”, “Yetti iqlim hisobi”, “Usturlob yasash haqida kitob” asarlarining qo‘lyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Misr, Hindiston, AQSh va Rossiyada saqlanmoqda. Ahmad Farg‘oniyning bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari butun jahon fani va madaniyatiga ulkan va munosib hissa qo‘shdi. U 812 yilda quyosh tutilishini oldindan bashorat qilib berdi, yerning dumaloq ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab, bir xil fazo yoritgichlarni har xil vaqtda ko‘rilishini, tutilishini hamma joyda har xil kuzatish mumkinligini izohlab berdi. Ahmad Farg‘oniy yaratgan ilmiy kashfiyotlar natijalari qaysi fan sohasida bo‘lishidan qat’iy nazar g‘oyatda pishiq, puxta va nihoyatda mukammal bo‘lgan. XII asrdayoq olimning asarlari lotin tiliga tarjima qilinganligi va Yevropaga tarqalganligi bu fikrning isbotidir. Yevropaliklar Ahmad Farg‘oniyni “Al Fraganus” deb ataganlar. Uning asarlarini lotin, nemis, ingliz, fransuz, rus va boshqa tillarga tarjima qilganlar. Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Forobiy 873-yilda Forob (O‘tror) yaqinidagi Vasij shaharchasida tavallud ko‘rgan va 951-yilda Damashqda vafot etgan. O‘rta Osiyoning yirik qomusiy olimlaridan biri, Sharq uyg‘onish davrining eng ko‘zga ko‘ringan arbobi, Sharq falsafasining otasi Forobiy avval Forob, Buxoro va Samarqandda bilim oldi va turli tillarni o‘rgandi. Bag‘dodga kelgach fanning turli sohalari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishda davom etdi. U ilmiy darajasini oshirgach, fanning deyarli barcha sohalarini egallab, 160 dan ortiq asar yozdi. Forobiyning riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va adabiyotga oid asarlari butun olamga mashhur bo‘ldi. U yozgan “Aristotelning “Metafizika” asari maqsadlari haqida”, “Tirik mavjudot a’zolari haqida”, “Musiqa kitobi”, “Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Siyosat al Madaniya” (“Shaharlar ustida siyosat yurgizish”), “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Qonunlar haqida kitob”, “Tafakkur yurgizish mazmuni haqida”, “Mantiqqa kirish haqida kitob”, “Falsafaning mohiyati haqida kitob” va boshqa asarlar buyuk olimning ilm va dunyoqarash doirasining beqiyos darajada kengligi va chuqurligidan dalolat beradi. Forobiy fanning nazariy va falsafiy tomonlarini yoritishga harakat qilgan. U Platon, Aristotelning barcha falsafiy, tabiiy, ilmiy asarlariga, Ptolemeyning osmon jismlari harakati, Aleksandr Afrodiyning ruh haqidagi psixologiyasiga oid, Galenning tibbiyot bo‘yicha asarlari, Epikur, Zenon, Yevklid risolalariga taqriz va sharhlar yozdi. Agar ilm-fan rivojidagi o‘zining qo‘shgan buyuk xizmatlari uchun Aristotel “Birinchi muallim” unvoniga sazovor bo‘lsa, Forobiy donishmandligi, Aristotelni yaxshi bilganligi, qomusiy aqli va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan katta hissasi uchun “Al-muallim as-Soniy - “Ikkinchi muallim”, “Sharq Aristoteli” degan mu’tabar unvon oldi. Forobiyning “Inson tanasining a’zolari haqida”gi risolasi tibbiyot ilmining maqsad va vazifalarini aniqlashga bag‘ishlangan. “Astrologiyaning to‘g‘ri va noto‘g‘ri qoidalari haqida”gi risolasida astrologlarning ruhiy va ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni osmoniy jismlar haqidagi ilmiy taxminlariga asoslangan faoliyatini, yolg‘on tasavvurlar va uydirmalardan farqlash zarurligini ta’kidlaydi. Olimning ko‘p jildli “Musiqa haqida katta kitob” asari musiqa ilmining katta bilimdoni, sozanda va ajoyib bastakor ham bo‘lganligini tasdiqlaydi. U yangi musiqa asbobining ixtirochisi ham bo‘lgan. O‘rta asr fanining rivoji va taraqqiyotida Forobiyning ilm tasnifi bo‘yicha olib borgan ilmiy ijodiy ishlari g‘oyatda qimmatlidir. U “ilmlarni kelib chiqishi haqida”, “Ismlarning tasnifi haqida” va boshqa risolalarida o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tartibi, tasnifi va tafsilotini beradi. Forobiyning ilmiy - falsafiy merosi xalqimizning buyuk ma’naviy boyligi sifatida asrlar osha avlodlar uchun muhim ijod manbai bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy (899-959) Buxoro yaqinidagi Narshax (hozirgi Vobkent tumanida) qishlog‘ida 899-yilda tavallud topgan. Narshaxiyning ilmiy asarlari to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. Uning faqat “Tarixi Buxoro” (“Buxoro tarixi”) asari bizgacha yetib kelgan. Asar qo‘lyozma nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy tarixiy adabiyotlarda “Tarixi Narshaxiy”, “Taxqiq ul-Viloyat” (“Viloyat haqiqatini aniqlash”), “Axbori Buxoro” (“Buxoro haqida xabarlar”)kabi nomlar bilan atalib kelingan. Asarning turli nomlar bilan atalishiga ham sabablar bor. Bu asarning Narshaxiy tomonidan yozilgan dastlabki asl nusxasi saqlanib qolmagan. Uning bizgacha yetib kelgan qismi 1128 yilda Quva shahridan bo‘lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy arab tilidan fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan nusxasidir. Undan keyingi yillarda ham Narshaxiyning asari bir necha tahrirlarga uchragan, ba’zi matnlari qisqartirilgan va so‘nggi voqealar asosida to‘ldirilgan. Abu Nasr Ahmad Qubaviy asar matnini qisqartirish bilan chegaralanmay, balki Tabariy, Abu Hasan Nishopuriyning “Hazoiq ul- ulum”, Ibrohimning “Axbar-i Muqanna” kabi asarlaridan foydalanib, uni to‘ldiradi. Ana shu tariqa, Buxoro tarixiga Narshaxiy yashab o‘tgan davrdan keyingi, 1178-1179-yillardan 1220-yillarga qadar bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar kirib qolgan. “Buxoro tarixi” asari o‘zining ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan va hozirgi kunda Somoniylar davri tarixi bo‘yicha eng noyob, qimmatli asar hisoblanadi. Asarda Somoniylar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Movaraunnahr va Xuroson aholisining arab bosqinchilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi qo‘zg‘oloni bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar ham bu asarda ma’lum darajada o‘z ifodasini topgan. Narshaxiy saroy tarixchisi bo‘lganligi sababli hukmron tabaqa siyosatini yoqlab, xalqning hokimiyatga chiqishini qoralagan. Biz o‘rganayotgan davr IX-XII asr fan va madaniyatining ravnaqini Abu Rayhon Beruniysiz (973-1048-y.) tasavvur qilish mumkin emas. U o‘z zamonasining barcha fanlari - fizika, matematika, astronomiya, geodeziya, tarix, geografiya va bir necha boshqa fanlarni puxta egallagan olim bo‘lgan. U 362 hijriy yili (973-y.) Xorazmning qadimgi Kat shahrida tug‘ildi. O‘sha davrda Kat shahri Xorazmshohlar - Afrig‘iylar sulolasining poytaxti bo‘lib, O‘rta Osiyoning Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq davlatlari, Kavkaz va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan bog‘lab turuvchi savdo va madaniy markazlaridan biri edi. Afsuski, Beruniyning zamondoshi Ibn Sinonikiga o‘xshagan tarjimayi holi bizgacha yetib kelmagan. Shuning uchun u boshlang‘ich ta’limini kimdan, qachon olganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ammo, bir narsa aniqki, u yoshligidanoq ilm-fanga juda ham qiziqqan, qobiliyatli, mehnatkash bo‘lgan. U o‘z ona tili xorazm tilidan tashqari yana bir qancha tillarni-so‘g‘diy, fors, hind, yunon va qadimgi yaxudiy tillarni ham o‘rgangan. U Hindistonda bo‘lar ekan, tez orada nafaqat Hindiston tarixi, madaniyati, hatto sanskrit tilini ham o‘rganadi. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasining eng ko‘zga ko‘ringan faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. Shu bilan birga u shoh Ma’mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi. Beruniy Urganchda yashagan davrda Ibn Sino bilan yozishma olib borgan. Bizgacha ularning savol-javoblaridan 18 tasi yetib kelgan. Bu yozishmalar Beruniyning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan qanchalik qiziqqanligidan guvohlik beradi. Savol-javoblarning mazmunida Aristotelning aql bilan his etish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy o‘zining tuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarini qarshi qo‘ygan. Ibn Sino esa Aristotelni himoya qilgani ma’lum bo‘ladi. Beruniy Xorazmda yashagan vaqtda hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi asboblar ixtiro qilgan. Beruniy 22 yoshida o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanni tashlab ketishga majbur bo‘ladi va avval Rayga, keyin Jurjonga keladi. Bu yerda mashhur tabib, astronom, faylasuf Abu Saxl Iso al-Masixiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi. Beruniy o‘zining mashhur asarlaridan biri bo‘lmish “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini Jurjonda yoza boshlagan. Tarixdan ma’lumki, 1017-yilda Mahmud G‘aznaviy Xorazmni bosib oladi va Beruniyni ham Xorazmshoh saroyidagi bir qancha olimlar qatori G‘azna shahriga olib ketadi. Beruniy G‘azna shahrida 1017 yildan to 1048 yilgacha hayot kechirgani ma’lum. Bu yillar Beruniy hayotida o‘ziga xos davr bo‘ladi. Bir tomondan g‘urbatda yashagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ilmiy faoliyatda juda ham mahsuldor davri bo‘ladi. Beruniy faoliyatini o‘rganuvchi olimlarning fikricha, bunday hol, ya’ni davlat ishlariga aralashmagan, siyosiy faoliyatdan chetlashgan olim o‘zining butun bo‘sh vaqtini ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflaydi. Beruniy tabiat fanlarining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan olimdir. U o‘zining ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi haqida fikr yuritganda Ptolemey fikriga suyansa ham, amalda yerning harakati haqida Ptolemey tartibiga zid keluvchi fikrlarni bayon qiladi. U “Geodeziya” asarida geotsentrizm bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi nazariyalarning to‘g‘riligiga shubha bilan qaraganligini ochiqdan-ochiq bayon etadi. Bu bilan u dunyoning geliotsentristik tuzilishi haqidagi nazariyani ishlashiga hissa qo‘shganlardan biri hisoblanadi. Beruniy o‘z davrining katta matematigi ham bo‘lgan. U matematika masalalariga bag‘ishlangan asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi, trigonometriya tushunchalarini ma’lum tartib bilan ta’riflaydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilarining ko‘pchiligi Beruniyni trigonometriya fanining rivojiga qo‘shgan hissasini juda ham yuksak baholashadi. Ular Beruniyning trigonometriyaning matematikada mustaqil fan sifatida qaragan olim sifatida ko‘rsatmoqdalar. Beruniy 1030-yilda “Hindiston” nomi bilan mashhur bo‘lgan eng yirik asarini yozadi. Bu asar juda katta ahamiyatiga ega bo‘lgan asar bo‘lib, bu haqda juda ko‘p g‘arb va sharq olimlari o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirganlar. Beruniyning bu asari ustida 20 yil ish olib borgan E.Zaxau uning arabcha tanqidiy teksti bilan ingilizcha tarjimasini 1888-yilda Londonda nashr ettiradi. Ana shu olim “hindshunoslikda Beruniyga teng keladigan biror olim na undan oldin va na undan keyin bo‘lganligini bilmaymiz”-degan edi. Yirik arabshunos olim R.Rozen “Hindiston” asari qadimgi va o‘rta asr g‘arb va sharq adabiyotida “misli ko‘rilmagan”-deb baholaydi. Hind olimlaridan Hamid Rizo esa “O‘rta asr va yangi zamon mualliflaridan hech biri Hind madaniyatining chigal masalalarini ilmiy ruhda tushunish bo‘yicha Abu Rayxon Beruniy erishgan yutuqlariga erisha olmadi. Beruniyning “Hindiston” asari klassik namuna bo‘lib qolishi bilan birga o‘z muallifining qadimgi hind madaniyati va faniga tortig‘idir”-degan edi. Abu Ali ibn Sino (980-1037) Buxoro yaqinida joylashgan Afshona qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi ziyoli, o‘qigan, bilimdon kishi bo‘lib asli Balxdan bo‘lgan. Ibn Sino o‘sha davr ziyolilar oilasida hukm surgan turmush tarzi tizimi bo‘yicha “Qur’oni Karim”ni yoshlik chog‘idan yod ola boshlaydi. Bu bilan kifoyalanib qolmasdan otasi unga falsafa, hind hisobi kabi sohalarni ham o‘qita boshlaydi. Hatto Abu Abdulloh an-Nashali degan kishini o‘g‘liga murabbiy qilib oladi. U o‘spirinlik yillarida, 16 yoshida shunchalik chuqur shug‘ullanganki, hatto biron-bir kecha ham to‘yib uxlamagan ekan. Fan asoslari bilan bunday shug‘ullanish, ko‘p vaqtlar davomida amalga oshirgan mashaqqatli mehnat tez orada o‘z samarasini beradi, u 17 yoshidayoq olim sifatida shakllanib, tabib degan nom chiqara boshlaydi. Mukofot sifatida saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga sazovor bo‘ladi. Biz ko‘rib chiqayotgan davr siyosiy tarixi o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu vaqtda ikki sulola (Qoraxoniylar va Somoniylar) tarix sahnasida hukmronlik uchun kurash olib bormoqda edi. Mamlakatdagi bunday beqarorlik fan arboblarining faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmas edi. Ibn Sino ham o‘sha davrda Xorazmda fan va madaniyat xomiysi sifatida nom chiqargan Ma’mun (999-1016) saroyiga boradi. U yerda o‘sha davr mashhur olim, faylasuflari Abusaxl Masixiy, tabib Abul Xayir Xommar, qomusiy olim sifatida butun dunyoda tan olingan Abu Rayhon Beruniy va boshqa mashhur olimlar bor edilar. Ammo olimning tinch ijodi bu yerda ham ko‘pga cho‘zilmaydi. Xorazmni Mahmud G‘aznaviy egallagach u Hamadonga jo‘naydi. O‘sha davrda Hamadon hukmdori Shams ad-Davla degan kishi bo‘lib, u kasal bo‘lib qoladi. Ibn Sino Buxoro amirini davolaganidek uni ham tuzatib yuboradi va evaziga vazir etib tayyorlanadi. O‘sha davrda ham saroy fisqu-fasod, isyonlar uyasi edi. Ana shunday fisqu-fasodlar tufayli u zindonga tashlanadi. Isfaxon hukmdori Alouddavla Hamadonni bosib olgach, u zindondan ozod qilinadi. Ibn Sinoning zamondoshi, uning shogirdi Jurjoniyning yozishicha u jismoniy jihatdan juda baquvvat bo‘lgan. Biroq shaharma-shahar darbadarlikda yurish, yuqorida qayd qilganimizdek, kechalari uxlamasdan uzluksiz ishlash va ta’qib ostiga olishlar olimning salomatligiga ta’sir ko‘rsatadi va u 428 xijriy yilning ramazon oyida, 1037 yilning iyun oyida 57 yoshida vafot etadi. Ibn Sino haqiqiy ensiklopedik olim bo‘lib, o‘z davrining deyarli barcha fanlari bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd qilingan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. Ibn Sinoning tog‘larni paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi juda ajoyib fikrlari, minerologiya va geologiya fanlariga qo‘shgan hissasi juda salmoqlidir. Jumladan, u minerollarni to‘rt guruhga bo‘lib, ularning original klassifikatsiyasini taklif etadi. Bu klassifikatsiya to XIX asrgacha deyarli o‘zgarishsiz saqlanib keldi. Olimning minereologiya sohasidagi ishlarining muhimligi ta’kidlanib, 1956-yilda O‘zbekistonda topilgan mineral Avitsenit deb atalgan. Ibn Sino botanika masalalari bilan ham ko‘p shug‘ullangan. Chunki tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati o‘simliklardan olinadi. Mashhur shved botanigi Karl Linney (1707-1778) Ibn Sinoning botanika sohasidagi xizmatlarini ta’kidlab, tropik mamlakatlarda dengiz suvida ham o‘suvchi va doimo yashil holda qoladigan bir daraxtni Avitsenna deb atadi. Ham G‘arbda, ham Sharqda “Avitsenna” va “Shayxur-Rayis” nomi bilan shuhrat qozongan bobokalonimiz haqiqatan ham mustaqil O‘zbekiston yoshlari qalbida o‘z tarixi va bobokalonlari bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini uyg‘otadi. Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy (960-1041-y.) taxminan 960-yilda Samarqand yaqinida joylashgan Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan. Shuning uchun ham shoirning taxallusi shu tug‘ilgan qishlog‘ining nomidan kelib chiqib Rudakiy bo‘lib hisoblanadi. Yana boshqa manbalarda aytilishicha, o‘sha davrda xalq cholg‘u asboblari orasida “rud” nomli musiqa asbobi bo‘lib, shoir uni chalishni juda yaxshi o‘rgangan, shuning uchun ham shoir taxallusini shu asbobdan olgan deb ham hisoblaydilar. Rudakiyning tarjimai holiga bag‘ishlangan barcha manbalarda uni kambag‘al oiladan ekanligi, yoshligidayoq musiqa asboblarini yaxshi chalishni va ashula aytishni sevganligi qayd etiladi. Yosh shoirning o‘zi she’rlar yozishi va musiqaga bo‘lgan bunday muhabbati tez orada uni mashhur qilib yuboradi. Bu davrda she’riyat, ayniqsa, saroy she’riyati, qasidanavislik, ya’ni shaxsga madhiya o‘qib, ko‘klarga ko‘tarib maqtash keng avj olgan edi. Qasidanavislikdan asosiy maqsad, uning mohiyati maqtov kimning shaxsiga qaratilgan bo‘lsa, o‘sha kishini shaxsni ulug‘lashtirish bo‘lgan. Rudakiy esa ma’lumotlarga qaraganda, qasida to‘qishga usta bo‘lgan. Shuning uchun ham bo‘lsa kerak, uning Somoniylar saroyiga taklif qiladilar. U davrda hokimiyat tepasida Nasr ibn Ahmad turardi.Shu davrdan boshlab, uning hayotida saroy davri boshlanadi. Saroy hayoti o‘zining o‘ta murakkabligi bilan ajralib turgan, fisqu-fasodlarga to‘la bo‘lgan. Rudakiy qarigan vaqtida saroydan quviladi va qolgan umrini o‘zining ona qishlog‘ida faqirlikda o‘tkazadi. Saroydan quvilayotgan paytda uning ko‘ziga mil tortib, ko‘r qilinadi. Rudakiy fors-tojik she’riyatining asoschilaridan biri hisoblanadi. XI asr shoiri Rashidiyning aytishicha, Rudakiyning bir million uch yuz ming bayt she’ri borligi hisoblab chiqilgan. Ammo bizgacha ming bayt, ikki qismda ellik ruboiy, she’rlar, doston va boshqalar yetib kelgan, xolos. Bu asarlarda shoir do‘stlik, muhabbat, yaxshilik qilish, birovning dilini og‘ritmaslik kabi ulug‘ insoniy fazilatlarni ulug‘laydi. Doimo ezgulik qilishga chorlaydi. Rudakiyning she’riyati hayot lazzati, hayotning o‘zi ustod ekanligi, undan ko‘p narsalarni bilib, o‘rganib olish mumkinligini ta’kidlaydi va shunday qilish lozim ekanligini uqtirishga harakat qiladi. Hayot ta’limi butunlay boshqacha ta’lim ekanligini, uni ba’zida shirin, ba’zida achchiq ekanligini ko‘rsatadi. Bunday ta’limni hech bir o‘qituvchi bera olmasligini uqtiradi. Har bir kishi olmasa hayotdan ta’lim, Unga o‘rgata olmas hech bir muallim. Bizgacha Rudakiy qalamiga mansub “Kalila va Dimna”, “Davroni oftob”, “Sindnoma” kabi poemalardan parchalar yetib kelgan. Rudakiyning asarlari haqida gap yuritar ekanmiz, uning tili sodda, keng xalq ommasiga juda ham tushunarli bo‘lganligini ko‘ramiz. Shuning uchun ham u keng xalq ommasi orqali shuhrat topgan. Uning asarlari hozirgi o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. Mahmud Qoshg‘ariy faoliyati bilan bevosita shug‘ullanuvchi olimlarning fikricha bu zot 1029-1038 yillar orasida Qashg‘arda tug‘ilgan. U o‘ziga to‘q, ziyoli oiladan bo‘lib, Qashg‘arda yaxshi bilim oladi. Hatto u Buxoro va Nishopur shaharlarida o‘z bilimlarini kengaytirib katta-katta olimlar bilan suhbatda bo‘ladi. Mahmud Qoshg‘ariy yashab ijod etgan yillar Qoraxoniylar davlatining gullab-yashnagan davriga to‘g‘ri keladi. Mahmud Qoshg‘ariy juda ko‘p safarlarda bo‘ladi va o‘zining asarlari uchun boy ma’lumotlar to‘playdi. Ko‘p yillik izlanishlar natijasida “Devoni lug‘ati- turk” va “Javohiri-nahv” “Turk tili sintaksisi asoslari” asarlarini yozadi. Ming afsuslar bo‘lsinki, oxirgi asar hanuzgacha topilmagan. Mahmud Qoshg‘ariyni butun ilm olamiga tanitgan asari uning “Devoni lug‘ati- turk” asaridir. Bu kitob arab tilida yozilgan. Unda olim ko‘p yillar davomida turkiy qabilalar orasida olib borilgan kuzatishlar asosida turkiy tillarni qiyosiy va tarixiy usullar bilan tahlil qilgan va bu tillarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga harakat qilgan. Olimlarning fikricha, muallif ushbu tadqiqotida juda ko‘p so‘zlarning etimologiyasini ham juda aniq va to‘g‘ri izohlab bergan. Asar ikki qism (muqaddima va lug‘at)dan iborat. Olim asarga o‘zi tuzgan dunyo xaritasini ham ilova qiladi. Bu hol asarning qimmatini yanada oshiradi. Xarita doira shaklida chizilgan bo‘lib, unda mamlakat, shahar, qishloq, tog‘, cho‘l, dovon, dengiz, ko‘l, daryo va hokazolar nomlari yozilgan. Xaritada yozilmay qolgan nomlar esa asar matnida berilgan. Xarita asosan hozirgi Sharqiy yarim sharga to‘g‘ri keladi. Mahmud Qoshg‘ariyning o‘zi bu haqda shunday yozgan: ”Rumdan Mochingacha bo‘lgan... shaharlar o‘rnini aniqlash maqsadida ularning hammasini yer shaklidagi doirada ko‘rsatdim”. Asarda turli urug‘-qabilalardan qipchoq, o‘g‘iz, tatar, yamak, basmil, yabonu, qay, boshqirt, qirg‘iz, uyg‘ur, jamil, taru, ichroq, tuxsi, yag‘mo, chigil, tangut, tabg‘och, shuningdek, fors, arab, xitoy, rus xalqlari haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Asarda bulardan tashqari bir necha turkiy tildagi hikmatli so‘zlar berilgan. Mahmud Qoshg‘ariyning bu asarida O‘rta Osiyo hududidagi bir qancha shaharlar nomlarining kelib chiqishi masalalari ham alohida ko‘rsatilgan. Kitobda turkiy yozuv to‘g‘risida aniq ma’lumotlar berilib, 18 harfdan iborat turk (uyg‘ur) alifbosi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Mahmud Qoshg‘ariyning bu kitobi dunyo xalqlarining juda ham ko‘p tillariga tarjima qilingan. Asarning bunchalik katta ahamiyatga ega bo‘lishi muallifning hayotni yaxshi bilganligi, turli bilimlarni puxta o‘zlashtirganligi va asarni hayot tajribasiga asoslanib yozganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham asar o‘z ilmiy qimmatini bugungi kunda ham yo‘qotgani yo‘q. Qoraxoniylar davrida yashagan yana bir o‘z davrining atoqli shoiri, donishmand va davlat arbobi Yusuf Xos Hojibdir (XI asr). Uning tarjimai holi, tug‘ilgan yili va hayoti to‘g‘risida yozilgan biron-bir asar saqlanib qolmagan. U Qoraxoniylar sulolasining poytaxti Bolasog‘unda tug‘ilgan va shu yerda ijod etgan. Hozirgi kunda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik”(”Baxt-saodatga boshlovchi bilim”)deb nomlangan didaktik, badiiy-falsafiy asari bizgacha yetib kelgan bo‘lib, boshqa asarlari ma’lum emas. Shoirning o‘zi bu ishga roppa-rosa 18 oy sarflagan va unga juda ham puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Asar nasriy muqaddimadan so‘ng 77 baytdan iborat bo‘lgan she’riy muqaddima bilan boshlanib, 73 bobning mundarijasi beriladi. Boshlang‘ich boblar o‘sha davr an’analariga binoan boshlanib, Olloh va Payg‘ambar, islom dinining foydasi va dunyoviy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ilmiy masalalar bilan tugallanadi. Asar shunchalik ko‘p qamrovli-ki, unda ko‘tarilgan masalalarni oddiy sanab o‘tishning o‘zi ham bir necha sahifalarni tashkil etadi: Masalan: Yetti sayyora va o‘n ikki burj. Inson farzandlarining qadri bilim va tafakkurda. Tilning fazilat va manfaatlari. Kitob egasining uzri. Bilim va aql-idrokning farqi to‘g‘risida. Bahad madhi. Oy to‘ldining baxt haqidagi hikoyasi. Ana shu sanab o‘tilganlardan ham ko‘rinib turibdiki, asarda shoir inson masalasini ajratib oladi. Insonning ijtimoiy mohiyati, uning hayotdagi o‘rni, vazifasi har tomonlama tahlil qilinadi. “Qutadg‘u bilig” asarida bilim haqidagi alohida bob bo‘lib, unda bilimdan hech bir ziyon bo‘lmasligi, u kishilarga faqat foyda keltirishi mumkinligi, kishilarga bilim qadr-qimmat, hurmat va ehtirom keltirishi mumkinligi aytib o‘tiladi. Shuningdek, asarda markazlashgan davlatni mustahkamlashga qaratilgan nizolarga chek qo‘yish kabi o‘sha davr uchun juda katta ahamiyatga molik bo‘lgan masalalarga ham alohida e’tibor beriladi. Shu bilan birga, davlatni idora etish yo‘llari, buning uchun beklar bu yo‘lda o‘z atrofiga bilimdon, aqlli odamlarni to‘plashi lozim ekanligini alohida ta’kidlaydi. El-yurtni boshqarish asosida ikki narsa yotadi deb ko‘rsatgan shoir. Biri adolat ko‘rsatish bo‘lsa, ikkinchisi, ulardan marhamatni ayamaslikdir. Yuqorida qayd qilinganidek, shoirning bu asari dunyo jamoatchiligi tomonidan yaxshi qabul qilingan eng yaxshi asarlar qatoridan o‘rin olgan. XI-XIII asrlarda Markaziy Osiyoda madaniy hayot
Olamning yaratilishi haqidagi miflar va afsonalar Tayyorladi: Isomiddinova Dilruh Reja:
Mif va uning turlari haqida umumiy tushuncha Qadimgi yodnomalarda mifologik tasavvurlar Turkiy mifologiyada afsonaviy obrazlar talqini Dunyo va xudolarning paydo bo`lishi haqida yunon afsonalari Mif nima? Mif (yunoncha mithos —rivoyat, afsona, asotir) — qadimgi odamning olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boʻlib, koinotning yaralishi, samoviy jismlarning paydo boʻlishi, inson, hayvonot va nabotot dunyosining vujudga kelishi, tabiiy hodisalarning sabab va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, iloh va maʼbudlar haqidagi eʼtiqodiy qarashlarni oʻz ichiga olgan. Miflar odamning voqelikka nisbatan ongsiz emotsional munosabati ifodasi boʻlib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qadimiy tasavvurlar silsilasidir. Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, miflar yaratilgan va ommalashgan joyda oʻz ijodkori va ijrochilari tomonidan hayotda boʻlib oʻtgan haqiqiy voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. Qadimiy odamning olam to`g`risidagi tasavvurlarini oʻzida aks ettirgan va avloddan avlodga yetkazishga moʻljallangan miflarning ommalashish usullari ham turlicha. Ular, asosan, ogʻzaki ijro orqali hikoya qilingan. Mifologik tasavvurlar ibtidoiy urf-odat va marosimlarning asosini tashkil etuvchi ramziy xatti-harakatlardan iborat ritual oʻyinlar sifatida ham namoyish qilingan. Qadimiy tasavvurlar asosida yaratilgan osori-atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi namunalaridagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks etgan. Mif quyidagi turlarga bo`linadi: ibtido haqidagi miflar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo boʻlishi toʻgʻrisida); samoviy miflar (osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo boʻlishi haqida); antropogenik miflar (gʻayrioddiy xislatga ega afsonaviy pahlavonlar: Gerakl, Gilgamesh, Odami Od, Hubbi va boshqalar); sigʻinish – e’tiqod miflari (muayyan eʼtiqodiy ishonchlar bilan bogʻliq: xreildorlik, suv, oʻsimlik, olovga sigʻinish haqida); etnogenetik miflar (urugʻ-qabilalarning kelib chiqishi bilan aloqador: 92 oʻzbek urugʻlarining paydo boʻlishi); kalendar miflar (yil, oy, kun hisobi bilan bogʻliq: ayamajuz, ahmandahman, chilla, toʻqson hisobi bilan bogʻliq miflar); esxatologik miflar (olamning intihosi haqidagi: oxirzamon to`g`risidagi miflar). Qadimgi yodnomalarda mifologik tasavvurlar Ibtidoiy inson o‘zini tabiiy olamdan aniq ajrata bilmagan, shu bois tabiiy obyektlarga o‘z insoniy xususiyatlarini ko‘chiravergan - tabiiy obyektlar inson kabi hayot kechiradi, ulaming insondagi kabi his-tuyg‘ulari bor, ongli, ma’lum maqsadga yo'naltirilgan xo'jalik faoliyatini yuritadi, deb bilgan. Shuningdek, inson ibtidoiy bosqichda mavhum fikrlashni bilmagan. Mifning barcha turlari manbai ana shu fikrlashda. Fetishizm, animizm va totemizm kabi e’tiqodlar ham aslida atrof muhitni “insonlashtirish”dan kelib chiqqan. Turkiy miflar ham ayni shu xususiyatlar va jarayonlami bosib o‘tgan. Miflar, mifologik taffakkurning insoniyat tarixidagi ulkan ahamiyati hech kimga sir emas. ”Fan mifdan tug‟ilmaydi, - deb yozgan edi taniqli faylasuf olim A.F. Losev, - ammo mifsiz ham yashay olmaydi. Zero, fan doimo miflashgan”. Mifologik mushohadalarning badiiy ifodasi og’zaki ijod namunalari hamda ayrim mifologik obrazlar mohiyatida bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan. “Mifologik tafakkur tasavvur hukmronligida paydo bo’lgan tafakkurdir, - deydi Ya. Golosovker. - Tasavvur oddiy faoliyat natijasi emas, balki oliy tafakkur shakli, ayni paytda ham ijod, ham bilim xususiyatiga ega bo’lgan shakldir. Bu hodisa mifologik obrazlar tabiatiga ham xos. Shuning barobarida xalqimiz tasavvurida mifologik obrazlar (dev, jin, yalmog`iz kampir, pari, humo, qaqnus, semurg` va boshqalar) bilan bog`liq bir qancha an’ana-odatlar, marosimlar hamda xalqimiz tarixining muhim sahifasi bo`lib kelayotgan arxeologik topilmalar, etnografik ma’lumotlar mavjudki, bu mazkur obrazlar faqatgina badiiyat mahsuli emas, balki o`zlarining tarixiy asosiga ega ekanligidan ham dalolat beradi. Shunga muvofiq, mifologik obrazlarning tarixiy ildizlarini o`rganish, ularning mifologik va tarixiy xususiyatlarini xalq og`zaki ijodi va yozma manbalar asosida qiyosiy tahlil etish o`rinlidir. “Mifologik tafakkur tasavvur hukmronligida paydo bo’lgan tafakkurdir, - deydi Ya. Golosovker. - Tasavvur oddiy faoliyat natijasi emas, balki oliy tafakkur shakli, ayni paytda ham ijod, ham bilim xususiyatiga ega bo’lgan shakldir. Bu hodisa mifologik obrazlar tabiatiga ham xos. Shuning barobarida xalqimiz tasavvurida mifologik obrazlar (dev, jin, yalmog`iz kampir, pari, humo, qaqnus, semurg` va boshqalar) bilan bog`liq bir qancha an’ana-odatlar, marosimlar hamda xalqimiz tarixining muhim sahifasi bo`lib kelayotgan arxeologik topilmalar, etnografik ma’lumotlar mavjudki, bu mazkur obrazlar faqatgina badiiyat mahsuli emas, balki o`zlarining tarixiy asosiga ega ekanligidan ham dalolat beradi. Shunga muvofiq, mifologik obrazlarning tarixiy ildizlarini o`rganish, ularning mifologik va tarixiy xususiyatlarini xalq og`zaki ijodi va yozma manbalar asosida qiyosiy tahlil etish o`rinlidir. Tarixi eski, katta millatlarda asotirli, ya’ni mifologik manbalar juda mo`ldir. Bu jihatdan boy va mahobatli tarixga ega bo`lgan turkiy xalqlarning qadimgi yodnomalari katta qiymatga ega. O`tgan asrlar davomida ko`p harakatli katta urushlar, begona madaniyatlar va begona dinlar bilan munosabatlar turkiy xalqlar asotirlariga bir qator ta’sir ko`rsatdi. Bu ta’sirlarning izlari, turkiylar madaniyatining barcha sohalarini qamrab olgan holda aytish mumkinki, xitoyliklar, hindlar va eronlar bilan munosabatlarda bo`lgan ko`kturklarda va uyg`urlarda hamda to`g`ri janubga tushayotib arablar bilan duch kelib qolgan shumerlarda ko`rinadi. Oltoyliklar, yoqutlar, hatto qirg`izlar yuqoridagilar bilan qiyoslanilsa, hali-hanuz ta’sirlardan xolidirlar. Lekin har qalay bu munosabatlar namunalarga boy, manbalari ko`p, tangrilari o`ziga xos bo`lgan turkiy xalqlar mifologiyasining qiyofasini o`zgartira olmadi. Boshqa bir qator millatlarning madaniy hayotida keng o`rin egallagan mifologik tasavvurlar, obrazlar va asotirli mavzular esa turkiy xalqlar madaniyati ta`sirida shakllangani shak-shubhasizdir. Tarixi eski, katta millatlarda asotirli, ya’ni mifologik manbalar juda mo`ldir. Bu jihatdan boy va mahobatli tarixga ega bo`lgan turkiy xalqlarning qadimgi yodnomalari katta qiymatga ega. O`tgan asrlar davomida ko`p harakatli katta urushlar, begona madaniyatlar va begona dinlar bilan munosabatlar turkiy xalqlar asotirlariga bir qator ta’sir ko`rsatdi. Bu ta’sirlarning izlari, turkiylar madaniyatining barcha sohalarini qamrab olgan holda aytish mumkinki, xitoyliklar, hindlar va eronlar bilan munosabatlarda bo`lgan ko`kturklarda va uyg`urlarda hamda to`g`ri janubga tushayotib arablar bilan duch kelib qolgan shumerlarda ko`rinadi. Oltoyliklar, yoqutlar, hatto qirg`izlar yuqoridagilar bilan qiyoslanilsa, hali-hanuz ta’sirlardan xolidirlar. Lekin har qalay bu munosabatlar namunalarga boy, manbalari ko`p, tangrilari o`ziga xos bo`lgan turkiy xalqlar mifologiyasining qiyofasini o`zgartira olmadi. Boshqa bir qator millatlarning madaniy hayotida keng o`rin egallagan mifologik tasavvurlar, obrazlar va asotirli mavzular esa turkiy xalqlar madaniyati ta`sirida shakllangani shak-shubhasizdir. Turkiy mifologiyada afsonaviy obrazlar talqini I.V. Stebleva ajdodlarimizning mifologik tasavvurlariga tayangani holda turkiy yodnomalar mohiyatidagi asotirli motivlarga diniy mifologik tizim sifatida yondashadi. Uning ta’kidlashicha, qadimgi turkiylar madaniyatidagi diniy-mifologik tizim turli shakl va mazmundagi matnlarda uchraydi. Eng qadimgi asotirlarda bo‟lgani kabi Tangri turkiy yodnomalarda ham eng ko`p tarqalgan mifologik obraz sanaladi. Yodnomalarda Tangri asosan, yaratuvchi va homiy vazifasini bajaradi. Chunonchi, qadimgi turkiylar olamning yaralishida asosiy, muhim qismlar deb tangri, ya’ni osmon va yerni tushunganlar.Eng arxaik davrga aloqador tasavvur-tangrini ota, yerni ona deb tasavvur qilish yodnomalarda bosh o`rinda turadi. Tangri va yerning qadimgi turkiy yodnomalardagi vazifasi orqali, bir tomondan ilk odamzodning fazoni anglash darajasini, ikkinchi tomondan, oila - nikoh munosabatlarining tabiiy obyektlarga ko`chirilganini anglash mumkin. Chunki yer va osmon qadimgi turkiylar tasavvurida kosmogonik jarayonning asosiy boshlang`ich nuqtasi sanalar edi. Olamning yaratilishi borasidagi bir shumer afsonasiga ko`ra, Op-su degan ichimlik suv bilan Tiamat degan sho`r suv timsoli-urg`ochi bir devdan ko`klar va yerlar bunyod bo`lgani, undan keyin ko`k tangrisi Onu, Havo tangrisi Enlil, dengiz tangrisi Eo (Enki) ning yaratilgani, bu uch tangrining ham quyoshni, oyni, yulduzlarni yaratganligi tasvirlanadi. Boshqa bir turkiy afsonaga ko`ra esa, Qora Xon (Qoyra Xon) suvlarni, dunyoni, insonni yaratgandan keyin o`n yetti qavat Ko`kni yaratgandir. Olamning yaratilishi borasidagi bir shumer afsonasiga ko`ra, Op-su degan ichimlik suv bilan Tiamat degan sho`r suv timsoli-urg`ochi bir devdan ko`klar va yerlar bunyod bo`lgani, undan keyin ko`k tangrisi Onu, Havo tangrisi Enlil, dengiz tangrisi Eo (Enki) ning yaratilgani, bu uch tangrining ham quyoshni, oyni, yulduzlarni yaratganligi tasvirlanadi. Boshqa bir turkiy afsonaga ko`ra esa, Qora Xon (Qoyra Xon) suvlarni, dunyoni, insonni yaratgandan keyin o`n yetti qavat Ko`kni yaratgandir. Yuqorida keltirilgan qadimgi turkiy asotirlardan farqli o`laroq yodnomalarda Tangri obrazi mifologik mazmunidan tashqari, yerning tomi ma’nosida uchraydi: Yuz yashayin. Tangrim ochuk bizga. Yuz yil yashayin. Tangrim tomdir bizga. Kul Tigin yodnomasining tugallanmasida Tangri olamning, butun borliqning yaratuvchisi, hech narsa abadiy emasligi to`g`risida aytiladi. Tangri va yer ibtidoiy fikrlash bosqichida jonli deb tasavvur qilingan. Ayniqsa, Kul Tigin yodnomasining boshlanishida bu jarayonni aniqroq kuzatish mumkin. Inson o`z faoliyati va xatti-harakatidan andoza olib, o`z harakatlarini fazoviy jismlarga (osmon va yer) ko`chirgan. Ibtidoiy davrda tashqi olamda qanday harakat bajarilsa, inson ham shuni takrorlagan. Bunday takror takrorlanuvchi tafakkurning natijasidir. Uning uchun obyekt (Tangri) ham, subyekt (Ota) ham farqsiz bo`lgan, inson ikkovining o`rtasiga chegara qo`ya bilmagan. Inson Tangri va yerga o`z faoliyatini ko`chirib, bu obyektlarni totemlashtirgach, asta-sekin ilohiy tus olavergan. “Devonu lug`atit-turk”ga ham Tangri xuddi O`rxun yodnomalaridagi singari she’riy parchalarning aksariyati bilan zamondosh bo`lgani uchun ham Tangrining vazifasida ham umumiyliklar bor: “Devonu lug`atit-turk”ga ham Tangri xuddi O`rxun yodnomalaridagi singari she’riy parchalarning aksariyati bilan zamondosh bo`lgani uchun ham Tangrining vazifasida ham umumiyliklar bor: Tangri ajun torutti, Chigri iz tizginur. Yulduzlari yorkashib, Tun kun uza burkanur. Xudo olamni yaratdi, falak doimo aylanib turadi. Yulduzlar saf tortib, tun kunduz uzra burkanadi. “O`g`uznoma” da ham Tangrining yaratuvchilik vazifasi yaqqol ko`rinadi. “O`g`iz qag`an bir yarda tangrini yalbarg`ida idi – O`g`iz Hoqon bir yerda osmonga yolvorar edi. Tangrining mazkur vazifasiga asoslanib, “O`g`iznoma”ning yaratilgan davri haqida xulosa chiqarib bo`lmaydi, balki bu o`rinda mifologik obrazlarning an’anaviyligi, inson aqliy faoliyatining tayyor qolipiga tayanish to`g`risida gapirish o`rinlidir. Tangrining yaratuvchilik vazifasi to`g`risida so`z ketar ekan, uning ildizlari aslida turkiy afsonalarda qayd etib o`tish joizdir. Mifologiya osoyishta yashash hamda yovuz kuch ustidan g`alaba qila oluvchi zo`r kuch va qudrat haqidagi orzu-umidlarning in’ikosidir. “Kishilar yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlikni sovuqqa qarama-qarshi qo`yib, baxt o`lkasi va baxtsizlik o`lkasi degan miflarni yaratganlar. Go`yo tabiatda ulug` va foydali kuchlar-quyosh va suv abadiy bo`lgan o`lka hamda ofat keltiruvchi kuchlar - zulmat va kulfat abadiy bo`lgan o`lka bor emish. Ko`pchilik mifologik obrazlar mana shu ikki o`lka va ular o`rtasidagi kurash fonida gavdalanadi”. Mifologiya osoyishta yashash hamda yovuz kuch ustidan g`alaba qila oluvchi zo`r kuch va qudrat haqidagi orzu-umidlarning in’ikosidir. “Kishilar yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlikni sovuqqa qarama-qarshi qo`yib, baxt o`lkasi va baxtsizlik o`lkasi degan miflarni yaratganlar. Go`yo tabiatda ulug` va foydali kuchlar-quyosh va suv abadiy bo`lgan o`lka hamda ofat keltiruvchi kuchlar - zulmat va kulfat abadiy bo`lgan o`lka bor emish. Ko`pchilik mifologik obrazlar mana shu ikki o`lka va ular o`rtasidagi kurash fonida gavdalanadi”. Dunyo va xudolarning paydo bo`lishi haqida yunon afsonalari Antik madaniyatning barcha Yevropa xalqlari taraqqiyotiga ko`rsatgan ta’siri mutlaqo shak-shubhasizdir. Shuni e’tirof etish kerakki, mo`jazgina grek xalqining miflari umumbashariy madaniyat asosini tashkil etgan holda ohanrabo qudratiga molik bo`lib, u hozirgi zamon kishisining tasavvuri va tafakkuri tarziga juda chuqur kirib borgandir. Badiiy adabiyotda kuchli inson Gerkules (greklarda Gerakl)ga, jasur va barqaror ayol amazonkaga o`xshatiladi. Rassomlar, shoirlar va haykaltaroshlarni dastavval mifik timsollarning teranligi va badiiyligi jalb etadi. Odamlarga ta’sir etadigan o`sha kuch-qudrat izohi faqat yunon mifologiyasida mujassamdir deyish tamoman o`rinli emas. Chunki mifologiya qadimgilarning yerda hayotda paydo bo`lishini, tabiatdagi stixiyali hodisalarning yuz berishi sabablarini tushuntirishga bo`lgan urinishi sifatida, inson o`z atrof-muhitidagi o`rnini aniqlashga ojiz bo`lgan davrda paydo bo`lgan edi. Miflar yaratilishining o`zi insonning ijodga va o`z-o`zini bilib olishga qo`tgan ilk qadami edi. Tadrijiy suratda yunon zaminining turfa viloyatlarida vujudga kelgan ayrim asotirlardan qahramonlar va ularga homiylik qilgan ma’budlarning taqdirlari haqida butun boshli turkumlar tarkib topgan. Elma-el kezib yurgan aed – qo`shiqchilar tomonidan ijro etilgan barcha afsonalar, madhiyalar va qo`shiqlar zamonlar o`tishi bilan Homerning “Iliada” va “Odisseya”, Hesiodning “Teogoniya” hamda “Mehnat va kunlar”, bizning davrimizgacha yetib kelmaganjuda ko`p narsalar katta epik dostonlarga aylanib ketgan. Miloddan avvalgi V asrda yashagan qadimgi buyuk yunon shoir-dramaturglari – Esxil, Sofokl, Yevripidlar o`z tragediyalarini xudolar va qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar. Miflar yaratilishining o`zi insonning ijodga va o`z-o`zini bilib olishga qo`tgan ilk qadami edi. Tadrijiy suratda yunon zaminining turfa viloyatlarida vujudga kelgan ayrim asotirlardan qahramonlar va ularga homiylik qilgan ma’budlarning taqdirlari haqida butun boshli turkumlar tarkib topgan. Elma-el kezib yurgan aed – qo`shiqchilar tomonidan ijro etilgan barcha afsonalar, madhiyalar va qo`shiqlar zamonlar o`tishi bilan Homerning “Iliada” va “Odisseya”, Hesiodning “Teogoniya” hamda “Mehnat va kunlar”, bizning davrimizgacha yetib kelmaganjuda ko`p narsalar katta epik dostonlarga aylanib ketgan. Miloddan avvalgi V asrda yashagan qadimgi buyuk yunon shoir-dramaturglari – Esxil, Sofokl, Yevripidlar o`z tragediyalarini xudolar va qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar. Qadimgi yunonlar faol, qat’iyatli, serg`ayrat xalq bo`lib, garchi unda insonga tahdid soladigan, unga dushman bo`lgan jonzotlar mavjud bo`lsa-da, real dunyoni bilib olishdan tap tortishmasdi. Lekin ushbu dunyoni bilib olishga bo`lgan cheksiz tashnalik noma’lum, ko`zga ko`rinmas xavf-xatar oldidagi qo`rquvdan ustun kelardi. Odisseyning sarguzashtlari, argonavtlarning oltin mo`ynani qo`lga kiritish uchun qilgan yurishi – bularning barchasi inson hayot kechirayotgan yer haqida iloji boricha ko`proq bilishga bo`lgan o`sha intilishlarning she’riy shaklda ifodalanishidir. Inson irodasiga bo`yin egmaydigan dahshatnok kuchlardan himoyalanish maqsadida yunonlar ham boshqa xalqlar singari keyinchalik ularning juda ko`plab xudolarini tasvirlagan mahobatli haykallarda saqlanib qolgan ilohiylik – fetishizm jonsiz tabiatning ilohiyligiga sig`inishni boshidan kechirdi. Ularning diniy e’tiqod va rivoyatlarida animizm, eng dag`al xurofotlarning mavjudligini ham payqash mumkin. Ammo yunonlar o`z xudolarini kishilar timsoliga o`xshatib yaratarkanlar, antromorfizmga ancha erta o`tishdi, ayni zamonda ularga go`zallik, istagan qiyoaga kirish san’ati, o`zgarmas va o`tkinchi bo`lmagan sifatlarni, eng asosiysi – umrboqiylik ato etishdi. Qadimgi yunon ma’budlari har jihatdan odamlarga o`xshash bo`lib, mard, oliyjanob va rahmdil, lekin goho ko`p hollarda zolim, qasoskor va dog`ulidirlar. Inson hayoti muqarrar o`lim bilan tugardi, xudolar esa umriboqiy bo`lib, o`z istaklarini amalga oshirishda chegara bilishmasdi, biroq baribir taqdir ilohalari – moyralardan o`tib, o`z qismatini hech kim o`zgartirolmasdi. Shunday qilib, umriboqiy ma’budlar qismatini ham foniy odamlar taqdiri bilan o`xshash deb bilardilar. Chunonchi, Gomerning “Iliada”sida qahramonlar Gektor va Axilles kurashning nihoyasi qanday bo`lishini Zevs ham hal qilishga haqli emas. U oltin tarozi pallalariga har ikkala qahramon taqdirini bilish uchun qur’a tashlaydi. Gektorning o`limini ko`rsatuvchi qur’a pastga tushadi, natijada Zevsning barcha ilohiy hukmi o`z suyuklisiga yordam berishga ojizlik qiladi. Zevsning istagiga zid ravishda taqdir taqozosiga muvofiq shavkatli Gektor Axilles nayzasidan halok bo`ladi. Ammo yunonlar o`z xudolarini kishilar timsoliga o`xshatib yaratarkanlar, antromorfizmga ancha erta o`tishdi, ayni zamonda ularga go`zallik, istagan qiyoaga kirish san’ati, o`zgarmas va o`tkinchi bo`lmagan sifatlarni, eng asosiysi – umrboqiylik ato etishdi. Qadimgi yunon ma’budlari har jihatdan odamlarga o`xshash bo`lib, mard, oliyjanob va rahmdil, lekin goho ko`p hollarda zolim, qasoskor va dog`ulidirlar. Inson hayoti muqarrar o`lim bilan tugardi, xudolar esa umriboqiy bo`lib, o`z istaklarini amalga oshirishda chegara bilishmasdi, biroq baribir taqdir ilohalari – moyralardan o`tib, o`z qismatini hech kim o`zgartirolmasdi. Shunday qilib, umriboqiy ma’budlar qismatini ham foniy odamlar taqdiri bilan o`xshash deb bilardilar. Chunonchi, Gomerning “Iliada”sida qahramonlar Gektor va Axilles kurashning nihoyasi qanday bo`lishini Zevs ham hal qilishga haqli emas. U oltin tarozi pallalariga har ikkala qahramon taqdirini bilish uchun qur’a tashlaydi. Gektorning o`limini ko`rsatuvchi qur’a pastga tushadi, natijada Zevsning barcha ilohiy hukmi o`z suyuklisiga yordam berishga ojizlik qiladi. Zevsning istagiga zid ravishda taqdir taqozosiga muvofiq shavkatli Gektor Axilles nayzasidan halok bo`ladi. Qadimgi yunonlar hayotda yuz beradigan barcha mushkul hodisalarni bevosita idrok etishardi, binobarin, ularning asotirlari qahramonlari ham umidsizlikka tushganda va quvonganda o`sha dulvarlikni namoyon etadilar. Ular soddadil, oliyjanob va ayni zamonda dushmanlarga nisbatan beshafqatdirlar. Bu qadimgi real hayot va real insoniy siyratlarning aks etishidir. Xudolar va qahramonlar hayoti jasorat, g`alaba va iztirozblar bilan to`lib-toshgandir. O`zining sohibjamol ma’shuqi Adonisdan judo bo`lgan Afrodita g`amga botadi, zulmat saltanati xudosi Aid suyukli qizi Persefonani o`g`irlab ketganligi uchun Demetra azobda. Olimpdan odamlar uchun ilohiy olovni o`g`irlagani tufayli bahaybat qoyaga zanjirband qilingan va Zevsning burguti tomonidan iztirob tortayotgan titan Prometeyning azob-uqubatlari chidab bo`lmas darajada. Uchchala farzandi ham Apollon va Artemida kamon o`qlaridan halok bo`lgan Nioba g`am-alamdan hushi boshidan uchgan. Troya urushining eng jasur qahramonlaridan biri Agamemnon jang-jadaldan qaytgan zahotiyoq xotini Klitemnestra tomonidan xiyonatkorona o`ldiriladi. Qadimgi yunonlar hayotda yuz beradigan barcha mushkul hodisalarni bevosita idrok etishardi, binobarin, ularning asotirlari qahramonlari ham umidsizlikka tushganda va quvonganda o`sha dulvarlikni namoyon etadilar. Ular soddadil, oliyjanob va ayni zamonda dushmanlarga nisbatan beshafqatdirlar. Bu qadimgi real hayot va real insoniy siyratlarning aks etishidir. Xudolar va qahramonlar hayoti jasorat, g`alaba va iztirozblar bilan to`lib-toshgandir. O`zining sohibjamol ma’shuqi Adonisdan judo bo`lgan Afrodita g`amga botadi, zulmat saltanati xudosi Aid suyukli qizi Persefonani o`g`irlab ketganligi uchun Demetra azobda. Olimpdan odamlar uchun ilohiy olovni o`g`irlagani tufayli bahaybat qoyaga zanjirband qilingan va Zevsning burguti tomonidan iztirob tortayotgan titan Prometeyning azob-uqubatlari chidab bo`lmas darajada. Uchchala farzandi ham Apollon va Artemida kamon o`qlaridan halok bo`lgan Nioba g`am-alamdan hushi boshidan uchgan. Troya urushining eng jasur qahramonlaridan biri Agamemnon jang-jadaldan qaytgan zahotiyoq xotini Klitemnestra tomonidan xiyonatkorona o`ldiriladi. Yunonistonning eng buyuk qahramoni, odamlarga ularga hujum qilib, yerlarini payhon etgan bir talay bahaybat maxluqlardan xalos qilgan Gerakl bag`oyat dahshatli iztiroblar bilan gulxan ichida jonidan judo bo`ladi. Bilmasdan yo`l qo`ygan jinoyatlaridan talvasaga tushgan jafokash Edip shoh ikkala ko`zini o`yib, yunon zaminida qizi Antigona bilan hech joyda osoyish topmay sarson-sargardon kezadi. Shunday baxti qaro kishilar ko`pincha qachondir bobokalonlari yo`l qo`ygan jinoiy harakat tufayli jazoga mahkum etiladilar. Garchi buning hammasi oldindan, taqdirul azaldan shunga mahkum etlgan bo`lishsa-da, ular o`zlari ham sherik bo`lgan biror hodisa uchun xudolarning jazosini kutmasdan o`zlarini o`zlari jazolaydilar. Yunon miflarida kishilarga o`z oldidagi mas’uliyat hissi, yaqinlari va vatanga bo`lgan munosabati tuyg`ulari xosdir. Download 292.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling