Yakuniy tekshirish
Yakuniy tekshirishda o`quvchilarning bir necha hafta, chorak, yarim yil, yillik va shuningdek bir necha yillik bilimlari hisobga olinadi. Bunday tekshirishda ma`lum vaqtda o`zlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko`nikma va malakalarni hisobga olish ko`zda tutiladi. Masalan, kursning asosiy masalalarini esga tushirish, o`tilgan materialni qisqacha tavsif qilishga qaratilgan bo`lishi mumkin. Bunday tekshirishda o`quvchilar nimani takrorlash va qanday takrorlash haqida to`liq ma`lumot oladilar. Yakuniy tekshirishning vazifasi o`quvcnilarning ma`lum davrlardagi bilimini esga olish, qayta tiklash va sistemaga solishdir. Yakuniy tekshirishda bilimlar mustahkamlanadi, malaka va ko`nikmalar hosil bo`ladi. Shuningdek, bilim, ko`nikma va malakalar umumlashtiriladi. Bu tekshirishlar imtihon tusini oladi. Tekshirishning bu turlari og`zaki ko`rinishda va yozma nazorat ishlarda, amaliy mashg`ulotlarda, maxsus topshiriqlani bajarishda qo`llaniladi. Bu o`quvchilar bilimlarning sifatini, aqliy rivojini va ularning bundan keyingi o`qishga tayyorgarlik darajasini chuqur o`rganish imkonini beradi.
Savollar
Bilimlarni tekshirish va baholash qanday ahamiyatga ega?
Bilimlarni tekshirishga qanday talablar qo`yiladi?
3.O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tekshirishning turlari haqida ma’lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |