2. Bilishda ob’ekt va sub’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empiric, nazariy, mantiqiy va intuitive bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1632855
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Gipoteza – yangi dalillarning mohiyatini tushuntiruvchi qonun mavjudligi haqidagi asosli 
taxmindir. Gipoteza olimlar tomonidan ilmiy muammoning qo‘yilishiga sabab bo‘lgan ilmiy 
dalillarni taxminiy tushuntirish maqsadida ilgari suriladi. Gipoteza tekshiriladigan bo‘lishi lozim, 
u empirik tekshirish imkonini beruvchi oqibatlarga olib keladi. Agar bunday tekshirishning iloji 
bo‘lmasa, gipoteza ilmiy jihatdan asossiz hisoblanadi.
Gipoteza formal-mantiqiy qarama-qarshiliklardan xoli va ichki izchillikka ega bo‘lishi 
lozim. Gipotezani baholash mezonlaridan biri – uning mumkin qadar ko‘proq ilmiy dalildan kelib 
chiqadigan oqibatlarni tushuntirish qobiliyati. Biroq ilmiy muammoni qo‘yish bilan bog‘liq 
dalillarni tushuntiruvchi gipotezani ilmiy jihatdan asosli deb bo‘lmaydi.
Gipoteza ilgari ma'lum bo‘lmagan narsalar va hodisalarni, empirik tadqiqot jarayonida hali 
aniqlanmagan yangi ilmiy dalillarning paydo bo‘lishini bashorat qiladi. Gipoteza mumkin qadar 
sodda bo‘lishi lozim. U oz sonli asoslar bilan ko‘p sonli hodisalarni tushuntiradi. Unda ilmiy 
dalillarni va gipotezaning o‘zidan kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntirish zarurati bilan bog‘liq 
bo‘lmagan ortiqcha farazlar bo‘lmasligi kerak. Gipoteza qay darajada asosli bo‘lmasin, u 
nazariyaga aylanmaydi. Shu sababli ilmiy bilishning navbatdagi bosqichi – gipotezaning 
haqiqiyligini asoslash serqirra jarayon bo‘lib, mazkur gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlarning 
mumkin qadar ko‘prog‘i o‘z tasdig‘ini topishi lozimligini nazarda tutadi. Shu maqsadda kuzatish 
va eksperimentlar o‘tkaziladi, olingan yangi dalillar gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlar bilan 
taqqoslanadi. Empirik darajada qancha ko‘p oqibatlar o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lsa, ularning boshqa 
gipotezadan kelib chiqish ehtimoli shuncha kam bo‘ladi. Gipotezaning eng ishonarli tasdig‘i – 


empirik tadqiqot jarayonida gipotezada bashorat qilingan oqibatlarni tasdiqlovchi yangi ilmiy 
dalillarning aniqlanishidir. Shunday qilib, har tomonlama tekshirilgan va amalda o‘z tasdig‘ini 
topgan gipoteza nazariyaga aylanadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling