2. Bilishda ob’ekt va sub’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empiric, nazariy, mantiqiy va intuitive bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1632855
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Tamoyillar - asosiy nazariy bilim, ilmiy dalillarni tushuntirishda dasturilamal bo‘lib 
xizmat qiluvchi ustivor g‘oyalardir. Tamoyillar sifatida, jumladan, isbotlab bo‘lmaydigan va isbot 
talab qilmaydigan aksiomalar, postulatlar amal qilishi mumkin.
Kategoriyalar- borliqning eng muhim tomonlari, xossalari va munosabatlarini aks 
ettiruvchi umumiy tushunchalardir. Fan kategoriyalariga ham shunday ta'rif berish mumkin. 
Biroq, umumiy xususiyatga ega bo‘lgan falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq, fan kategoriyalari 
butun borliqning emas, balki borliqning muayyan parchasi xossalarini aks ettiradi.
Fan qonunlari hodisalar o‘rtasidagi zarur, muhim, barqaror, takrorlanuvchi munosabatlarni 
yoritadi. Bu hodisalarning amal qilishi va rivojlanishi qonunlari bo‘lishi mumkin. Tabiat, jamiyat 
va inson tafakkuri qonunlarini bilish – fanning muhim vazifasi. U o‘rganilayotgan hodisalarning 
tushunchalar va kategoriyalarda qayd etiladigan umumiy va muhim tomonlarini yoritishdan 
ularning barqaror, takrorlanuvchi, muhim va zarur aloqalarini aniqlashga qadar bo‘lgan yo‘lni 
bosib o‘tadi. Fan qonunlari va kategoriyalari tizimi uning paradigmasini tashkil etadi.
Paradigma fan tarixining muayyan davrida uning rivojlanishini belgilovchi barqaror 
tamoyillar, umumiy me'yorlar, qonunlar, nazariyalar va metodlar majmui. U butun ilmiy 
hamjamiyat tomonidan fanning muayyan darajasida yuzaga keluvchi vazifalarni qo‘yish va 
yechish usullarini belgilaydigan andoza sifatida tan olinadi. Paradigma tadqiqotchilik faoliyati
ilmiy eksperimentlarning natijalarini talqin qilishga yo‘l ko‘rsatadi, yangi dalillar va 
nazariyalarning bashorat qilinishini ta'minlaydi. U o‘ziga mos kelmaydigan konsepsiyalarni inkor 
etadi va tadqiqotchilik vazifalarini yechish uchun andoza bo‘lib xizmat qiladi. Paradigma 
tushunchasi bilish nazariyasiga amerikalik faylasuf T.Kun tomonidan kiritilgan. Uning fikricha, 
«normal fan»ga tegishli ilmiy paradigmaga tayangan holda muayyan vazifalarni yechish xosdir. 
Fan rivojlanishidagi normal davrlar inqiloblar bilan almashadi. Ular eski paradigma doirasiga 
sig‘maydigan hodisalarning kashf etilishi bilan bog‘liq. Natijada fanda inqiroz davri boshlanadi 


va u eski paradigma sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotishi va yangi paradigmaning yuzaga kelishi 
bilan yakunlanadi. Yangi paradigmaning qaror topishi fanda inqilob yasalishiga sabab bo‘ladi.
Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, 
chunki haqiqat ongdan, bilayotgan sub'ektdan tashqarida va undan qat'iy nazar mavjuddir. Haqiqat 
– bilimlarning ob'ektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in'ikosining 
natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab yetilgan tasdiqlovchi mulohazalar 
ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba'zan boshqa, 
yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma'noda haqiqat – bilish 
rivojlanishining yakuni va omilidir.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling