2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi: 100000 – gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900 – pedagogika va psixologiya


-pog’ona: Ko’rsatilgan tarzda qaytarish - taqlid (imitatsiya)


Download 1.94 Mb.
bet27/48
Sana09.05.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1447967
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
Bog'liq
portal.guldu.uz- X A L Q P E D A G O G I K A S I.

3-pog’ona: Ko’rsatilgan tarzda qaytarish - taqlid (imitatsiya). Endi esa talabalarning har biri amaliyot o’qituvchisining harakatlarini u ko’rsatgan tarzda qaytarishlari kerak. Talabalar ishlayotgan paytda amaliyot o’qituvchisi o’z fikrini bildiradi, yaxshi ishni maqtab yomon ishni tanqid qiladi va nima qilishni yana bir marta ko’rsatadi.
Hamma talabalar ish jarayonini tushunganligini ko’rganidan keyin amaliyot o’qituvchisi mashq qilishni boshlashga belgi beradi.
4-chi pog’ona: Mashq qilish. talabalar doimiy takrorlash orqali instrument va uskunalarda ish jarayonlarini mashq qilishlari uchun amaliyot o’qituvchisi ularga etarlicha xom ashyolar berib qo’yadi.
Har bir o’quvchi o’zi ishlaydi va bir xil ishlash usullarini qo’llaydi.
Agar ish natijalarining sifati maqbul natija standartiga (oldindan belgilangan sifat mezonlariga - aniq maqsadlarga) javob bersa ish tugatilishi mumkin. Amaliyot o’qituvchisi bu erda nazoratchi vazifasini bajaradi.
Eslatma:
1-2 - bosqich davomida amaliyot o’qituvchisi talabalarda dastlabki bilimlar bor yoki yo’qligini aniqlashi mumkin. Agar dastlabki bilimlar darajasi etarlicha bo’lmasa bu holda u nazariy dars o’tkazishi kerak.
Didaktik va mashq materialarini tayyorlab qo’yish. 4 pog’ona usuli ko’p va katta tayyorgarliklar ko’rishni talab qilmaydi ya’ni juda oz vositalar bilan ham ishlash mumkin.
Didaktik va mashq materiallar sifatida odatda asl (original) ish hujjatlari ishlatiladi masalan texnik chizmalar yoki biror elektrosxema ish bosqichlari va izohlar ko’rsatilgan jadval shaklidagi ish rejasi hamda kontrol varag’i unda o’quvchining natijasi yozib qo’yiladi. Maslahat: chizmalarni plyonkaga chiqarilmaydigan qilib solib qo’ygan yaxshi va talabalarga ko’rish uchun berish kerak. Ish rejasini esa shaxsiy mehnat vositasi sifatida har bir o’quvchi o’zi to’ldirishi kerak. Bu maqsadda amaliyot o’qituvchisi tegishli formulani tayyorlaydi va o’quvchilarga to’ldirish uchun tarqatadi.






Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling