2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi: 100000 – gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900 – pedagogika va psixologiya
Yaponiyada ta’lim-tarbiya muammolari
Download 1.94 Mb.
|
portal.guldu.uz- X A L Q P E D A G O G I K A S I.
2. Yaponiyada ta’lim-tarbiya muammolari.
Yaponiya qonunchiligiga binoan barcha bolalardan 6 yillik boshlang’ich maktabni va 3 yillik o’rta maktab quyi bosqichini tugatish talab etiladi. Davlatga qarashli maktablarda ushbu 9 yillik ta’lim jarayoni bepul amalga oshiriladi. Boshlang’ich ta’lim xamda o’rta maktabning quyi bosqichi barcha 6 yoshdai 14 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab oladi. Yapon bolalarining deyarli barchasi majburiy ta’lim tarbiyalariga ko’ra o’rta maktabning quyi bosqichini tamomlaydilar. Shu tufayli yapon kattalarining (15 yosh va undan katta bo’lganlarning) barchasi savodxon. Boshqa mamlakatlardan farqli ravishda Yaponiya maktablarida o’qish 1 apreldan boshlanib, kelasi yilning 31 martida nixoyasiga;etadi. Boshlang’ich va o’rta maktabning quyi bosqichida o’quv yili 3 semestrga bo’linadi: aprel-iyul, sentyabr-dekabr, yanvar-mart. Ushbu ta’lim bozqichlarida bolalarga san’at, uy ishlari, yapon tili, matematika, etika, mo’zika, jismoniy tarbiya, ijtimoiy fanlar o’qitiladi. Ayniqsa, ingliz va boshqa xorijiy tillarni o’rganishga katta e’tibor beriladi. O’quvchilar yapon tilida yozishni va yapon yozuvini o’rganishga ko’p vaqt sarflaydilar. Chunki yapon tili ancha murakkab va qiyin. Janubiy Koreya qonunga ko’ra barcha bolalar boshlang’ich maktablarini bitirishi shart. Bu erda ular 6 yil ta’lim olishlari shart. O’rta maktab esa Janubiy Koreyada ixtiyoriydir. U ikki bozqichda: quyi o’rta sinflarda xamda yuqori o’rta sinflarda amalga oshiriladi. Boshlang’ich ta’lim olgach, bola dastlab quyi o’rta maktabga (7-9 sinflar davomida) so’ngra yuqori o’rta maktabga,(10-12-sinflar davomida) borishlari mumkin. Ota-onalar bolalar ta’limi uchun davlatga qarashli o’rta maktablarga xam, xo’zuiy o’rta maktablarga xam pul to’lashlari shart. Shunday bo’lsada, 12-17 yoshdagi bolalarning 80% o’rta maktablarga boradilar. Yoshlarni ishlab chiqarishga ta’minlaydigan texnik ta’lim o’rta maktabdayoq boshlanadi. Shimoliy Koreyada 1 ta universitet- Kim Sang 2 universiteti (Pxenyan shaxrida joylashgan) va 200 dan ortiq maxsus kollejlarga ega. Xar bir kollej maxsus soxa mutaxassislarini (qishloq xo’jaligi, muxandisliq tibbiyot) etishtirib boradi. Davlat kattalarining kechki ta’limini, fabrika va zavodlardagi ta’lim kurslarini mablag’ bilan ta’minlaydn. Janubiy Koreyaga malaka oshirish maqsadida borgan respublikamiz ta’lim xodimdari SIVAT KOMA markazida ta’lim tizimi, sanoat elektronika, qishloq xayoti bilan bog’liq mashg’ulotlarda ishtirok etishdi. SIVAT kasb-xunar ta’limi va ilg’or texnologiyalar instituti negizida tashkil etilgan. U asozan Tinch okeani mintaqasidagi Osiyo davlatlari mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlashga xizmat qiladi. Shuningdeq institutda Afrika qit’asi mamlakatlari mutaxassislari xam asozan mashinasozliq informatika, elektronika, sanoat qurilishi kabi ko’plab ixtisozliklar bo’yicha malaka oshiradilar. Xozircha markazda 86 mamlakatdan 1700 nafardan ziyod kishi malaka oshirgan. Savollar. 1.Osiyo davlatlaridagi ta’lim-tarbiya borasidagi fikr muloxazalaringiz. 2. 0siyo davlatlaridagi savodsizlik muammolari. 3.Yaponiyada ta’lim-tarbiya muammolari. 4.Shimoliy va Janubiy Koreyadagi ta’lim tizimlarini tushuntiring Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling