2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi: 100000 – gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900 – pedagogika va psixologiya
Download 1.94 Mb.
|
portal.guldu.uz- X A L Q P E D A G O G I K A S I.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daniya ta’lim tizimi
- 3 .Belgiya va Shve ts iya davlatlarining ta’lim muammolari, ularning xal etilishi. Belgiya.
- ShVETsIYa OLIY O’QUV YuRTLARI
- AQSh ta’lim tizimi
Norvegiya ta’lim tizimi
Dastlabki maktablar 12 - asr boshlarida ochilgan. 1848 yili 7 yoshdan 13—14 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majburiy ta’lim joriy etildi, 1968 y. 16 yoshgacha etkazildi. Hozirgi ta’lim tizimi maktabgacha tarbiya muassasalari, 6 yillik kichik va 3 yilik yuqori majburiy maktablar, o’rta umumiy ta’lim maktabi — gimnaziyalar, hunar - texnika va o’rta maxsus o’quv yurtlarini o’z ichiga oladi. Oslo, Bergen, Tronxeym, Tromsyodagi universitetlar va 10 ta institut oliy ta’lim beradi. Daniya ta’lim tizimi Daniya ta’lim tizimining ilk bo’g’ini‒bolalar bog’chalari. 6 yoshdan bolalar uchun 9 yillik majburiy ta’lim joriy etilgan. Boshlang’ich maktablarda o’qish muddati 7 yil, kichik o’rta (real) maktablarda 3 yil, yuqori o’rta maktab (gimnaziya)larda 3 yil, hunar-texnika bilim yurtlarida 1‒3 yil. 5 ta universitet, 3 texnika universiteti, 20 ga yaqin institut va kollejlarda oliy ma’lumot beriladi. Yirik oliy o’quv yurtlari: Kopengagen (1479 yilda asos solingan) va Orxus (1928 yilda asos solingan) universitetlari, Daniya muhandislik akademiyasi, Kopengagen texnika universiteti. 3.Belgiya va Shvetsiya davlatlarining ta’lim muammolari, ularning xal etilishi. Belgiya. Deyarli barcha katta belgiyaliklar yozishni va o’qishni biladi. Mamlakatda 2 xil o’quv tizimi bor: davlat tomonidan na diniY tashkilotlar tomonidan tashkil kilingan maktablar Davlat xar ikkala tisim ta’lim muassasalarini mablag bilan ta’minlaydi.Qonunga ko’ra 6 yoshdan 18 yoshgacha barcha bolalar ta’lim olishlari shart. Deyarli barcha ota-onalar o’z farsandlarini yasli va bogchalarga beradilar.6 yoshdan 1 1 yoshgacha bolalar boshlang’ich maktabda ta’lim oladilar 1970 Yilga kddar o’quvchilar boshlang’ich maktabdan sung biror kasbiy yoki o’rta maktabga boradilar. Biroq 1970 yilda kabul kilingan karorga ko’ra bolalarning barchasi fakat to’lik o’rta maktablarga borish lozim deb ko’rsatildi. Bunday maktablarda o’quvchilarga xam umumiy bilimlar, xam kasbiy yo’nalish berilar edi. 1979 yilga kelib yangi maktablar avvalgi tizim muassasalarining o’rnini to’lik egalladi. Ammo ayrim mustakil maktablarda avvalgi tizim xususiyatlari saqlanib kelmoqda. Belgiyada boshlang’ich ta’lim olgach 11 yoshdan 18 yoshgacha bulgan davrda umumiy ta’lim beriladi. O’quvchilar o’zlari kaysi fanga kiziksalar, o’sha fandan ko’prok ta’lim oladilar. Ular o’z xoxishiga ko’ra dars jadvalini tuzishadi. O’qish bilan birgalikda albatta xunar urganadilar. Bu degani agar ba’zi bir o’quvchilar o’qishni davom ettirishni xoxlamasa, maktabni tugatgandan sung zavod va fabrikalarda texnik mutaxassis bulib ishlashlari mumkin. Shanba va yakshanba belgiyalik o’quvchilar uchun dam olish kunlari. Bu kunlarda o’quvchilar turli sport klublariga borishadi, musobaka va bellashuvlar uyushtiriladi. Shuningdeq yaqinlari va dsttlari davrasida buladilar. Yana bolalar uchun «Saodat» tashkiloti mavjud bulib, unda xar bir bola o’zi kisikdan Yo’nalishli guruxga a’so buladi. Masalan geografiya, biologiya astranomiyaga nunaltiril gan guruxlar yoshlarni birlashtirgan xolda ish olib boradi. Bu tashkilot faoliyati shunday kisikarliki, aslida 18 yoshgacha bulganlar a’so buladilar-da, undan yukori yo’shdagilar xam ixtiyoriy ravishda bu tashkilotlarda ish olib boradilar.Belgiyada oliy ta’lim universitetlarda amalga oshiriladi. Mamlakatda 4 ta davlat univesiteti va 4 ta xususiy universitet mavjud. Shvetsiya-Shimoliy Evropadagi industrial tarakkiy etgan mamlakatdir. Shvetsiya xukumati talabiga ko’ra 7-16 yoshdagi barcha bolalar maktabga katnashlari shart. Boshlang’ich va o’rta ta’lim bepul amalga oshiriladi. Xukumat, shuningdeq barcha universitetlarni boshkarib boradi.Kupchilik bolalar 7 yoshga bog’chalarga boradilar. Xukumat bog’chalarni xam kullab-kuvvatlaydi, ammo ularga katnashni talab etmaydi.Boshlang’ich maktablar Shvetsiyada «grandashola» deb yuritiladi. Ular kuyi va yukori bosqichlarga bulinadi. Kuyi bosqich o’z navbatida yana 2 bosqichga ajratiladi. Birinchi bosqich 1-3 sinflarni, ikkinchi bosqich 4-6 sinflarni kamrab oladi. Yukori bosqich 7-9 sinflarni kamrab olib, 7-8 sinflardan o’quvchilar o’zlari uchun kerak fanlarnn tanlay boshlaydilar. Kupchilik o’quvchilar keyinchalik umumiy ta’limni davom ettiradilar. Ba’zilar uy xujaligi yoki ishlab chikarish tsexlarida kerak bilimlarni urganishadi. Ba’zi bolalar tilshunoslik, texnologiya yoki iqtisodiyot buyicha bilim beriladigan maxsus kurslarni tanlaydilar. 4-7 sinflarda barcha bolalardan ingliz tilini urganish talab kilinadi. 90% o’quvchilar keyin xam xorijiy tilni urganishni davom ettiradilar. Grandasholani tugatgach, bolalar o’rta maktabga borishlari mumkin. 1966 yildan buyon mamlakatda 3 turdagi o’rta maktablar mavjud, uch yillik oliy o’rta maktablarda o’quvchilar universitetga tayyorlanadi. Ikki-uch yillik davom ettiruvchi maktablarda ijtimoiy, ixtisodiy va texnik fanlardan bilim beriladi. (kasbiy o’rta maktablarda kunduzgi va kechki bulimlar mavjud bulib, ularda ishlab chikarish, iqtisodiyot asoslaridan bilim beriladi. Shvetsiyada 6 ta universitet mavjud. Shvetsiya oliy o’quv yurtlari azaldan o’zining yukori sifatli bilim dargoxlari ekanligi bilan mashxur. Ularda ta’lim bepul amalga oshiriladi. Bugungi kunda Shvetsiya oliy o’quv yurtlari xorijlik talabalarga ochik ekanligi bilan juda mashxur. ShVETsIYa OLIY O’QUV YuRTLARI Yaqin vaktlargacha Skandinaviya universitetlari unchalik ommaviylashmagan edi. Mamlakat tili xam jaxon mikyosida u kadar katta mavqega ega emas edi. Ammo keyingi 10 yil ichida Shimoliy Evropa, xususan Shvetsiya oliy o’quv yurtlarida boshka mamlakatlardan talabalarni kuprok jalb qilish xarakati boshlandi. Chet ellik talabalar uchun maxsus stipendiyalar joriy kilgan, ingliz va shved tilini bepul urganish va imtixon topshirish mumkin. Shved oliy ta’limida ikkita musbat jixat bor. 1.An’anaviy oliy sifat. Mamlakat tabiatining betakror go’zalligi etuk mutaxassis, menedjer, olim, muxandislar tayyorlashga xam sharoit tugdiradi. 2.Bu erda barcha talabalar kaysi millatga mansubligidan kat’iy nazar tekin bilim oladilar. Shunday kilib Shvetsiya oliy o’quv yurtlarida bir kadam olga siljish boshlandi. Shvetsiya Universitetlarida o’qishni istagan abiturientlar Internet orkali o’zi xoxlagan oliy o’quv yurtining xalkaro bulimiga murojaat kiladi. Chet elliklar shvedlar bilan umumiy tartib koidalar asosida tanlovdan utishadi. Avval, undan bazaviy ma’lumotlardan xabardorligi talab kilinadi. Ya’ni u o’ziga yaratiladigan gamxurliklar xakida biladimi? Kabul bir yilda 2 marta buladi. 5 oylik mustakil kurslar uchun kuzgi semestrga joriy yilning 15 apreli, baxorgi semestri 15 oktyabrga kadar xujjat topshiriladi. U o’rta maktabni, kiska muddatli kurslar, bakalavrlikni tugatganligi xamda ma’lumotnoma yoki diplom nusxasi abiturientdan talab kilinadigan asosiy xujjatlardir. Unga esa o’z mamlakatining biror pedagogi bergan tavsiyanoma xam kushib topshiriladi. Uni qiziktirgan fakultet elektron pochtaga ulanganligi sababli abiturientdan bu xaqidagi referat xam ingliz tilida talab kilinadi. Umuman, xar kanday mamlakat talabasi bu erda talim olishdan avval xech bulmaganda bir yil o’z yurtida taxsil olgani ma’kul. Maktabni tamomlab, birdan Shvetsiyaga kelib kolgan chet el fukarosi ancha kiynalib koladi. Shvetsiya Universitetlariga ariza yo’llagan talaba ta’limni tekin olsada, u turar joy masalasini o’zi xal kiladi. Talaba 750$ stipendiya oladi. Shuniig 3G’1 kismini turar joyga taksimlaydi. Stokgolm va Edborg shaxarlarida boshpana topish katta baxt xisoblanadi. Talabalar 10-5 kishi foydalanishga mo’ljallangan yotokxonalarga xam joylashishi mumkin. Shvetsiyada bilim olishni xoxlovchilarga kelishi bilan kredit kartochkasi beriladi. Stokgolm va Geterborg Universitetlariga kelib, fundamental fanlar bilan shugullanishni istasa, uning amaliy tadkikotlari, keyinchalik oliy kirollik texnika, Chalmersov maktablarida davom etadi. Gumanitar soxa mutaxassislariga Uppsal va Lund Universitetlari xizmat kiladi. Stokgolm Universitetlari bilan teng obro’da yuradigan Sedertorn oliy maktabi xam borki, u poytaxtga yakin joyda joylashgan. Maktab 1996 yilda o’zining ilk talabalarini kabul kilgan edi. Shvetsiyada ta’lim va biznes dunyo qonuniyatlariga kup xam mos tushavermaydi. Stokgolm iqtisod maktabi Evropa mamlakatlarida yukori nufuzga ega. Maktabning Riga va Peterburgda filiallari mavjud. Ta’lim uslublari Germaniya, Daniya, Finlyandiyanikiga uxshash. Ingliz millatiga mansublar bu erda kuprok; Avstraliyaliklar, Yangi Zellandiyaliklar xam kam emas. Sharkiy Evropa fukarolari xam kam emas, etarli. MDX. davlatlaridan borib taxsil olayotganlar nisbatan kam. Lotin Amerikasi, Yaponiya, Xitoy davlati vakillari xam uchraydi. Ta’lim olish uchun Shvetsiyaga eng kam fukaro keladigan mamlakat bu Arabiston va Afrikadir. GERMANIYa
Frantsiya
Savollar. 1.Evropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya muammolar haqida Umumiy xarakteristika bering. 2.Germaniya va Frantsiya davlatlarining ta’lim tizimi, uning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat. 3.Belgiya va Shvetsiya davlatlarining ta’lim muammolari. 7 - MAVZU: AQSh ta’lim tizimi Amerika Qo’shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha: - bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari; - 1- 8 - sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar); - 9 – 12 - sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat. Amerika Qo’shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo’lib u 2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlar va boshqa oliy o’quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir. AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o’quv yurtlari davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin. Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug’ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki davlat bog’chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog’chalari kichik va bu tizim kam rivojlangan. Enaga yollash bir haftada 200 dollarga tushadi. Bolalarda yagona bir dastur mavjud emas. Kerak bo’luvchi hamma jihozlar va kunlik ovqatni ota-onalarning o’zi olib keladi. 5 yoshdan esa «Kinder garde» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang’ich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang’ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo’naltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko’chish o’quvchining o’zlashtirganlik darajasiga bog’liq. Boshlang’ich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to’garaklar, uchrashuvlar, shoular va sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga haq to’lash lozim. O’rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat. 9 - sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o’rta maktabga qabul qilinadi. O’rta maktablarda to’rt yo’nalishda kasb-hunar asoslari berib boriladi. 1 - kasb-hunar ta’limi, 2 - biznes ta’limi, 3 - savdo va sanoat ta’limi hamda 4-qurilish ta’limi. Oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi. 1-kichik mutaxassis - 2 yillik kollejlarda amalga oshiriladi. 2-bakalavr 4 yillik kollejlarda , 4 yillik kollej yoki dorifununni tugatgan 3-bosqichni davom ettirishi mumkin. Bu 1-2 yillik magistr maktabi. 4 –bosqich esa aspirantura, doktorantura. Maktablarda ta’lim televidiniesi, elektron til laboratoriyasi, videoapparatura kompyuter va hokazolarni qo’llash yo’lga qo’yilgan. Maktablar ta’til vaqtida ham ishlab turadi. To’garaklarda qayta tayyorlash ishlari olib boriladi. Oliy ta’limda ikki yo’nalish mavjud: 1-ta’limni individuallashtirish; 2-talabaning mustaqil ishlashini amalga oshirish. O’qituvchi yo’naltiruvchi rol o’ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq qildirish mantiqiy fikrlashga o’rgatishdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki AQSh o’rta maktablarida o’z o’quvchilariga uch yo’nalishda: akademik kasb-hunar, umumiy yo’nalishlarda bilim beradilar. Ayni paytda o’quvchilarga to’rt yo’nalishda: qishloq xo’jaligi biznes ta’limi savdo va sanoat qurilish bo’yicha hunar, kasb-kor asoslari o’rgatiladi. AQShda har bir o’quvchiga fanlar bo’yicha olgan bilimlari jamlangan attestatlar beriladi. Kollejlarda o’qish istagida hujjat topshirgan o’qituvchilar yuqori o’rta maktabning so’nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan o’tkaziladi. O’g’il- qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati ham aniqlanadi. Maktablarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan vositalar elektron yozuv apparatlari (kalligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar) ta’lim televideniesi, qo’lda ko’tarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat. XXI asr arafasida AQSh yangi qabul qilingan «2000-yilda Amerika ta’lim strategiyasi» dasturi e’lon qilindi. Turli yo’nalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 2000-yilda barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari: aholining 90 foizi oliy ma’lumotli bo’lishi o’quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo’yicha jahonga o’z iqtidorlarini namoyish eta olishlari; talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o’zlashtirishda jahonda eng oldingi o’rinlarga chiqishlari; har bir voyaga etmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo’lishlari; maktablarda giyohvandlik va zo’ravonlikka barham berish o’qish uchun barcha shart-sharoitlar yaratish ko’zda tutilgan. Bu AQSh ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi muhim dasturdir. Oliy o’quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha AQSh jahon mamlakatlari orasida etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Bu mamlakatda ilmiy izlanishlar uchun ajratilgan mablag’ning 48 foizini davlat tomonidan 50 foizini firma kontsern sindikatlardan undiriladi, qolganlarini oliy o’quv yurtlarining manbalari tashkil qilindi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling