2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi: 100000 – gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900 – pedagogika va psixologiya


Download 1.94 Mb.
bet28/48
Sana09.05.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1447967
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Bog'liq
portal.guldu.uz- X A L Q P E D A G O G I K A S I.

Ҳужжат

Назорат варағи

Nazorat yoki baholash varag’i ham formula shaklida bo’lishi kerak natijalarning isboti sifatida mashqlar tugaganidan keyin o’zida saqlab qoladi.


Qo’shimcha ravishda talabalarga tarqatma materiallar (tarqatmalar) berilishi mumkin. Tarqatmalar - darsliklar yoki ekspluatatsiya bo’yicha instruktsiyalardan olingan qisqa ma’lumotlar (ekstraktlar) bo’lishi mumkin.
Mashq materiallari deb amaliy bajarish paytida kerakli xom-ashyolar chiqim materiallari va yordamchi materiallar ataladi. Ular kasb-hunarga bevosita bog’liq bo’lib ta’lim beruvchi korxonaning (firmaning) mahsulotlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Kerakli mashq materiallarini amaliyot o’qituvchisi odatda bir yil oldindan rejalashtiradi. Hisob asosini tashkil qiladigan ma’lumotlar: bir yilda ta’lim oladigan talabalar soni bir yilda o’tkaziladigan mashqlar soni va buning uchun kerakli xom-ashyo chiqim va yordamchi materiallar miqdori.
Juda oddiy misol:
Egovlash mashqlari uchun 40mmx40mmx100mm xajmidagi to’rt qirrali po’lat ko’zda tutilgan. Yil davomida taxminan 30 o’quvchi shu mashqni qilishadi.
Demak bu yil uchun 3 metr po’lat kerak bo’ladi (30 kishi x 100 mm).
Bunday rejalarni tuzish uchun amaliyot o’qituvchisi shunday bir hujjatni ishlab chiqarishi kerakki, unda quyidagi indikatorlar (ma’lumotlar) bo’lishi kerak:

  • barcha kurslar davomida o’tkaziladigan mashqlar ro’yxati (nomi va soni);

  • biror texnik chizma mavjudligi ;

  • bu mashqlar bo’yicha xom hajmlar ko’rsatgichlari (har bir narsaning tayyor hajmi plyus chiqimi);

  • zarur bo’ladigan instrumentlar tekshirish va o’lchash instrumentlari yordamchi vositalar asbob-uskunalar to’g’risida ma’lumotlar;

  • ko’nikmalar va taxminan qancha vaqt ketishi to’g’risida ma’lumotlar.

Rejalashtirishda e’tibor berish kerak bo’lgan keyingi narsa - bu instrumentlar eyilishi. Buni inobatga olish lozim negaki amaliyot o’qituvchisi qachon va qanday miqdorda instrumentlar almashishi kerak bo’lishini bilishi zarur.
Tayyorlab qo’yiladigan instrumentlarni biz ikki turga bo’lamiz:

  • ustaxonada umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan instrumentlar (masalan qimmatbaho o’lchash vositalari kamdan-kam ishlatiladigan maxsus instrumentlar),

  • ish o’rnida individual foydalanish uchun mo’ljallangan instrumentlar (o’quvchiga berib qo’yiladi),

  • asbob-uskunalarga taalluqli instrumentlar

  • amaliyot o’qituvchisining instrumentlari va hokazo.

Har bir o’quvchida o’zining individual instrumentlari bo’lsa, faqat shundagina hamma o’quvchilar mashqlarni bir vaqtda bajarishlari mumkin.
Agar buni ilojisi bo’lmasa, boshqa tashkiliy echimlar topilishi kerak masalan instrumentlarni galma-gal ishlatilishi mashqlar almashinishi va boshqa echimlar.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling