2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi: 100000 – gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900 – pedagogika va psixologiya


Download 1.94 Mb.
bet37/48
Sana09.05.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1447967
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Bog'liq
portal.guldu.uz- X A L Q P E D A G O G I K A S I.

Vebinar metodi
Vebinar usulida dars seminar yoki konferentsiya Internet orqali bir vaqtda hozir bo’lgan talabalar bilan audio video (va avvalgi postlarda sanab o’tilgan ko’plab interaktiv imkoniyatlar) bilan jonli olib borilib ushbu dars keyingi foydalanishlar uchun yozib olinishi mumkin bo’lsa-da butun o’quv yoki kurs jarayonidagi darslar yagona platforma doirasida o’zaro uzviy bog’lanmaydi ya’ni alohida-alohida bir martalik darslar bo’ladi deyish mumkin.
Muammoli o’qitish metodining tuzilmasi



Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo echimini topishga yordam beruvchi yo’nalishlar ko’rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda echimning qandaydir parametrlari ko’rsatilsa u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma’lum muammoni demak muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq yuqorida ta’kidlanganidek barcha muammoli vaziyat muammo bo’la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal etadi. Agar uning oldida muammo paydo bo’lsa uni muammoli masalaga aylantiradi ya’ni uning echimi uchun o’zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko’rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko’rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo’yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.


Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:



O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi

-muammoli topshiriqlarni loyihalash



Evristik o’qitish metodi.
Evristik o’qitish metodini qo’llashda o’qituvchi o’quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo’lgan masalani aniqlab oladi. O’quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o’zlashtirib oladilar va uning echimi bo’yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O’rnatilgan masalani echish davomida o’quvchilar ilmiy bilish metodlarini o’zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko’nikmasi tajribasini egallaydilar.
Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o’qitish metodini qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • o’quvchilarga o’quv muammosini taklif etish;

  • o’quvchilar bilan hamkorlikda tadqiqot masalasini o’rnatish;

  • o’quvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil etish




  • o’quv muammolari mohiyatini anglab olish;

  • tadqiqot muammosini o’qituvchi va o’quvchilar bilan birgalikda o’rnatishda faollik ko’rsatish;

  • ularni echish usullarini topish;

  • tadqiqiy masalalarni echish usullarini o’zlashtirish

Evristik metodi o’qituvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko’nikma va malakalariga ega bo’lishni taqozo etadi. Buning natijasida o’quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o’zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o’quvchilarining o’zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo’llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang’ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o’qituvchilarning fikrlariga ko’ra bir muncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo’naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo’naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo’nalishdagi loyihalarni tayyorlash o’ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Shunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. Shuningdek buyuk didakt I.Ya.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan.





Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling