2 bob: akademik ibrohim mo‘minov mo‘minovichning faoliyati va ijod yo’LI. Falsafiy maktabi
Download 44.77 Kb.
|
AKADEMIK IBROHIM MO\'MINOVNING FALSAFIY MAKTABI
Fanda erishilgan yutuqlar
Kafedra ilk faoliyatini boshlaganda universitetda faqat 2 ta fandan – etika hamda estetika fanlaridan mashg‘ulotlar olib borgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib unda professor-o‘qituvchilari tomonidan bakalavr ta’lim yo‘nalishida 10 ta, magistratura mutaxassisliklarida esa 13 ta predmetdan dars olib borilmoqda. Falsafa fakulteti rahbariyati va kafedramiz professor-o‘qituvchilarining sa’y harakati bilan bakalavr ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlarning soni va ko‘lami yanada kengaydi. Keyingi yillarda Tarix fakultetining bakalavr ta’lim yo‘nalishida «Muomala madaniyati», Falsafa fakultetining bakalavr ta’lim yo`nalishlarida «San’at falsafasi», «San’atning ma’naviy asoslari», «O‘qituvchi nutq madaniyati», «Notiqlik san’ati», «Axloq falsafasi» «Nafosat falsafasi» fanlaridan, magistratura mutaxassisliklarida «Etiket», «Bioetika», «Axloqshunoslik va estetika tarihi», «Etika va estetikaning nazariy asoslari», «Axloqiy va estetik madaniyat» «Boshqaruv etikasi», «Atrof muhit, dizayn va texnika estetikasi», «Milliy axloqiy estetik qadriyatlar», «Amaliy etika va etiket», «Tasavvuf axloqshunosligi», «Etika va estetika fanlarini o‘qitish metodikasi» kabi yangi, zamonaviy fanlarni o‘qitishga asos solindi. Shuningdek, Falsafa fakulteti falsafa ta’lim yo‘nalishi 2 kurs talabalari uchun «Axloq falsafasi», 3-kurs talabalari uchun «Nafosat falsafasi» fanlaridan kurs ishi joriy etildiki, bu talabalar tomonidan fanni o‘zlashtirishda, ilmga bo‘lgan munosabatda ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi. O‘qitilayotgan fanlardan darslarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘tilishga katta e’tibor qaratildi. Kafedraning barcha a’zolari oxirgi uch yilda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha malaka oshirdilar. Buning natijasi o‘laroq, «Etika», «Estetika», «Nafosat falsafasi», «Axloq falsafasi», «Notiqlik san’ati» kabi fanlarda zamonaviy pedagogik texnologiyaning «Klaster», «Aqliy hujum», «Matbuot konferentsiyasi», «FSMU», «Skorobey», «Guruhlar bilan ishlar» singari metodlardan samarali foydalanilmoqda. Shuningdek, Falsafa fakulteti Falsafa bo‘limi bakalvr ta’lim yo‘nalishi talabalariga dotsent Abdulla Sher tomonidan «Axloq falsafasi» fanidan akademik esselar yozish joriy qilindi. Bu esa talabaning mustaqil fikrlashga, muammo obektini ilmiy talqin etishga, badiiy tafakkurini o‘stirishga, tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni teran idrok qilishida o‘zining samarali natijalarni bermoqda. Kafedraning talabalar bilan olib boradigan faoliyati keng tarmoqlidir. Bu faoliyat o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ko‘lami bilan belgilanadi. Garchand, kafedra, bakalar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilar tayyorlaydigan kafedra bo‘lmasa-da, talabalarning istaklariga ko‘ra, har yili kafedra professor-o‘qituvchilari 20 dan ziyod Malakaviy ishlarga rahbarlik qiladilar. Ayniqsa, kafedrada professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan fanlarning mazmuni bevosita ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga tegishli bo‘lganligi, shuningdek, kafedraning yetakchi professor- o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlari san’at, adabiyot, madaniyat, ma’naviyat sohalariga tegishli bo‘lganligi bois olib boriladigan ma’rifiy ishlar muhim ahamiyatga ega. Jumladan, dotsent La’lixon Muhammadjonova O‘zMU Hotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida barcha ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkilotchisi va faol ishtirokchisidir. Professor erkin Umarov «O‘zbekteatr» ijodiy uyushmasi a’zosi sifatida Universitetdagi «Nihol», «Hazina» festivallaridagi sahna ko‘rinishlari bo‘yicha o‘zining amaliy maslahatini berib keladi. Katta o‘qituvchi Dilbar Qodirova O‘zbekiston Respublikasi Bastakorlar uyushmasi a’zosi sifatida Universitetda va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan «O‘zbekiston Vatanim-manim» qo‘shiqlar ko‘rik tanloviga talabalarni saralash va tayyorlash ishlarida yaqindan ko‘mak berib keladi. Dotsent Abdulla Sher O‘zbekiston Yozuvchilar va jurnalistlar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir sifatida, Universitet talabalari bilan ijodkorlarning qator uchrashuvlarini o‘tkazib kelmoqda. Katta o‘qituvchi Nilufar Agzamova kurs murabbiysi va ustoz sifatida talabalarga to‘g‘ri yo`llanma berishda, hayot yo`llarini to‘g‘ri belgilashda o‘zlarining qimatli maslahatlari yordam bermoqda. Bundan tashqari, kafedra professor-o‘qituvchilarining ma’naviy-axloqiy mavzularga doira chop etgan ilmiy ishlari ham salmoqlidir. Xususan, prof.essor e.Umarovning «Til va nutq qiyofasi», falsafa fanlari nomzodi B.Husanovning «O‘zMUda ma’naviyat kunlarini o‘tkazish: tajriba va muammolar», dotsent L.Muhammadjonovaning «Oila ma’naviyati – jamiyat ko‘zgusi», katta o‘qituvchi N.Agzamovaning «Yoshlarni bag‘rikenglik g‘oyalari asosida tarbiyalashda musiqa san’atining o‘rni» mavzularidagi ilmiy ishlari ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida o‘zining muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan alohida o‘ringa ega. Ilmiy-tadqiqot ishlari estetik tafakkur tarixi, estetikaning umumnazariy masalalari, zamonaviy estetikaning global muammolariga doir mavzular yo‘nalishida tadqiq qilinadi. Bugungi kungacha aspirantlarimiz, doktorantlarimiz va tadqiqotchilarimiz tomonidan estetika va uning tarmoq sohalari, axloq va uning zamonaviy ta’limotlari, madaniyat va uning umuminsoniy tamoyillari bilan uzviylikda bir qator tadqiqot ishlari amalga oshirildi va dissertatsiyalar himoya qilindi. 2020 yilda kafedra qoshida 5A 120501 Falsafa (soha turlari) mutaxassisligi ochildi Etika va Estetika kafedrasida 20 ta magistr taxsil olmoqda. Kafedradagi magistratura – ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasi malakasi, madaniy ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish asosida shakllantirilgan. Download 44.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling