2 bob: akademik ibrohim mo‘minov mo‘minovichning faoliyati va ijod yo’LI. Falsafiy maktabi
Download 44.77 Kb.
|
AKADEMIK IBROHIM MO\'MINOVNING FALSAFIY MAKTABI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi mavzusining maqsad va vazifalari
- I BOB: AKADEMIK MO‘MINOV IBROHIM MO‘MINOVICH. 1.1 Mo‘minov Ibrohim Mo‘minovich haqida ma’lumot.
Mavzuning dolzarbligi: Kurs ishi mavzusining dolzarbligi shundan iboratki, falsafa fani rivojiga yirik hissa qo’shgan o’zbek olimlari jumladan faylasuf olimimiz Ibrohim Mo’minovning ijodini o’rganish va falsafa fanida erishgan yuksak yutuqlari haqida, Ibrohim Mo’minovning o’ziga xos yaratilgan falsafa maktabi haqida o’rganib zarur xulosalarni berish kurs ishim mavzusining asosiy dolzarbligidir.
Kurs ishi mavzusining maqsad va vazifalari: Kurs ishi mavzusining maqsad vazfalari buyuk faylasuf olimimiz Ibrohim Mo’minovning ijodini o’rganish va Ibrohim Mo’minov yaratgan falsafa maktabi haqida o’rganib zarur xulosalarni berishdan iborat. Kurs ishining hajmi: Kurs ishi ko'rsatilgan maqsad va vazifalarga muvofiq tuzilgan: 2 bob, kirish, xulosa va hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. I BOB: AKADEMIK MO‘MINOV IBROHIM MO‘MINOVICH. 1.1 Mo‘minov Ibrohim Mo‘minovich haqida ma’lumot. (7 noyabr 1908 yil, Buxoro amirligi, Tezguzar qishlog‘i — 22 iyul 1974 yil, Toshkent) — faylasuf, falsafa fanlar doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekistonda falsafa maktabining asoschisi. I.Mo‘minov 1908 yil Buxoro amirligining hududida joylashgan Shofirkon tumanining Tezguzar qishlog‘ida tavallud topgan. Samarqandda O‘zbek pedagogika akademiyasini tamomlagan (1931). 1931 yildan Samarqand davlat universitetida o‘qituvchi, u yerda S.Ayniy, A.Fitrat, H.Olimjon kabi atoqli shoirlar, B.Soliyev, Ya.G‘ulomov kabi tarixchilar bilan birga ishlagan. 1933 yildan birlashtirilgan adabiyot fakultetining dekani. 1933 yildan 1935 yilgacha Samarqand Davlat Universitetining tarix fakulteti dekani. 1941 yilda Gegel falsafasi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1950 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir-a'zosi (1943), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi (1956), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti (1956-1974). “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalining bosh muharriri (1957-1974). “Fan va turmush” jurnalining bosh muharriri (1957). Ilk O‘zbek sovet ensiklopediyasining bosh muharriri. Bir qator ilmiy nashrlarning muharriri: “Samarqand tarixi” ikki jildda, “Buxoro tarixi”, “Xorazm tarixi” va boshqalar. Falsafa va tarixga tegishli turli savollarga oid 200 dan ortiq monografiya va maqolalar I.M.Mo‘minov qalamiga mansub. Turli davlatlarda ilmiy ma'ruzalar bilan chiqdi: Italiya, Fransiya, Vengriya, Chexoslovakiya, Gretsiya, Pokiston, Afg‘oniston va boshqalar. Uning rahbarligida falsafaga oid 100 dan ortiq nomzodlik va 30 doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Temuriylar davri san'ati bo‘yicha xalqaro YUNESKO simpoziumini tashkil qilish bo‘yicha tashabbuskor bo‘ldi (Samarqand, 1969 yil). O‘zbekiston yuqori palatasining deputati (4 chaqirishlar). Beruniy nomli O‘zbekiston davlat mukofoti laureati (1967). I.Mo‘minov 1970 yilda Samarqandning 2500 yilligiga bag‘ishlangan konferensiyaning tashabbuskori. Ushbu sanada Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti asoslanib, Toshkentdan Samarqandga ko‘chirib o‘tkazilgan. Samarqandning 2500 yilligini nishonlash munosabati bilan Samarqand tashkil etilganiga tarix muzeyi ochilgan. I.Mo‘minov 1974 yilning 22 iyulida Toshkentda vafot etdi. Toshkentning Chig‘atoyqabristonida dafn etilgan. 2003 yil Ibrohim Mo‘minov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ko‘rsatmasiga muvoffiq “Buyuk hizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi (vafotidan so‘ng). Download 44.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling