2-bob. Buxgalteriya balansi


Download 125.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana26.10.2023
Hajmi125.6 Kb.
#1725184
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mavzu Buxgalteriya balansi



2-BOB. BUXGALTERIYA BALANSI
2.1. Buxgalteriya balansi haqida tushuncha, uning tuzilishi, 
mazmuni va ahamiyati
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan 
biri hisoblanadi. Buxgalteriya balansini iqtisodiy jihatdan olganda 
xo‘jalik mablagMarini joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha 
bir-biriga tengligini ta ’minlaydi deb aytish maqsadga muvofiqdir.
“Balans” so‘zi lotincha bo ‘lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki 
karra va “Ians” tarozi pallasi, y a ’ni tarozining ikkita pallasini tengligi 
degan m a’noni, muvozanat tenglik ramzini bildiradi. Tarozi muvozanat 
ramzi sifatida buxgalterlaming xalqaro gerbida ham aks ettirilgan.
Buxgalteriya hisobida “balans” tushunchasi ikkita ahamiyat kasb
etadi:
1. Jamlangan summalar tengligi, y a’ni schyotlarning debeti 
bo‘yicha summalar jami va krediti bo‘yicha summalar jam ining tengligi, 
har bir sintetik schyot m a’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i, debet va 
kredit aylanmalari, oxirgi qoldig'i) mazkur sintetik schyotga tegishli 
analitik schyotlar m a’lumotlariga tengligi, balans aktividagi moddalar 
summalari jami va passividagi moddalar summalari jam ining tengligini 
ifodalaydi;
2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi 
subyektning m a’lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks 
ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi.
M ablag‘lar holatidagi o ‘zgarishlar ulaming turlari bo‘yicha 
buxgalteriya hisobi schyotlarida o ‘z ifodasini topadi va har oyning 
oxirida har bir mablag‘ning oy davomidagi o ‘zgarishi, oy oxiriga 
bo‘lgan qoldig‘i hisob-kitob qilinadi. Demak, buxgalteriya hisobi 
schyotlari mablag1 turlari bo ‘yicha mulk egasiga yetarli m a’lumotlami 
beradi. Lekin bu m a’lumotlarda mablagMaming joylanishi ulami moddiy 
javobgar shaxslar bo‘yicha taqsimlanganligini ko‘rsatib beradi, ammo
29


ulaming qaysi m ablag‘lar hisobiga tashkil qilinishi ham mulkdor uchun 
zaruriyati yuqori.
Korxona va tashkilotlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tegishli 
faoliyat ko‘rsatish jarayonida xomashyo bir turdan ikkinchi bir turga 
aylanadi. Buxgalteriya hisobida har bir mablag‘ning harakati turlari 
bo‘yicha hisob-kitob qilinadi va hisobot davri oxiriga mablag‘lar holati 
bo‘yicha to ‘liq m a’lumotni olish imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobida ifoda qilingan mablag‘lar harakati bo‘yicha 
mablag‘laming joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha 
m a’lumotlami umumlashtirish maqsadida balans tuziladi.

Download 125.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling