2-bob. Elektr karotaj usullari §


PS karotaj maʼlumotlarini interpretatsiyalash


Download 72.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi72.73 Kb.
#1519733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Электр каротаж

PS karotaj maʼlumotlarini interpretatsiyalash
Potensiallar usuli bilan PS diagrammalarida gilli jinslar roʼparasida musbat maksimum PS anomaliyalari kuzatiladi
gʼovaklik singdiruvchan jinslar (qumlar, qumtoshlar, darzli ohaktoshlar) – manfiy anomaliyalari bilan belgilanadi.
Sulfidlar, antratsit, grafit qatlamlari kuchli musbat va manfiy anomaliyalar bilan kuzatiladi. Zich qumtoshlar, 
ohaktoshlar, otqindi jinslar kuchsiz anomaliyalar bilan kuzatiladi.
Quduqdagi burgʼilash eritmasi yoki suv oqib ketgan joylar manfiy anomaliyalar bilan belgilanadi. Suv oqib 
keladigan joylar – musbat anomaliyalar bilan belgilanadi.
PS chiziqlarda nolli chiziq boʼlmaydi shu sababli, PS diagrammalarida shartli nolli chiziqlar oʼtkazish mumkin: 
gillar «nolli» chiziq va qumtoshlar «nolli» chiziq.
Gillar «nolli» chiziq qalin bir jinsli gilli qatlamlar roʼparasidagi «nolli» potensiallarining maksimal musbat
qiymatlari boʼyicha oʼtkaziladi. Bu shartli chiziq oʼng tamonda joylashadi. Qumtoshlar «nolli» chiziq maksimal
manfiy potensiallar qiymatlari boʼyicha oʼtkaziladi va u chap tomonda joylashadi. Аmalda koʼpincha gillar nolli 
chizigʼi ishlatiladi.
PS anomaliyalar boʼyicha qatlamlar qalinligi aniqlanadi. Аgar, qatlam qalinligi 2-4 marta quduq diametridan katta 
boʼlsa (qalin qatlam), unda uning ustki qismi va tagi roʼparasida PS anomaliyasi qatlam markaziga mos boʼlgan 
maksimal qiymatining yarmiga teng boʼladi. PS potensialning gradienti diagrammalarida qalin qatlamning ustki 
va ostki qismi aniq ekstremumlar bilan kuzatiladi. Yupqa
qatlamlar ingichka ekstremumlar bilan belgilanadi.
PS karotaji geologik kesimni ajratishga va ularni qoʼshni quduqlarda kuzatishga, yaxshi singdiruvchan
qatlamlarni (qum, gʼovakli ohaktoshlar) va yomon singdiruvchan qatlamlarni (gillar, gilli slanetslar), sulfidlarni
polimetallik maʼdanlarni, koʼmirni (22-rasm), grafitni ajratishda hamda jinslar gʼovakligini va singdiruvchanligini 
baholashda qoʼllaniladi.







Download 72.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling