2-bob. IshLab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish
Download 274.64 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish
2-BOB. IShLAB ChIQARIShDA FAOLIYaT XAVFSIZLIGINI BOShQARISh TIZIMINI TAShKIL QILISh 2.1. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish Mehnat muhofazasini boshqarish korxona boshqarish tizimining bir qismidir. Mehnat muhofazasini boshqarishni korxona boshlig‘i o‘rinbosari (yoki bosh muhandis) va bo‘lim boshliqlari olib boradi. Bu tizimning asosiy e’tibori ishlab chiqarishda sog‘lom va xavfsiz mehnat qilish sharoitini yaratishga qaratilgan. Mehnat muhofazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1.Mehnat muhofazasi ishlarini rejalashtirish, amalga oshirish, baholash ishlarini barqarorlashtirish. 2. Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o‘qitish va mehnat muhofazasi masalalarini tashviqot qilish. 3. Bino va inshoot, ishlab chiqarish jarayonlari va asbob-uskunalarining xavfsizligini ta’minlash. 4. Mehnat sharoitining sanitar-gigienik holatini me’yorlashtirish. 5. Ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash. 6. Ishchilar uchun maqbul ish va mehnat sharoitini yaratish. 7. Ishlovchilar uchun davolash-oldini olish tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish. 8. Alohida mutaxassisliklar bo‘yicha kasb tanlovi o‘tkazish. 9. Ishlovchilarga sanitariya-maishiy xizmat ko‘rsatish va hokazo. Tizim mehnat qonunchiligi hujjatlari, davlat va kasaba uyushmasi qarori, yo‘llanma va farmonlari, texnikaviy hujjatlar asosida boshqariladi. Masalan, kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalarida mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi uchun 1980-yil iyulda tasdiqlangan 480-sonli buyruq va 1984-yil 14- noyabrdan kuchga kirgan Nizom asosiy hujjat hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalarida xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini ta’minlashda xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiena va yong‘in xavfsizligiga bog‘lik qoida, norma, yo‘riqnomalar katta ahamiyatga ega. Ular umumiy, tarmoq va oraliq turlariga bo‘linadi. Umumiy norma qoidalarga «Qurilish norma va qoidalari» (SNIP), «Sanoat korxonalarini loyihalash sanitar normalari» (SN-245-71), «Nurlanish xavfsizligi qoidalari» (NRB 78), «Elektrotexnik moslamalar tuzilishi qoidalari» (PUE), «Portlashdan himoyalangan elektr uskunalarini tanlash qoidalari» (PIVRE), «Bosim ostida qo‘llaniladigan idishlarning tuzilishi va xavfsizligi qoidalari» va boshqalar. Vazirlik, ilmiy tekshirish, loyihalash institutlari o‘zaro hamkorlikda tarmoq qoida va normalarini ishlab chiqib tasdiqlab, ularni bir yoki bir necha tarmoq korxonalarida qo‘llash uchun tavsiya etadilar. Oraliq qoida va normalari korxonalarda zaruriyatga qarab bajariladigan ish va jarayonlar uchun xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tavsiya etiladi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha muhim me’yoriy hujjatlardan biri 1974-yildan 1-iyul amal qilayotgan «Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi»dir (MXST). MXST – bu, mehnat jarayonida insonning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan talablar, me’yorlar va qoidalarni o‘z ichiga olgan o‘zaro bog‘liq standartlar majmuasidir. U 5 turga bo‘linadi: 1. Tashkiliy-uslubiy standartlar – GOST 0.001-82, GOST 12.0.002 - 74, GOST 12.0.003-74, GOST 12.0.003 - 79. 2. Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va normalar standartlari – GOST 12.0.003-74. 3. Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari – GOST 12.2.003-74.4. 4. Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi talablari standartlari – GOST 12.3.003-74.5. 5. Ishchilarning himoya vositalariga bo‘lgan talablari davlat standartlari – 12.4.001-74.1973 yildan e’tiboran 300 dan ziyod standartlar tasdiqlanib, ishlab chiqarishga joriy etildi. Xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish. Mehnat muhofazasiga oid hamma ishlar oldindan tuzilgan reja asosida amalga oshiriladi. Buning uchun mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora- tadbirlari rejasi tuzilishi kerak. Nomenklatura chora-tadbirlari rejasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda korxona ma’muriyati tomonidan tuziladi. Unda ushbu korxonada mehnat sharoiti, kasb kasalliklari va o‘z korxonasiga inson organizmga ta’sir qiluvchi zaharli omillarning mavjudligi asos qilib olinadi. Nomenklatura chora-tadbirlari rejasiga bajarilishi lozim bo‘lgan, ish sharoitini yaxshilashga olib keladigan chora-tadbirlar kiritilishi lozim. Ular quyidagicha bo‘lishi lozim: Download 274.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling