foydalanish, havo haroratini, tarkibini kuzatadigan asboblarni o‘rnatish va
boshqalar misol bo‘ladi.
- Ish sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bunga ish joylarini
yoritish, sanitariya-maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari holatini yaxshilash, maxsus
kiyim, bosh va oyoq kiyimlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash,
mehnatni muhofaza
qilish xonalarini, ko‘rgazmali qurollarni tashkil qilish va boshqalar kiradi.
Nomenklatura chora-tadbirlari ishlovchilarning ish bitimiga kiritilganligi va
ishchilarning umumiy majlisida
tasdiqlanganligi sababli, bu tadbirlar korxona
ma’muriyati tomonidan bajarilishi shart hisoblanib,
uning bajarilishi haqida
ma’muriyat ishchilarga axborot berib turishi kerak. Nomenklatura chora-
tadbirlariga sarflanadigan mablag‘ korxonaning asosiy fondidan ajratilib, bu
mablag‘lar faqat shu sohalarga ishlatilishi lozim. Aks holda ma’muriyat
qonun
oldida javob beradi. Mablag‘larni sarflash kasaba uyushmasi tomonidan nazorat
qilinadi. Bundan tashqari, korxona har yili yuqori tashkilotga
amalga oshirilgan
tadbirlar va mablag‘lar sarfi to‘g‘risida hisobot berib turishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: