2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


3§. Hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/92
Sana26.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1128346
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92
Bog'liq
httparm.sies.uzwp-contentuploads20201119.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y..pdf

 


26
3§. Hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning har birida alohida shakldagi xujjatlar 
ishlatiladi. Hisob-kitob nomi hujjat nomi bilan belgilanadi. Har bir hisob-kitob 
hujjatlari belgilangan me’yorlarga javob berishi lozim. Bu xujjatlarning har biri 
o’z ichiga qo’yidagi rekvizitlarni olishi lozim: 
- hisob-kitob hujjatining nomeri; 
- hujjat yozib berilgan sana
- to’lovchining nomi; 

hisobvaraq nomeri; 

soliq to’lovchining identifikatsiya kodi (chek va akkreditivlarda 
ko’rsatilmaydi); 

to’lovchi bankning nomi; 

to’lovchi bankning kodi; 

mablag’larni oluvchining nomi; 

mablag’larni oluvchining hisobvaraq nomeri; 

mablag’ oluvchi bankning nomi; 

mablag’ oluvchi bankning kodi; 

to’lovning summasi raqam va yozuvda ko’rsatilishi lozim; 

to’lovning maqsadi(cheklarda ko’rsatilmaydi); 
Tijorat banklarining hisob-kitob cheklarida qo’shimcha ravishda quyidagilar 
yoziladi : 

hisob-kitob chekining seriya va nomeri; 

jismoniy shaxs pasportining seriyasi va nomeri

chekning amal qilish muddati; 
Akkreditiv ochish uchun taqdim etilgan ariza qo’shimcha ravishda 
quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: 
- akkreditivning amal qilish muddati (akkreditiv yopilaetgan sana va oy) 
- akkreditiv ochilayotgan shartnoma nomeri; 
- buyurtma raqami; 
- buyurtma sanasi
- akkreditiv qaysi mahsulotlarni yuklab jo’natish va xizmat ko’rsatish uchun 
ochilganligi; 
- akkreditivning turi (u haqida kerakli ma’lumotlarni ko’rsatish bilan); 
- qo’shimcha majburiyatlar; 
Banklar va mijozlarning ishiga xalal bermaydigan tarzda to’lovchi va 
mablag’larni oluvchining nomini ratsional darajada qisqartirish mumkin. 
Xo’jalik sub’ektlari sotilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlar uchun 
qo’shimcha qiymat solig’i hisoblansa, hisob-kitob xujjatlarini rasmiylashtirishda 
qo’shimcha qiymat solig’i summasi alohida qatorda ko’rsatiladi. Qo’shilgan 
qiymat solig’idan ozod qilingan tovarlar, ko’rsatilgan ish va xizmatlar uchun 
hisoblashishda rasmiylashtirilgan to’lov xujjatlarida qo’shilgan qiymat solig’isiz 
(bez NDS) so’zi yoziladi yoki shu yozuv yozilgan shtapm qo’yiladi. 
To’lov topshiriqnomalari texnik vositalardan foydalangan holda bir 
martaning o’zida nusxa ko’chirish yoki birinchi nusxani hisob-kitobda 


27
qatnashuvchi barcha tomonlar va bank uchun etarli bo’lgan nusxalar sonida 
ko’paytirish yo’li bilan yozib beriladi. Cheklar siyoh va sharikli ruchkalarda 
qo’lda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozib beriladi. 
Hisob-kitob hujjatlariga qo’lda o’zgartirish kiritish, bo’yash va tozalashga 
yo’l qo’yilmaydi. 
Hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan hisob-kitob, pul operatsiyalarini 
bajarish uchun qabul qilinadi: 
1. Yuridik shaxslar birinchi nusxada hisob-kitob xujjati tayerlanishi shartidan 
qat’iy nazar imzo qo’yish huquqiga ega bo’lgan mansabdor shasxlarning imzosi 
va korxona muhrining izi mavjud bo’lishi; 
2. Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmay faoliyat ko’rsatayotgan oilaviy va 
yakka tartibdagi ijarachilar va tadbirkorlar tomonidan bajariladigan operatsiyalari 
bo’yicha hisob-kitob hujjatlari ularda imzo mavjud bo’lgan holda bajarish uchun 
qabul qilinadi. 
Hisob-kitoblar hujjatini yozib berayotgan korxona muhrining izi va imzolar 
xujjatning asl nusxasiga qo’yiladi. 
Korxonalardan hujjatlarni qabul qilish
g
shartnomada boshqasi ko’zda 
tutilmagan bo’lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan ishlash vaqtidan 
kelib chiqqan holda bajarish uchun qabul qilinadi. 
To’lovchining hisobvarag’idagi mablag’larni initsiator-bankda hisobdan 
chiqarish faqat hisob-kitob xujjatlarining birinchi nusxasi yoki Bank-Mijoz 
tizimidan foydalanuvchilar tomonidan elektron to’lov xujjatlari asosida amalga 
oshiriladi. 
Mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinayotgan mablag’lar banklarda 
dasturiy yo’l bilan elektron to’lov hujjatlari va hisob-kitob chekining asl nusxasi 
asosida amalga oshiriladi. Bank-Mijoz tizimidan foydalanuvchi banklar 
rasmiylash-tirilgan elektron to’lov hujjatlarini mijozning hisobvarag’iga 
mablag’lar qo’shib yozilgandan yoki o’chirilgandan keyin tegishli pochta qutisiga 
joylashtiriladi. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling