2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
httparm.sies.uzwp-contentuploads20201119.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y..pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent Moliya instituti - 2005 3 KIRISh
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Moliya instituti Navro’zova K.N., Ortiqov O.A. BANKLARDA HISOB VA TO’LOV TIZIMI O’quv qo’llanma Toshkent 2005 y 2 Banklarda hisob va to’lov tizimi. Navro’zova K.N., Ortiqov O.A. T.TMI 2005 yil ______ bet. Respublikada to’lov tizimining shakllanishi va uni ishlash printsiplariga bag’ishlangan respublikamizda chop etilgan dastlabki qo’llanma bo’lib, unda to’lov tizimi va uning tarkibi, respublikada milliy to’lov tizimining shakllanishi, shu tizim orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarning o’tishi, banklararo hisob-kitoblarning o’tish texnologiyalari, yagona vakillik hisobvaraqlari orqali to’lovlarning o’tishini tashkil etilishi, shuningdek, yagona bank texnologiyalarining turlari ko’rsatib berilgan. O’quv qo’llanma Toshkent Moliya instituti qoshidagi Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy Kengash majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan. Taqrizchilar: Mintaqaviy bank o’quv markazi raisi i.f.n., dots. Z.Xolmaxmadov i.f.d., prof. A.Vaxobov Toshkent Moliya instituti - 2005 3 KIRISh Iqtisodiyot rivojlanishining hozirgi bosqichida respublikamizda faoliyat yuritayotgan banklarning roli tobora ortib bormoqda. Chunki xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hech biri bank xizmatini chetlab o’tib faoliyat yurita olmaydi, o’zaro hisob-kitoblarini bank yordamisiz o’tkaza olmaydi. Shu sababli bank tizimini mustaxkamlash, ularning erkinligini oshirish yo’lida isloxotlarga xukumat miqyosida e’tibor berib kelmoqda. Chunki bank tizimida o’tkazilayotgan islohotlar nafaqat banklarning, balki butun iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga asos bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi «Bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorining qabul qilinishi respublikada faoliyat yuritayotgan banklarning rivojlanishiga katta hissa qo’shadi. Ushbu qarorda tijorat banklarning tashkil etishga qo’yiladigan talablari, ularning operatsiyalari, imtiyozlar, kreditlash bilan bog’liq muammolarga alohida o’rin ajratilgan. Hozirgi kunda bank tizimi rivojlanib borar ekan, banklar o’rtasidagi o’zaro aloqalar, hisob-kitoblarni o’tkazish mexanizmini takomillashtirish talab etiladi. Ushbu qo’llanma «Bank ishi» yo’nalishi bo’yicha magistraturadagi bir qator mutazassisliklarda, jumladan, «Kredit», «Bank auditi», «Xalqaro bank ishi», «Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari», «Bank qimmatli qog’ozlari», «Bank risklari» mutaxassisliklar talablari uchun mo’ljallangan. O’quv qo’llanma ushbu fan bo’yicha ishlab chiqilgan namunaviy dastur va ishchi-o’quv dasturlari asosida yozilgan. O’quv qo’llanmada to’lov tizimining mazmuni, uning tarkibi, respublikada milliy to’lov tizimining shakllanishi, elektron to’lov tizimini tashkil etishning zarurati va shartlari, printsip va funktsiyalari o’z ifodasini topgan. Shu bilan birga iqtisodiyotdagi naqd pulsiz hisob-kitoblar, davlat byudjetining kassa ijrosi bo’yicha operatsiyalar, banklar tizimidan o’tganini hisobga olgan holda yuqoridagilar o’quv qo’llanmada batafsil yoritib berilgan. O’quv qo’llanmada yangi bank texnologiyalari, ularning qo’llanilishi ham o’z ifodasini topgan. Mazkur o’quv qo’llanmadan – «Bank ishi» yo’nalishi bo’yicha o’qiyotgan barcha oliy o’quv yurtlarining bakalavriat va magistratura bo’limlari talabalari, kollejlar, biznes maktab talabalari, shuningdek bank mutaxassislari va bank faoliyati bilan qiziquvchilar foydalanishi mumkin. «Banklarda hisob va to’lov tizimi» o’quv qo’llanmasi respublikada birinchi marta o’zbek tilida chop qilingan. Shu sababli uni yozish davomida ba’zi bir kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lishi mumkin. Ushbu kamchiliklar bo’yicha o’z fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni bildirishingizni so’raymiz va oldindan minnatdorchilik bildiramiz. 4 Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling