6-sxema, ming so’m
Sxema bo’yicha hisob-kitoblar
52000
52000
52000
52000
Ushbu sxema bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish va qarzdorliklarni
kamaytirish uchun berilgan summa shu kuni yana bankka qaytib keladi. Sxema
bo’yicha to’lovlarni o’tkazish uchun initsiator bank tomonidan bir qator hujjatlar
unga xizmat ko’rsatuvchi bankka taqdim etiladi.
1.Sxema bo’yicha bo’ladigan ikki tomonlama hisob-kitoblarda korxona yoki
tashkilotning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan hujjatda qo’yilgan imzo hamda
shu korxonaning yoki tashkilotning muhri bankdagi mavjud xuddi shu korxona yoki
tashkilotning rahbari va bosh buxgalterining imzosi va muhri namunasi bilan mos
kelishi kerak.
2.Xo’jalik subekti tomonidan bankka taqdim qilingan hujjatlarda ko’rsatilgan xizmat
turi ya’ni yuklab jo’natilgan mahsulot, tovar, bajarilgan ishlar yuzasidan kelib
chiqqan debetorlik qarzdorligi aniq ko’rsatilishi lozim.
3.Tayyorlangan sxema tijorat banklarining boshqaruvchilari tomonidan tasdiqlanadi
va ular o’z mijozlarining debetorlik va kreditorlik qarzdorligi to’g’ri
rasmiylashtirilganligi yuzasidan javobgar bo’lib hisoblanadi.
4.Aniq maqsadga yo’natirilgan sxemada korxona yoki tashkilotning nomi aniq
ko’rsatilishi kerak. Agar korxona yoki tashkilotning rahbar o’rinbosari tomonidan
sxemaga imzo qo’yilgan bo’lsa, u holda imzo qo’ygan shaxsning mansabi va
familiyasi sxemada to’liq ko’rsatilishi lozim.
Umuman, sxema bo’yicha kreditlash natijasida korxona va tashkilotlarning faoliyati
yaxshilanadi, ularning o’zaro qarzdorliklari kamayishiga yordam beradi.
Biz yuqorida banklar tomonidan debetor va kreditor qarzdorliklarni kamaytirish
bo’yicha qanday tadbirlarni o’tkazishlari mumkinligini ko’rib chiqdik. Lekin xo’jalik
yurituvchi subektlarning o’zlari ham bunday qarzlarni bartaraf etishga qaratilgan
harakatlarni amalga oshirishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.
Muddati o’tgan qarzlarni oldini olish usullarining har birini puxta bilish bu borada
amalga oshirilgan ishlarning samarali bo’lishi uchun etarli emasdir, balki muayyan
Do'stlaringiz bilan baham: |