2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
-sxema To’lov oborotining tarkibiy tuzilishi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
19 y Banklarda hisob va tolov tizimi o qol K N Navrozova T 2005y
1-sxema
To’lov oborotining tarkibiy tuzilishi Pul to’lov (naqd) vositasi - ish haqi - pensiya - mukofot - ijtimoiy, maishiy xizmatlar uchun to’lovlar va h.k. №60 yo’riqnoma bo’yicha hisob- kitob shakllari asosidagi hisob- kitoblar To’lov oborotining asosiy qismi naqd pulsiz to’lov oborotidan tashkil topadi. Bu to’lov oboroti naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmatlar ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni pul mablag’larini naqd pul ishlatmasdan bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o’tkazish orqali bajarilishi tushuniladi. Iqtisodiyot rivojlanib borgan sari to’lov oborotida naqd pulsiz to’lov oborotining ulushi ortib boradi. Chunki iqtisodiy taraqqiyotni belgilovchi omillar naqdsiz to’lov oborotining o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy taraqqiyotni belgilovchi omillar quyidagilar: a) sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish hajmining o’sishi; b) tovar aylanishi va milliy daromad hajmining o’sishi; v) bank kreditining ayirboshlash jarayonidagi rolining ortib borishi; g) mulkchilik shakllarining va ular o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi; d) iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda hisob-kitob ishlarida elektron to’lov tizimidan keng ko’lamda foydalanish va boshqalar. Hozirgi kunda nafaqat xo’jalik yurituvchi sub’ektlar xattoki aholining ham nakd pulsiz to’lov tizimidagi ishtiroki ortib bormoqda. Ilgari Xalq banki orqali aholiga taklif qilingan nakd pulsiz hisob-kitoblarining turli shakllari bilan bir qatorda plastik va magnit kartochkalardan foydalanish ham rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan chet el valyutasi va milliy valyutada chiqarilgan plastik kartochkalar aholi o’rtasida keng ishlatilmoqda. Shu bilan birga hozirgi kunda Asaka banki, Sanoat qurilish banki hamda Xalq banki va boshqa qator banklar tomonidan plastik kartochkalar chiqarilib, aholiga taklif qilinmoqda. To’lov oborotining ikkinchi qismi naqd pulli to’lov oborotidir. Naqd pulli to’lov oboroti deganda tovar ayirboshlash va xizmat ko’rsatish jarayonida sub’ektlar o’rtasidagi hisob-kitoblarning naqd pul yordamida amalga oshirilishi tushuniladi. Naqd pulli to’lov oborotining ishlatish ko’lami naqd pulsiz Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling