2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
To’lov oborotida pulning harakati
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
19 y Banklarda hisob va tolov tizimi o qol K N Navrozova T 2005y
To’lov oborotida pulning harakati.
1. Har bir korxona o’z ishchi-xizmatchilariga ish haqi va shunga tenglashtirilgan to’lovlarni to’lash uchun bankdan naqd pul oladi. Bankdagi hisobvaraqda turgan naqdsiz pul naqd pulga aylanadi. 2. Korxona va tashkilotlar bu pullarni ish haqi va boshqa to’lovlar ko’rinishida aholiga tarqatadi. 3.-4.-5. Ish haqi, pensiya stipendiya, mukofot va boshqa to’lovlarni olgan aholining turli qatlamlari bu pulni o’z ehtiyojlarini qondirish uchun bozorda, savdo, maishiy xizmat ko’rsatish, madaniyat tashkilotlarida sarflaydilar, turli to’lovlar gaz, elektr energiyasi, telefon, soliqlar, jarimalar va hokazo to’lovlarni to’laydilar. Dehqonlar, hunarmandlar ham o’zlari mehnat qilib topgan pullarni o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida sarflaydilar 6. Aholining turli qatlamlaridan kelib tushgan naqd pullar do’kon va naqd pul bilan ishlaydigan boshqa tashkilotlar tomonidan bankka topshirilishi lozim. Chunki har bir korxona va tashkilotga o’z oborot kassasida nakd pulni ushlab turish uchun limit o’rnatiladi. Ushbu limitdan ortiqcha qismi albatta bankka topshirilishi shart qilib belgilangan. Bu holda ham biz naqd pulning naqdsiz pulga aylanganini ko’ramiz, ya’ni bank kassasiga topshirilgan naqd pullar naqd pulni topshirgan korxonaning xisobvarag’iga yozib qo’yiladi. Shunday qilib, biz to’lov oborotining naqd va naqdsiz shakllarini va uni ishlatish doiralarini ko’rib chiqdik. To’lov oborotining boshqa xususiyatlariga ko’ra ham tasniflash mumkin. To’lov oboroti ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan har xil munosabatlarni o’zida aks ettirishga ko’ra 2 ga bo’linadi: Birinchidan, tovarlarni sotish jarayonidagi kapital ko’rinishdagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi to’lov oboroti. Bunday to’lov oboroti, boshqacha qilib aytganda, tovarli yoki tovar operatsiyalari bo’yicha to’lov oboroti deyiladi. Bunda to’lovlar naqd pul ko’rinishda ham, naqdsiz pul ko’rinishda ham amalga oshiriladi. Korxona va tashkilotlar o’rtasidagi tovar ayirboshlash va qurilish-montaj ishlari jarayonidagi pulli hisob-kitoblar asosan naqdsiz pul ko’chirish asosida bajariladi. Aholi Банк Савдо, маиший хизмат ташкилоти Корхона, ташкилот Деҳқон, ҳунарманд Аҳоли 16 gruppalari o’rtasida korxona va aholi o’rtasidagi tovar ayirboshlashda naqd pul ishtirok etib, naqd pulli to’lov oboroti yuzaga keladi. Ikkinchidan, tovar xarakteriga ega bo’lmagan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida sodir bo’ladigan to’lov oboroti. Bunday to’lov oboroti tovarsiz operatsiyalarda yuzaga keladigan to’lov oboroti yoki moliyaviy majburiyatlar bo’yicha yuzaga keladigan to’lov oboroti bo’lib hisoblanadi. Bu to’lov oboroti ham naqd pul ko’rinishi bilan birgalikda navdsiz pul ko’rinishida bo’lishi mumkin. Korxona va tashkilotlar bank kreditini qaytarganlarida, kredit uchun foiz to’laganlarida korxona faoliyatini sug’urtalash bilan bog’liq to’lovlarda, soliqlar va byudjetdan tashqari fondlarga turli tushumlar to’laganlarida naqd pulsiz to’lov oboroti yuzaga keladi. Aholining turli badallari va soliqlarning ish haqidan olib qolib, kerakli tashkilotlarga o’tkazilishi ham naqdsiz to’lov oborotiga misol bo’ladi. Respublika va mahalliy byudjetga naqd pul yordamida soliqlarning to’lanishi esa naqd pulli to’lov oborotini vujudga keltiradi. To’lov oborotini yana ishtirokchilar va ishtirokchilarning joylashuviga ko’ra ham tasniflash mumkin. To’lov oborotining ishtirokchilari bo’lib markaziy va tijorat banklari, turli mulkchilik shakliga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlar, aholining turli qatlamlari hisoblanadi. Mana shu ishtirokchilar bir-biri bilan turli operatsiyalar bo’yicha munosabatda bo’ladi. Bu munosabat jarayonida ular bir shahar ichida yoki turli shaharlarda joylashgan bo’lishi mumkin. Agar to’lov oborotida qatnashgan ishtirokchilar bitta shahar ichida joylashgan bo’lsa, bu oborot bir shahar ichidagi to’lov oboroti deyiladi. Agar ishtirokchilar turli shaharlarda, masalan, biri Andijonda, ikkinchisi Samarqandda bo’lsa bunday to’lov oboroti shaharlararo to’lov oboroti deyiladi. Lekin hozirgi davrda to’lov oboroti elektron to’lov tizimi orqali juda tez sodir etilmoqtsa. Shu sababli to’lov oborotini bunday bo’lish, bizning fikrimizcha, qandaydir chegarada o’z kuchini yo’qotmoqda. Umuman, to’lov oboroti ma’lum to’lov tizimi orqali sodir etiladi, ya’ni to’lovlarni o’tkazish orqali har bir davlatda naqd va naqdsiz pullar boshqarib boriladi. Bizning davlatimizda to’lov tizimi 90-yillarning o’rtalaridan boshlab shakllanib borgan bo’lib, asosan naqd pulsiz o’tkazmalar mana shu tizim orqali olib boriladi. Bu tizim elektron to’lov tizimi bo’lib to’lov oboroti bilan chambarchas bog’liqdir. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling