Ma’naviyat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining o’quvchilarni o’z-o’zini boshqarish jarayonidagi ish metodikasi
Download 169.75 Kb.
|
Ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va o‘quvchilarn
- Bu sahifa navigatsiya:
- X u l o s a . F o y d a l a n i l g a n a d a b
Mavzu: Ma’naviyat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining o’quvchilarni o’z-o’zini boshqarish jarayonidagi ish metodikasi Reja: Kirish. Asosiy qism 1. Ma'naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari faoliyati mazmuni. 2 Ma`naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari shaxsiga qo`yiladigan talablar. 3 Direktor o`rinbosarining huquqlari va burchlari. 4 Ma`naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarining ish rejasini o`rganish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Ta’lim tarbiyadagi sifat o‘zgarishlar va yuqori samaradorlik ko‘proq milliy pedagogikamizning tarixiy ildizlari va zamonaviy yutuqlarini talabalar ongiga singdirishni qay darajada olib borilganligiga bog‘liq bo‘lib, u barkamol avlod tarbiyasida mustahkam asos bo'ladi. Shunday asoslarda ta’lim-tarbiya berish bo’lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi innovatsion jarayon bo‘lib, oldingi egallagan bilimlar asosida ijobiy pedagogik samaralarni beruvchi yangicha yondashuv texnologiyalarini yaratish va joriy etishdan iboratdir. Bu talablarni bajarish ta’lim-tarbiya jarayonini ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlari asosida, zamon talablarini hisobga olgan hol da tashkil etish muammosi mavjudligini ta’kidlaydi. Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish ularni komillikka yetaklash yo’llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab boMgan. Chunki, insonning ma’rifatli bo'lishi va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. Ma’lumki, mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ta’lim-tarbiya sohasidagi sifat o‘zgarishlari qilib yuqori samaradorlikka erishishga, ularning jahon ta’limi talablari bilan mosligi va amaliy hayotdagi o‘rnini qay darajada topayotganligiga bog‘liq. O`zbekiston Respublikasi Kanstitutsiyasi sahifalarida har bir fuqaroning ilm olish, o`z ijodiy kuch va qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish ta'kidlanadi. Hozirgi zamon maktabi tubdan yangilanmoqda. Mamlakatimizda "Ta'lim to`g'risida"gi Qonunning qaytadan ko`rib chiqilganligi maktabning buguni va kelajagiga umid bilan qarashga undaydi. Ma`naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash ma`lum va maorifni yuksaltirish, yuragida ona-Vatanga muhabbat hissi jo’sh urgan yangi avlodni voyaga yetgazish davlatimizning eng muhim vositalaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bu esa pеdagog-tarbiyachilarning pеdagogik mahoratiga boqliqdir. Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma'lumotlarni oladilar. Maktab yoshlarning dunyoqarashlariga poydevor hamda g`oyaviy e'tiqodlari uchun negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxt-saodati yo`lida sidqidildan mehnat qilishga tayyorlaydi.O’zbekiston Rеspublikasida o’qituvchi kadrlarning ma'naviy qiyofasiga, aqliy saloqiyatiga qamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida ma'suliyat yuklangan. Bu borada O’zbekiston Rеspublikasi Prеzidеnti I .A.Karimov quyidagilarni e'tirof etadilar: “Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdеk ma'suliyatli vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu ma'suliyatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rnimizga kеladigan yoshlarning ma'naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar bеqiyos ekanini o’zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib kurs ishi mavzusini ‘’Ma’naviyat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining ish rejasi bilan tanishish’’- deb nomladim Ma'naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari o`z faoliyatiniO`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta'lim to`g'risida"giQonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Prezident farmonlari,hukumat qarorlari, Xalq ta`limi vazirligi va boshqa yuqoritashkilotlarning qaror, buyruq va me'yoriy hujjatlari talablariasosida ish olib boradi.Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida ma'naviyat ishlaribo`yicha direktor o`rinbosari ota-onalar hamda keng jamoatchilikbilan hamkorlikda o`quvchi-yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish,ularni ona Vataniga, xalqiga va uning bugungi bunyodkorlik ishigaehtirom bilan qarash ruhida tarbiyalashga rahbarlik qiladi. Ma'naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimigakamida 5 yil pedagogik ish stajiga ega bo`lgan qobiliyatli, mahalla, ota-onalar va keng jamoatchilik o`rtasida hurmat e`tiborga loyiq bo`lganlar tuman (shahar) Xalq ta`limi bo`limitomonidan tayinlanadi va bo`shatiladi.Jamiyatda yuksak ma'naviy fazilatlami kamol toptirish, milliymafkurani shakllantirish, yoshlarni boy tarixiy va madaniymerosimiz, milliy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlargahurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, keng fikrli, sog`lom, jismoniy, aqliy va ma'naviyjihatdan barkamol, iqtisodiy islohotlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularni yangi ijtimoiy munosabatlar orqali hayotgatatbiq eta oladigan, milliy g`oya va istiqlol mafkurasi mus tahkambolgan shaxslarni shakllantirish direktor o`rinbosari faoliyatimaqsadining asosin i tashkil etadi. O`quvchi yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda milliy vaumuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy vama'naviy merosi asosida, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, iymon-e'tiqod, mehr-shafqatlilik kabi insoniy fazilatlarmisolida har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalaydi. Direktor o`rinbosari tarbiyaviy ishlarini rejalashtirishda sinf rahbarlarining qiziqishlari, topshiriqlari qay darajada bajara olishlarini hisobga olishlari kerak . Direktor o`rinbosari o`quvchilarganisbatan mehr va muhabbat, pedagogik jamoasiga va ota- onalarganisbatan talabchanbo`lgan holda ish tutib, muntazam o`z ustida ishlab, sabr-bardoshli boiib, o`z fikrlarini puxta bayon qilib, o`zgalarni o`ziga jalb qila oladigan xislatlarni o`ziga mujassamlaydi. Davlat va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlar mohiyatini, Prezident asarlarini yaxshi bilishi, uni o`quvchi- yoshlar orasida taro`ib eta olishi, xalq pedagogikasi an'analarini, o`zbek xalqi milliy urf-odatlari, qadriyatlarini, allomalar o`gitlarini yaxshi bilishlari lozim. Shuningdek u; - Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilishi va doimo uni o`z faoliyatida hisobga olishi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy asoslari hamda yangicha usul va metodlarini yaxshi bilishi; - Radio, televidenie va ommaviy axborotning boshqa vositalari orqali berilgan eng so`nggi yangiliklardan boxabar bo`lishi hamda ularning mohiyatini o`quvchilarga etkaza olishi; Sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o`tkaza bilishi; - tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida o`tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi; - maktabda o`quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borayotganlarga metodik tavsiyalar berib borishi; - muntazam ravishda o`z malakasini oshirib turishi, o`z sohasi bo`yicha o`tkaziladigan seminarlarda ishtirok etishi lozim. Nizomda belgilangan vazifalar bilan bog`liq ravishda tegishli pedagogik xodimlarga ko`rsatma beradi.Xizmat vazifasi doirasidan kelib chiqqan holda sinfdan vamaktabdan tashqari ishlarai tashkil etish va yangi to`garaklarniochish masalalarini hal qiladi. Direktor o`rinbosari: - sinf rahbarining ta'lim-tarbiya ishlari bo`yicha erishgan yutuqlarini hisobga olib, uni taqdirlash uchun direktorga taklif kiritish; - sinf rahbarlarining o`z vazifasiga nisbatan mas'uliyatsizligi yoki uni suiiste'mol qilganligi uchun direktor bilan kelishilgan holda tanbeh berish; - bolani yaxshi tarbiyalagan ota-onalarni, maktabga yordam bergan mahalla faollarini taqdirlash uchun direktorga taklif berish huquqiga ega. Direktor o`rinbosari bilan quyidagi ishlar kelishilishi kerak: - sinf rahbarlari ish rejasini direktor bilan hamkorlikdatasdiqlash; - maktabda o`tkaziladigan sport musobaqalari rejasini director bilan hamkorlikda tasdiqlash; - turli xildagi to`garak ishlari rejasini direktor bilanhamkorlikda tasdiqlash. - maktabda o`tkaziladigan sport musobaqalari rejasini director bilan hamkorlikda tasdiqlash; -turli xildagi to`garak ishlari rejasini direktor bilanhamkorlikda tasdiqlash. - maktabning jamoat tashkilotlari, otaliq qiluvchi korxonalar bilan aloqasini mustahkamlash; - bolalar nazoratsizligi va qonun buzilishining oldini olish; - yashash joyi bo`yicha bolalarning bo`sh vaqtini tashkil etish; - o`quvchilarning oilalariga borish va bolalarni tarbiyalashdaularga yordam berish; - yosh avlodning Vatanga, jamiyatga va mehnatga, o`ziga va odamlarga munosabatini anglab olishga qaratilgan axloqiy tuyo`ularini tarbiyalash. Tarbiyaviy ishlar bolalarning kundalik hayotidan olingan aniq dalillar va voqealarni, badiiy adabiyot, vaqtli matbuot, kinofilmlardan olingan misollarni tahlil etish hamda muhokama qilish asosida o`tkaziladi. Bu ishlarning xususiyati shundaki, bu bolalarni o`zining axloqiy xatti-harakatlari haqida mulohaza yuritishga va ularga to`o`ri baho berishga o`rgatadi. O`quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o`zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko`p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarning samarali ishlashiga bogiiqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o`quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni toidiradi. Ularning dunyoqarashi to`g`ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko`maklashadi. Nazariy bilimlarning amaliyot ishlab chiqarishi bilan bog`lanishiga zamin yaratadi. . Ma'naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarinig tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlami ham kiritish mumkin: a)tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish; b) tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash; c) tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlami rejalashtirish va ulaming mazmunini, shakl va usullarini aniqlash; d) sinfdan, maktabdan tashqari ishlami rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslami aniqlash. o`quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o`z mazmuniga ko`ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. Shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. o`quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. Shuning uchun ham o`quvchilaming maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo`lsa, ularning munosabatlari doirasi shunchalik keng va ma'naviy o`sishi samarali boiadi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o`quvchilar jamoadagi ishlami o`rganadilar. I jtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. I shlab chiqarish mehnatiga qo`shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo`ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga solishni taqozo etadi. Sinf rahbarligi kursi bilan maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasi kursi bir-biriga boo`liq va uning davomiyligidir. Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o`quvchilar turli qo`Hanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni o`rganadilar, o`z-o`zini tekshirish uchun turli ma'lumot va tayanch materiallarini jalb etish ko`nikmalarini egallaydilar. Direktor o`rinbosarining faoliyati o`z ifodasini topadigan hujjatlar ro`yxati Xalq ta'limi vazirligi tomonidan doimiy ravishda berib boriladi. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo`lgan barcha g`oyalar qaytadan ishlab chiqiladi. O`quvchi yoshlami hozirgi zamon ma'naviyati bilan ongini suo`orishi, ya'ni singdirishi kerak. o`quvchilarni qadriyatlarimiz asosida, urf -an'analarimiz asosida tarbiyalash har bir o`qituvchining vazifasidir. O`quvchi atrofini o`rab turgan vositalar, yaxshi-yomon odatlar, o`qituvchilar, maktabning muhiti, o`quvchilar tarbiyasini to`o`ri, ongli ravishda o`rganishi va qabul qilishi lozim Bunda asosiy e'tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to`plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarur. Tarbiyaning bo`sh maqsadi yosh avlodni ma'naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma'naviy an'analarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir. Download 169.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling