2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
§. To’lov oboroti va uning tuzilishi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
19 y Banklarda hisob va tolov tizimi o qol K N Navrozova T 2005y
3§. To’lov oboroti va uning tuzilishi
Erkin raqobatga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotning o’ziga xos xususiyatlaridan biri davlat mulki yagona bo’lmagan holda rivojlanayotgan turli mulkchilik shakllariga asoslangan tovar ishlab chiqarish va tovar muomalasining mavjudligidir. Tovar muomalasi mavjud ekan, u o’z navbatida korxona va tashkilotlar o’rtasida pulli munosabatlarni, ya’ni hisob-kitoblarni keltirib chiqaradi. Tovar muomalasi va tovar ayirboshlash jarayoni doimo pul harakatini taqozo etadi. Tovar oboroti pul oborotining moddiy asosi bo’lib hisoblanadi, lekin pul oborotining hajmi tovar oborotining hajmidan doimo katta bo’ladi, chunki pul oboroti o’z ichiga tovar ayirboshlashdan tashqari boshqa munosabatlarni ham oladi. Masalan, pulli munosabatlar va pulli hisob-kitoblar quyidagi hollarda yuzaga keladi: - bank muassasalari, aholi va turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi kredit munosabatlarida; - xalq xo’jaligi tarmoqlarini moliyalashtirishda; - sug’urta fondlari, kompaniyalari bilan munosabatlarda; - jamg’arma fondlari bilan munosabatlarda; - aholi gruppalari o’rtasidagi munosabatlarda; - davlat byudjeti bilan munosabatlarda va hokazo. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda pul oborotiga quyidagicha tavsif beramiz: «Pul oboroti - bu jamiyatda sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlardagi pul mablag’larining har xil shakllardagi harakatidir». Pul oborotidan tashqari to’lov oboroti degan tushuncha ham mavjuddir. To’lov oboroti pul oborotiga nisbatan cheklangan, ya’ni to’lov oboroti pul oborotining bir qismini tashkil etadi. To’lov oboroti pul oborotining bir qismini tashkil etadi. To’lov oboroti asosan xalq xo’jaligida o’tkaziladigan turli to’lovlar bilan bog’liq. Shuning uchun to’lov oboroti bu - pulning to’lov vositasi funktsiyasini bajaruvchi pul oborotidir. Hozirgi kunda pul funktsiyalarining klassik ta’rifi o’zgartilib pulning muomala va to’lov vositasi funktsiyalari birlashtirilib, pulning «to’lov vositasi» funktsiyasi deb yuritilmoqda. Shu bilan bu ikkita funktsiya o’rtasidagi chegara olib tashlanib, pulning to’lov vositasi funktsiyasini bajarishda naqdsiz pullar bilan bir qatorda naqd pullarning ishlatilishi ko’rsatib berildi. Shundan kelib chiqqan, holda to’lov oborotining tuzilishi haqida fikr yuritib ko’ramiz. To’lov oboroti pulli munosabatlarda pul formalaridan foydalanish xususiyatlari va to’lov usuliga ko’ra ikkiga bo’linadi: 1. Naqd pulli to’lov oboroti; 2. Naqd pulsiz to’lov oboroti. Buni ushbu sxemada yaqqol ko’rish mumkin: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling