2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
19 y Banklarda hisob va tolov tizimi o qol K N Navrozova T 2005y
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
- To’rtinchidan
Birinchidan, aylanma mablag’larning aylanishining uzluksizligini ta’minlash
lozim g ya’ni xo’jalikda ishlab chiqarishning rivojlanishiga to’siq bo’lmasligi kerak. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tegishli bo’lgan mablag’lar doimiy harakatda bo’lishi kerak. Ularning doimiy ravishda doiraviy aylanishda bo’lishi naqd pulsiz hisob-kitoblarning ijobiy ta’siri natijasida bo’ladi. Ikkinchidan, naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning muddatliligi deb qarash mumkin. Bu talabning mohiyati shundan iboratki, naqd pulsiz hisob- kitoblarni amalga oshirish vaqt jihatidan ularning ma’lum bir davrda yoki ma’lum bir muddatda amalga oshirilishini taqoza qiladi. Ularni amalga oshirish vaqti qanchalik kam bo’ladigan bo’lsa g naqd pulsiz hisob-kitoblar shunchalik tez amalga oshirilsa, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bo’lgan mol etkazib beruvchilar, xizmat ko’rsatuvchilar va iste’molchilar o’rtasida molni etkazib berish va ularning pulini undirib olish shunchalik qisqa va tez muddatlarda amalga oshirilsa, naqd pulsiz hisob-kitoblarning samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi. Uchinchidan, to’lovlarni amalga oshirishdagi javobgarlik masalasi hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning amalga oshirishning oldiga qo’yilgan bu talab ham naqd pulsiz hisob-kitoblarning mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Bu talabning mavjud bo’lishi yuqoridagi ikki talabning bajarilishida o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda javobgarlikning bo’lishi pul mablag’larining doiraviy aylanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Javobgarlikning bo’lmasligi aksincha, mablag’larning kunlarda aylanishini sekinlashtiradi. Mablag’lardan etarli darajada samarali foydalanmaslik oqibatida noto’lovlarning haddan tashqari oshib ketishiga, pirovardida mamlakat 22 iqtisodiyotining izdan chiqishiga olib keladi. To’rtinchidan, majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. Bu talab naqd pulsiz hisob-kitoblarning amalga oshirilishida majburiyat shartining ya’ni shartnoma shartlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish imkoniyatining mavjud ekanligidir. Shu narsani ta’kidlab o’tish joizki, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’lovlarni o’z vaqtida o’tkazilishi va tijorat banklari vakillik varaqalari holati bo’yicha nazorat o’rnatgan. Bank vakillik varaqalarida mablag’ning etarli bo’lmasligi yoki boshqa sabablarga ko’ra o’z mijozlari talabini bajara olmasa tijorat banklariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko’riladi. Bizning mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini Markaziy bank belgilaydi va ushbu tartibning bajarilishi bo’yicha nazorat olib boradi. Amaliyotda bunday tartibning joriy etilishi butun respublika miqiyosida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling