2 Bob. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va noto’lovlar muammosi. 1§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi
Download 295.73 Kb. Pdf ko'rish
|
2 Bob. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va noto’lovlar muammosi. 1§. N
60 vaziyatdan kelib chiqqan holda biror usullarni tadbiq etish ketma-ketligini chuqur anglash lozim. Sotuvchi va xaridor o’rtasida uzoq muddatli shartnomalarning va aloqalarning mavjud bo’lganligiga qaramay, sotuvchi o’z navbatida xaridorning to’lov qobiliyati, moliyaviy natijalari va umumiy ahvoli haqida muntazam ravishda ma’lumotga ega bo’lishga intilishi lozim. Sotuvchi o’z navbatida xaridor bilan uzoq muddatli hamkorlikka tayyorligi va xaridorning muvaffaqiyatli rivojlanishi tarafdorligini bildirib turishi maqsadga muvofiqdir. Shunda xaridor ham sotuvchiga nisbatan do’stona munosabatda bo’ladi va sotib olingan tovarlar uchun to’lovlarni kechiktirish mumkin bo’lgan sabablarni sotuvchidan yashirmaydi. Muddati o’tgan qarzdorlikni vujudga kelishini oldini olishning eng maqbul va zamonaviy usullaridan biri, bu sotuvchi va xaridorning qarzdorlikni birga bartaraf etishni amalga oshirilishidir. Shunday qilib, yuzaki qaraganda qanchalik asossiz bo’lib tuyulsa ham sotuvchi va xaridor orasidagi hamkorlik hamda do’stona munosabatlar muddati o’tgan qarzdorlikni bartaraf etish va vujudga kelishining oldini olishdagi eng tezkor va samarali yo’l bo’lib hisoblanadi. Xo’jalik faoliyatida uchraydigan hamma holatlarni hisobga olish qiyin. Shuning uchun, quyida sanab o’tilgan muddati o’tgan qarzdorlikni vujudga kelishining oldini olish va bartaraf etish usullari tadbirkorlarga mavjud muammoni hal etishda o’z ish strategiyasini ishlab chiqishda qo’l keladi. Chunki kapitalning aylanish tezligini oshirish va xaridorlarning qarzdorligini kamaytirish tadbirkorlik faoliyatining asosiy tamoyillari bo’lib hisoblanadi. Ushbu muammoni atroflicha va sistematik ravishda ko’rib chiqish maqsadida, xo’jalik faoliyatida uchraydigan barcha holatlarni katta bloklarga bo’lish mumkin: I Sotuvchi va xaridor orasida uzoq muddatli munosabatlarga asoslangan xo’jalik aloqalari (xom-ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtpyot qismlarni etkazib berish); II Xom-ashyo materiallar, butlovchi qismlar etkazib berish va bajarilgan xizmatlarni bajarish uchun jismoniy shaxslar bilan tuzilgan yakka shartnomalar; III Etkazib berilayotgan asbob-usukunalar, transport vositalari, hisoblash va boshqa texnikani xaridorlar asosiy fondlar sifatida ishlatish hollari. Har bir bloklar bo’yicha alohida vaziyatlarni ko’rib chiqamiz. A. Sotuvchi va xaridorlar orasida uzoq muddatli kooperatsiyaga asoslangan xo’jalik aloqalari (xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, butlovchi qismlarni etkazib berish); Ushbu holat uchun, ikki tomonlama yaxshi aloqalar, sheriklarni bir-birini yaxshi bilishlari, o’zaro ishonch va hamkorlik alomatlari xosdir. Bunda, keyinchalik ham o’zaro foydali hamkorlikni amalga oshirish hamda tovaroborotni ko’paytirish maqsadida, avvalam bor sotuvchining manfaatini ko’zlagan holda, xaridorlarga nisbatan oldindan to’lash, bo’nak to’lovlari va hatto akkreditiv kabi to’lov shakllari ishlatilishi tavsiya etilmaydi. Quyida sotuvchi va xaridorning ushbu blokka kiritilgan vaziyatlardagi amalga oshiradigan tadbirlari sanab o’tilgan: A.1. Xaridorda ma’lum bir moliyaviy qiyinchiliklarning vujudga kelganida, sotuvchi tomonidan tijorat krediti berilishi maqsadga muvofiqdir. Bu vaziyatda tijorat kreditini 61 qo’llanilishiga sabab shuki, ikkala tomon vaziyatdan kelib chiqqan holda to’lov muddati va summasini muvofiqlashtirishlariga imkoniyat tug’iladi. Tijorat krediti qo’llanilganida, xaridor kredit hisobidan olingan tovarlardan (xom- ashyodan) tayyorlangan o’z mahsulotini sotishdan kelib tushgan tushum hisobiga o’z moliyaviy ahvolini yaxshilab oladi, sotuvchi esa o’z navbatida xaridorni yo’qotmagan holda kredit operatsiyasidan tushgan foizlar ko’rinishidagi foydaga ham ega bo’ladi. A.2. Xom-ashyo, yarimfabrikatlar hamda butlovchi qismlarni doimiy va bir maromda etkazilib turilishi holatida sotuvchi bank muassasasi bilan faktoring xizmatlarini ko’rsatish haqidagi shartnoma imzolashi mumkin. Shunda ushbu muassasa qarzlarni undirish majburiyatini o’z bo’yniga oladi. Tovarlar ortib jo’natilishiga qarab o’z mablag’larini olib turadi. Hozirda banklararo vakillik aloqalarining mavjudligi, ayniqsa agar faktoring xizmatlarini ko’rsatayotgan bank muassasasi va qarzdor shaxsning banki orasidagi vakillik aloqalari mavjud bo’lsa, bank muassasasi tomonidan qarzdorlini undirish borasidagi imkoniyatlari ko’proq. Ammo bu holda sotuvchi tashkilot faktoring xizmatlari haqini to’lashga majbur bo’ladi hamda korxonaning kapitalning aylanish tezligining oshganlini, debetorlk qarzdorlikni undirish xarajatlarining kamayishi, kredit olish ehtiyojining kamayishi va bank bilan muomala shakllarining osonlashuvidan keladigan foyda miqdori faktoring xizmatlari haqidan yuqori bo’lgandagina o’z samarasini beradi. A.3. Yuqorida sanab o’tilgan usullarning hammasi xaridor tomonidan muddati o’tgan debetorlik qarzdorligini vujudga kelishini oldini olishda hamda xaridor tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarning mavjudligi holatlarida ham ma’lum muddatdan so’ng to’lovlarni amalga oshirilishi qo’llanilishi mumkin. Agar xaridor surunkali ravishda o’z majburiyatlarni buzsa, u holda sotuvchi nufuzli va baquvvat moliyaviy muassasalarining to’lov amalga oshirilishini kafolatlovchi xatlarini talab qilishi mumkin. B. Xom-ashyo, materiallar, butlovchi qismlar etkazib berish va bajarilgan xizmatlarni bajarish uchun tuzilgan yakka shartnomalar; Ushbu turdagi xo’jalik aloqalarida, sotuvchi va xaridor o’zaro oldi-sotdi operatsiyalarini birinchi marotaba amalga oshiradilar, ayniqsa bunday holatlar yangi tuzilgan tashkilotlar bilan kuzatiladi. Shuning uchun sotuvchi o’z xaridori haqida hech qanday ma’lumotga ega bo’lmaydi. Bunday holatlarda quyidagi ko’rsatilgan usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. B.1. Vaziyat: sotish hajmi kichik, xaridor sifatida jismoniy shaxs qatnashishi mumkin. Bunday holatda hisob-kitob naqd pul yoki cheklar yordamida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Biroq, xaridorning kimligi noma’lum bo’lib uning yana bir bor qaytib kelishi noma’lum va to’lov summasi unchalik katta bo’lmagan holatlarda, u taqdim etayotgan cheklarning pul bilan ta’minlanganligini tekshirib ko’rilishi lozim. Buning uchun xaridordan unga xizmat ko’rsatuvchi bankdan og’ zaki yoki yozma ravishda bankdagi hisob raqamida qancha pul mavjudligini bilish kifoyadir. Agar sotuvchi cheklar bilan hisob-kitob shaklini xush ko’rmasa, xaridordan naqd pul, kredit kartochkalari orqali hisob-kitob qilinishini talab qilishi lozim. B.2. Vaziyat: ulgurji savdo. 62 Bunday hollarda faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshirilishi lozim. Xaridor haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud bo’lmagan hollarda to’lov amalga oshirilishini yuz foizga kafolatlovchi akkreditiv to’lov shaklida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Biroq, agar xaridorning to’lov majburiyatlarini vaqtida amalga oshirmasligi haqidagi ma’lumot mavjud bo’lsa, bo’nak yoki oldindan to’lov shakllari ishlatilgani maqsadga muvofiq. Xaridor akkreditiv va oldindan to’lov shakllarini amalga oshirolmasligi va uning to’lov qobiliyati haqida etarlicha ma’lumot mavjud bo’lmasa, sotuvchi xaridordan o’zgacha kafolatlarni talab qilish huquqiga ega. Aks hollarda xaridorlarni va bozorni yo’qotish ehtimoli kattadir. To’lov amalga oshirilishini kafolatlovchi quyidagi hujjat shakllari mavjud: •mashhur, ulkan va ishonchli tashkilotlarning to’lov amalga oshirilishini kafolatlovchi xatlari; •garov; •kafillik. Kerakli hollarda xaridor veksellardan foydalinishi mumkin, bu hollarda vekselni olgan shaxs ehtiyoj sezilganida vekselni diskontlash asosida bankka o’tkazishi va tegishli pul mablaglarini olishi imkoniyatiga ega bo’ladi. Biroq, agar bankning veksel bergan shaxsning to’lov qobiliyatiga shubxasi bo’lsa, bank vekselga avaliyatlarning imzosi qo’yilishini talab qilishi mumkin. Shunday holat yuzaga kelmasligi uchun vekselni taqdim etayotgan shaxsdan vekselda avalistning imzosini mavjud bo’lishi talabi quyiladi. Bunda boshqa variantlar ham mavjud. O’z tovari evaziga olingan vekselni sotuvchi o’z kreditorlari bilan hisob-kitob vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. B.3. Vaziyat: xaridor to’lov amalga oshirishda o’z majburiyatlarini vaqtida bajarmayapti. Bu hollarda debetorlik qarzdorligini qisqartirish va bartaraf etish borasida quyidagilarni amalga oshirishlari mumkin: Birinchidan, xaridorga qarzdorlikni tijorat krediti sifatida rasmiylashtirishini taklif qilish mumkin, agar: •xaridor kredit muddati mobaynida etkazib berilgan va hali to’lovi amalga oshirilmagan to’lovlarni amalga oshirishga rozi bo’lsa; •xaridor yaqin vaqt oraligida vaqtinchalik moliyaviy tang ahvolini bartaraf etishi va to’lov qobiliyatiga ega bo’lishiga ishonch bo’lsa. Ikkinchidan, sotuvchining zudlik bilan pul mablaglariga ehtiyojini qondirish uchun qarzdorlikni diskontlab sotib yuborishi mumkin. Ushbu qarzdorlikni sotib olayotgan shaxs qarzdorlikni uzilishiga ishonchi bo’lishi lozim. Umuman, hozirgi kunda noto’lovlar, eng dolzarb muammolardan biri bo’lib, bu muammoni bartaraf etishning yagona yo’li yo’q. Noto’lovlar, ya’ni debetorlik va kreditorlikni qarzdorlikning umuman yo’q qilish mumkin bo’lmay ularni kamaytirish bo’yicha har bir holatda alohida yo’lni tanlash nafaqat alohida xo’jaliklar, balki butun iqtisodiyot uchun foydalidir. 1. Tayanch iboralar 2. Pul oboroti 3. Naqd pul oboroti 4. Naqdsiz pul oboroti 63 5. Tovar operatsiyalari 6. Notovar operatsiyalari 7. Aktsept 8. Akkreditiv 9. Inkasso 10. Talabnoma 11. Topshiriqnoma 12. Aktseptsiz to’lovlar 13. Aktsept muddati 14. Rejali to’lovlar 15. To’lov topshirig’i 16. Inkasso topshirig’i 17. Xujjat rekvizitlari 18. Xujjat nusxalari 19. Elektron hujjat 20. Debet 21. Kredit 22. Depozit 23. Depozit hisobvaraq 24. Noto’lovlar 25. Reestr 26. Kartoteka 27. Xujjatlar aylanishi 28. Sxemasi Download 295.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling