2 Bob. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va noto’lovlar muammosi. 1§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi
d) Cheklar bilan hisob-kitob qilish tartibi
Download 295.73 Kb. Pdf ko'rish
|
2 Bob. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va noto’lovlar muammosi. 1§. N
d) Cheklar bilan hisob-kitob qilish tartibi.
48 O’zbekiston Respublikasi banklari xo’jalik sub’ektlari va aholi o’rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar o’tkazishda cheklardan foydalanish mumkin. Aholiga banklar tomonidan chakana va kooperativ savdo hamda xizmat ko’rsatish tashkilotlari bilan tovarlar va bajarilgan hizmatlar bo’yicha hisob-kitob qilish uchun cheklar beriladi. Hisob-kitob cheki bu hisobvaraq egasi (chek beruvchi) o’z hisobvarag’idan oluvchining (chek egasi) hisobvarag’iga chekda ko’rsatilgan summadan mablag’larni o’tkazib berish uchun bankining maxsus blankasida bankka bergan topshirig’idir. Chek blankalari tipografik yo’l bilan tijorat banklari buyurtmasiga ko’ra ularning faoliyati uchun etarli bo’lgan miqdorda tayyorlanadi. Bunda cheklar belgilangan namunadagi 0505411005 shaklda har bir bank uchun alohida bo’lgan bank nomi va firma belgisidan tashqari barcha zaruriy rekvezitlarga ega bo’lishi shart. Hisob-kitob cheklarini yozib berishda ularning boshlang’ich summasini tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda aniqlanib, yuqori summasi Respublika Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Chekning amal qilish muddati esa tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi. Cheklar omonat qo’yuvchi jismoniy shaxsning depozit hisobvarag’ida saqlanayotgan mablag’lar hisobiga yoki topshirilgan naqd pul summasiga beriladi. Hisob-kitob cheki 2 qismdan iborat: -birinchi qismi hisob-kitob cheki; -ikkinchi qismi koreshok. Chekning koreshogi chekning birinchi qismida ko’rsatilgan summalarini tasdiqlash uchun belgilangan nazorat raqamlarini o’z ichiga oladi. Bank xodimi hisob-chekini berishda kuyidagi rekvezitlarni to’ldirib berishi lozim: -chek berilgan sana; -chek bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan summani raqamlar va so’z bilan; -hisob-kitob chekiga nomi yozib berilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; -uning pasportining seriyasi va nomeri; -chek beruvchining depozit hisobvarag’i nomeri; -chek bergan bank bo’limining nomi va kodi; -chekning amal qilish muddati. Ko’rsatib o’tilgan barcha rekvezitlar to’ldirilgan so’ng, bankning mas’ul xodimi hisob-kitob cheki va koreshokka imzo qo’yadi va hisob-kitob chekining kesish chizig’ida qolgan sonlar hisob-kitob cheki summasiga mos kelishi uchun hisob-kitob cheki nazorat sonlar hoshiyasi bo’ycha koreshokni ajratadi hamda muhr bilan mustaxkamlaydi. Shundan so’ng, chek oluvchi mijoz chekni olganligi haqida koreshokka o’z imzosini ko’yadi. Bankning mas’ul xodimi alohida daftarga hisob-kitob chekining seriyasi, nomeri, nomiga chek yozib berilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va chek summasini yozib qo’yishi lozim. Bunda ushbu chek omonat bo’yicha hisobvaraqda saqlanayotgan mablag’lar yoki depozit hisobvaraqdan ko’chirilgan yoxud naqd pullarda qo’yilgan mablag’lar hisobiga berilganligini alohida ko’rsatib o’tishi shart. 49 Bank chek berganda jismoniy shaxsning arizasiga ko’ra chekning summasiga 20206 «Jismoniy shaxslarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari» alohida hisobvarag’ini ochadi va to’lovlar mana shu hisobvarag’dan amalga oshiriladi. Mas’ul bank xodimi barcha rasmiylashtirish ishlarini bajargandan so’ng chekni koreshogi bilan birgalikda kassirga beradi. Kassir mas’ul ijrochidan barcha zaruriy hujjatlarni olgandan so’ng avvalo, hujjatlarda bajarilgan yozuvlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi va ularni imzolaydi. Agar hisob-kitob cheki naqd pul hisobidan rasmiylashtirilgan bo’lsa, chekni oluvchidan naqd pullarni va chek uchun to’lovni qabul qiladi. Pulning to’g’rililiga ishonch hosil qilgach, chek va omonat daftarchasining alohida belgilangan joyga o’z imzosini qo’yib chekni omonat daftarchasi bilan birgalikda hisob-kitob chekni oluvchiga topshiradi. Chekning koreshok qismi esa operatsion kun oxiriga qadar kassirning o’zida qoladi. Operatsion kun oxirida bank kassiri banderollardagi hisob-kitob-cheklarining koreshoklarida belgilangan rekvezitlar bilan, naqd pullarda qabul qilingan summani va omonatlar bo’yicha hisobvaraqlardan hisobdan chiqarilgan summani ko’rsatadi. Shundan so’ng chek koreshogini mas’ul ijrochiga topshiradi. Hisob-kitob chekini rasmiylashtirish davrida xatoga yo’l qo’yilishi mumkin. Agarda hisob-kitob-chekini to’ldirishda xatoga yo’l qo’yilsa, unda ushbu chek varaqasi buzilgan hisoblanadi va uning o’rniga hisob-kitob chekining yangi varaqasi to’ldiriladi. Bunday hollarda hisob-kitob cheki quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi: -xarflar bilan yozilgan «Hisob-kitob» so’zidan bir qismi qirqib olinadi; -chek varaqasining o’rtasiga «buzilgan» degan ustxat yoziladi va ushbu yozuv yozilgan sana ko’rsatiladi; -chek varag’iga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzo qo’yiladi. Tijorat banklarida qabul qilingan cheklarning hisobi qimmatbaho blanklarning xarakati hisobini yuritishga doir daftarda olib boriladi va balansdan tashqari ko’zda tutilmagan holatlar bo’yicha 93609 «Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar» hisob varag’ida hisobga olib boriladi. Shu kun davomida ishlatilgan chek varaqalari chiqim orderi bo’yicha 93609 «Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar» hisob varag’idan hisobdan chiqariladi. Chekni olgan jismoniy shaxs sotib olayotgan tovari yoki ko’rsatilgan xizmat uchun hisob-kitob cheki bilan hisob kitob qilishi mumkin. Hisob-kitob chekini qabul qilish vakolatiga ega bo’lgan savdo tashkiloti xodimi mahsulot to’lovi uchun chekni qabul qilayotganda chek belgilangan namunadagi blankada rasmiylashtirilganligini nazorat raqamlari chekda yozilgan summaga muvofiqligini, chek muddati o’tkazib yuborilmaganini, unda bank bo’limi muhrning aniq izi va bank xodimlarining imzosi mavjudligini tekshirib ko’radi. Shu bilan birga, chek beruvchining pasportini ham olib chekda ko’rsatilgan pasport seriyasi va nomerlari bilan solishtirib ko’radi. Chek bo’yicha tekshiruv bajarilgandan so’ng hisob-kitob chekining orqa tomoniga savdo xodimi savdo tashkilotining belgisini ko’yadi. Chek mahsulot uchun to’lov sifatida qabul qilingan bo’lib hisoblanadi. Hisob-kitob cheki savdo tashkilotlari tomonidan naqd pulga almashtirilmaydi. Lekin, sotib olinayotgan maxsulot qiymati chekda ko’rsatilgan summadan kam bo’lsa, bu holda savdo tashkiloti ushbu chek summasining 25 foizdan oshmagan mikdordagi qiymatini qaytim sifatida qaytib beradi. 50 Mahsulot uchun to’lov sifatida qabul qilingan cheklar savdo tashkilotlari tomonidan ularda xizmat ko’rsatuvchi bank bo’limlariga pul tushumi bilan birga inkassatorlar orqali topshiriladi, ya’ni inkassatorlar belgilangan vaqtda bankka kelib savdo tashkiloti xodimlari tomonidan tayyorlab quyilgan inkassatorlik xalta yoki sumkalarni olib ketadilar. Ushbu sumkalarga oldindan pul tushumi bilan birga hisob- kitob cheklari joylashtirilgan bo’ladi. Bank tomonidan qabul qilingan cheklar bo’yicha to’lovlar kuyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. Chek egasi va chek beruvchiga bitta bank bo’limida xizmat ko’rsatilganda: -chek summasi savdo tashkilotining hisob varag’i krediti va «Inkassatsiya qilingan pul tushumlari va cheklar» hisob varag’i orqali chek beruvchining hisob varag’ining debetidan o’tkaziladi. Chekning asl nusxasi bank mas’ul ijrochisining imzosi, bankning to’rtburchak muhri izi tushirilan va qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi. 2. Chek egasi va chek beruvchiga turli bank bo’limlari xizmat ko’rsatsa: -chek egasining banki chekda ko’rsatilgan summani qabul qilingan chekka asosan chek beruvchining hisobvarag’iga o’tkazib beradi. Bir vaqtning o’zida tijorat banklarining elektron hisob-cheklari elektron to’lov tizimi orqali chek beruvchining bankiga jo’natiladi. Chekning asl nusxasi mas’ul ijrochi tomonidan imzo qo’yilgan, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning to’rtburchak muhr izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi. Chek beruvchi banki elektron to’lov tizimi orqali elektron hisob-kitob chekini qabul qilib oladi. Bu bankda chek summasi elektron hisob-kitob cheki asosida dasturiy yo’l bilan avtomatlashtirilgan tarzda chek beruvchining hisobvarag’idan hisobdan chiqariladi. Elektron chek bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo qo’yilgan, bankning to’rtburchak muhr izi tushirilgan hamda to’lov amalga oshirilgan sana ko’rsatilgan holda bankning kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi va belgilangan tartibda saqlanadi. Foydalanmagan hisob-kitob cheki qaytib bankka topshirilishi mumkin. Foydalanmagan hisob-kitob cheklari banka taqdim qilinganda bankning mas’ul ijrochisi avvalo chekning haqiqiyligini va hujjatni ko’rsatuvchi shaxsning pasporti bilan tekshirib ko’radi. Agar chek xaqiqiy va shu pasport egasiniki bo’lsa, chekni yuz tomonida quyidagi mazmundagi ustxatni yozadi: «№________ hisob varaqqa o’tkazing». Shundan so’ng hisob-kitob cheki bankning bosh buxgalteriga beriladi, pasport esa egasiga qaytariladi. Bank bosh buxgalterining ruxsati asosida chekda ko’rsatilgan summa bank buxgalteriyasida chekda ko’rsatilgan hisobvaraqqa o’tkazib beriladi. Download 295.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling