2-bob. Tadbirkorlik huquqi subyektlari
Download 23.2 Kb.
|
2-Mavzu Tadbir(Biznes)huquqi sub\'ektlari Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Tadbirkorlik huquqi subyektlari tushunchasi, belgilari va tasnifi.
2-BOB. TADBIRKORLIK HUQUQI SUBYEKTLARI 1.Tadbirkorlik huquqi subyektlari tushunchasi, belgilari va tasnifi. 2.Tadbirkorlik huquqi subyektlari faoliyatini tashkil qilish, davlat ro’yxatidan o’tkazish va tugatish. 3.Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik huquqining subyekti sifatida. 4. Tadbirkorlik huquqining subyekti sifatida davlat. Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar Bobni o’zlashtirish uchun testlar 1.Tadbirkorlik huquqi subyektlari tushunchasi, belgilari va tasnifi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tushunchasi va maqomini aniqlash uchun avvalambor “huquq subyekti” va “fuqarolik huquqi subyekti” tushunchalarining mohiyatini chuqur anglab olish lozim bo’ladi. Huquq subyekti keng huquqiy kategoriya hisoblanib, uning tarkibiga amaldagi qonun hujjatlariga binoan huquq va majburiyatlarga ega bo’lgan ijtimoiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari kiradi. O’z navbatida har bir huquq tarmoining o’z subyektlari (davlat huquqida – saylovchilar va saylanuvchilar, mehnat huquqida - ish beruvchi va xodim, moliya huquqida - soliq to’lovchi va soliq organi hamda boshqalar) bo’lganidek, tadbirkorlik huquqining ham o’z subyektlari bor. Fuqarolik huquqining barcha subyektlari yagona “shaxslar” degan umumiy nom bilan ifodalanadi. “Shaxslar” ham o’z navbatida uch guruhga bo’linadi: birinchisi, fuqarolar (jismoniy shaxslar) bo’lib, ular O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar; ikkinchisi, yuridik shaxslar bo’lib, ular foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo’lmagan tashkilotlar) hisoblanadi. Ular O’zbekiston Respublikasi, chet el yoki aralash (qo’shma) korxonalar shaklida bo’lishi mumkin; uchinchisi, davlat bo’lib, u alohida subyekt sifatida bevosita o’z nomidan, shuningdek uning nomidan ma’muriy hududiy tuzilmalar yoki davlat organlari ishtirok etishlari mumkin. (O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 2-bo’lim) Download 23.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling