2-bob. Tadqiqot ob’ekti va usullari to‘qimachilik materiali
III BOB QUYUQLASHTIRUVCHI POLIMER KOMPOZITSIYALAR QOVUSHQOQLIGINI О‘RGANISH
Download 204.88 Kb.
|
Murodov Doston MDM (Автосохраненный)
III BOB
QUYUQLASHTIRUVCHI POLIMER KOMPOZITSIYALAR QOVUSHQOQLIGINI О‘RGANISH Bizga ma’lumki xalq xо‘jaligining turli sohalarida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari, ayniqsa ipak va paxta tolasi asosidagi aralash tо‘qimachilik materiallariga bо‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Bu esa о‘z navbatida pardozlash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifatli koloristik xususiyatiga ega bо‘lishini, dunyo andozalariga mosligini, о‘ta nozik va xaridorgir bо‘lishligini talab etadi[1-6]. Aynan shu sababli tо‘qimachilik va yengil sanoati korxonalari ishlab chiqarish jarayonini texnologik nuqtai nazardan takomillashtirish, qо‘llanilib kelinayotgan kimyoviy ingrediyentlarni raqobatbardosh import о‘rnini bosuvchi, mahalliy xomashyoga asoslangan holda ularni qо‘llashning ilmiy va amaliy aspektlarini yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda yangi turdagi mahalliy xomashyolarga asoslangan quyuqlashtiruvchilar tarkibini ishlab chiqish, fizik-kimyoviy va reologik xossalarini о‘rganish hamda uni ipak va paxta tolasi asosidagi matolarga gul bosish jarayonida qо‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda matolarga gul bosishda bо‘yoqlarni quyuqlashtiruvchi mahsulotlarga nisbatan mos keluvchi ya’ni bir-biriga nisbatan yuqori moyillikka ega bо‘lgan maxsus tanlab olingan ingrediyentlarni saqlovchi suvda eruvchan sistemalar asosidagi kompozitsiyalarning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada oksidlanagan kraxmal (OK), polivinilatsetat(PVA) va akril emulsiyasi(AE)dan iborat tabiiy va sintetik polimerlar asosidagi quyuqlashtiruvchilar ma’lum ma’noda ilmiy va amaliy qiziqish uyg‘otadi. Bunda tarkibida poliakril va uning hosilalarining natriyli barqaror polielektrolitlaridan iborat suvda eruvchan polimerlar yengil sanoat uchun sifatli quyuqlashtiruvchi olish maqsadida foydalanish mumkin. Quyuqlashtiruvchi polimer kompozitsiyaning qovushqoqligi sistemaning asosiy kо‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi, u belgilangan qiymat chegaralarida bо‘lishi va mato sirtida bezak konturini tegishli chegarada saqlash hamda bо‘yoqning maksimal darajada matoga singishini ta’minlash hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ularning qovushqoqligi, oquvchanligi va tiksotrop tiklanishi kabi fizik-kimyoviy xossalarini о‘rganish maqsadida tajribalar olib borldi. Tadqiqotlar asosan kompozitsiya tarkibidagi komponentlarning turli konsentratsiyalari hamda haroratning turli oraliqlarida о‘zgarishi о‘rganildi. Shuni ta’kidlash joizki, matoga bosilgan gul sifati asosan quyuqlashtiruvchi va bо‘yovchi moddalar aralashmasining reologik xossalariga bog‘liq bо‘ladi. Shularni inobatga olib keyingi tajribalarimizda ishlab chiqilgan turli tarkibdan iborat quyuqlashtiruvchilarning reologik xossalarini о‘rganish orqali quyuqlashtiruvchi bilan bо‘yovchi aralashmasining optimal tarkiblari aniqlandi. Ushbu tajribalarni olib borishdan asosiy maqsad import о‘rnini bosuvchi mahalliy xomashyolarga asoslangan quyuqlashtiruvchilar tarkibini ishlab chiqish hisoblanadi. Quyuqlashtiruvchilarning reologik xossalarini о‘rganish sistemasining struktura hosil qilish xususiyati, tashqi siljish kuchlari ta’siri ostida qovushqoq oqimning hosil bо‘lishligi kо‘rish mumkin. Shularni inobatga olib ushbu maqolada suvda eruvchan tabiiy va sintetik polimerlar asosida aralash tolali(ipak va paxta) matolarga gul bosishda quyuqlashtiruvchilar tarkibini ishlab chiqish, olingan sistemaning fizik-kimyoviy va reoloik xossalarini о‘rganish natijalari keltirilgan. Olingan natijalardan kо‘rinadiki (1-rasm), kompozitsiyaning solishtirma qovushqoqligi asosan quyuqlashtiruvchi sistema tarkibidagi komponentlar konsentratsiyasi va tabiatiga bog‘liqligi aniqlandi. Qovushqoqlik 303 K haroratda aniqlandi. Kompozitsiya qovushqoqligi nafaqat oksidlangan kraxmal miqdoriga balki quyuqlashtiruvchi tarkibidagi PVA yoki AE miqdoriga ham bog‘liq. PVA yoki AE konsentratsiyasi ortib borgan sari eritma qovushqoqligi bir maromda ortib borishi kuzatildi. Masalan kraxmal konsentratsiyasi 5,0 % bо‘lganda qovushqoqlik 38,74 Pa∙s ni tashkil qilgan bо‘lsa, kraxmalning shu miqdordagi eritmasiga kraxmal massasiga nisbatan 4,0 % PVA qо‘shilganda qovushqoqlik 53,54 Pa∙s ga qadar ortadi. Download 204.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling