2-bob tortuv harakat tarkibining qoldiq resurslarini baholash bo‘yicha mavjud usul va yondashuvlar tahlili
TЭМ2 seriyali lokomotivning metall konstruktsiyalarining charchoqqa chidamliligi va uzoq muddat xizmat qilishini hisobiy baholash
Download 135.49 Kb.
|
2 Bob
2.2 TЭМ2 seriyali lokomotivning metall konstruktsiyalarining charchoqqa chidamliligi va uzoq muddat xizmat qilishini hisobiy baholash
Hozirgi vaqtda texnika sohasidagi turli xil ko‘rinishdagi metall konstruksiyalarining charchoqqa chidamlilik chegarasini va uzoq muddat xizmat qilishini baholash muammolarini hal qilishga imkon beruvchi dasturiy vositalar mavjud. Ushbu vositalar qimmat eksperimental tadqiqotlar natijasida olinadigan katta miqdordagi statistik ma’lumotlarni talab qiladi. Ularni amalga oshirish esa ayni vaqtda murakkab xisoblanadi. Shu sababli, katta xarajatlarni talab qilmaydigan va mavjud dastlabki ma’lumotlarning minimal miqdoridan foydalanadigan ushbu ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun baholash usullarini ishlab chiqish yo‘llarini topish bilan bog‘liq yo‘nalish o‘z dolzarbligini yo‘qotmadi. Taklif etilayotgan ishda bunday hisob-kitob vositalari O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarining harakatlanuvchi tarkibi uzellariga nisbatan shakllantiriladi. Tabiiyki, charchoqqa chidamlilik va uzoq muddat xizmat qilishi, birinchi navbatda, metall konstruksiyalariga ta’sir etadigan kuchlanishlarga bog‘liq. Kuchlanishlarga qo‘shimcha ravishda, uzellarni materiallarning mexanik xususiyatlari, uzellarning geometriyasi, ularni ishlab chiqarish texnologiyasi va sifati muhim rol o‘ynaydi. Temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibining metall konstruksiya qismlariga ta’sir qiluvchi konstruktsiyalarning massasi tufayli yuqori darajadagi statik kuchlanishlarni qabul qilishi bilan xarakterlidir. Lokomotivlar uchun statik kuchlanishda ularning og‘irligi muhim axamiyat kasb etadi. Uning mohiyati shundaki, u metall konstruksiyalarda harakatlanishda, shu jumladan yo‘l bo‘ylab nosimmetrikliklar tufayli dinamik ta’sirni hisobga oladi. Manyovr lokomotivlarining metall konstruksiyasiga ta’sir etadigan dinamik kuchlanishlarga bog‘liq. Bundan tashqari, ko‘rinib turibdiki, yo‘lning notekisligi bo‘ylab harakatlanish natijasida yuzaga keladigan dinamik kuchlanishlar tasodifiy xususiyatga ega va buning natijasida hisoblash amaliyotida ehtimollik hisoblash usullaridan foydalanish tendentsiyasi mavjud. Ishonch bilan aytish mumkinki, dinamik kuchlarning dominant komponenti harakatlanuvchi tarkibning ikki rels bir-biri bilan ulangan joy bo‘ylab o‘tishi bilan bog‘liq. Manyovr ishlarni bajaruvchi tarkib uchun qo‘zg‘atuvchi ta’sir bu tezlikning yuqori emasligi hisoblanadi. Hisob-kitoblarni ishlab chiqishda ushbu omilga asosiy e’tibor qaratilgan. Zamonaviy dasturiy ta’minot tizimida bajarilgan sinovlardan ko‘rinib turibdiki, relsli yo‘llarda harakatlanuvchi tarkib uzellari ikki rels ulangan joylarida eng katta tezlanishni ta’sirida bo‘ladi. Ushbu tezlanishlar, asosan, metall konstruksiya uzellarining dinamik qo‘shimcha kuchlanishini aniqlaydi, bu ularda paydo bo‘ladigan shikastlanishlar ko‘payishining asosiy sababidir. Lokomotivlarni dinamika koeffitsientlarini baholash uchun me’yoriy hujjatlarda empirik formulalardan foydalaniladi. Formulalar eksperimental ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida olinadi va ressora osmalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda turli tezliklarda dinamik kuchlarning amplituda qiymatini aniqlash imkonini beradi. Harakatlanuvchi tarkibning xizmat qilish muddati davomida ikki rels ulangan joydan o‘tishi tufayli dinamik kuchlarning amplituda qiymatlarining ta’sir qilish chastotasi haqida ma’lumotlardan foydalangan holda dinamik ta’sirlarning amplitudalari darajasida kerakli qiymatlarni aniqlash imkonini beradi. Dastlabki ma’lumotlar charchoqqa chidamlilikning zaxira koeffitsientini va konstruksiyaning uzoq muddat xizmat qilishini hisoblash uchun foydalaniladi. Dinamik koeffitsient dinamik ta’sirlarning qobiliyatini aks ettiradi va ikki rels ulangan joyda o‘tishida ta’sirlashuv sikllari son qiymatlarini hisoblashni deterministik tuzilishga ega bo‘ladi. Buning uchun dinamika koeffitsienti qiymatlar yordamida hisoblangan bog‘liqliklar orqali aniqlanadi. Agar dinamika koeffitsienti bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar dinamikaning tegishli muammosini hal qilish orqali aniqlansa, bunday narsalarni deterministik deb ataladi. Ma’lumki, statik hisob-kitoblar harakatlanuvchi tarkibning metall konstruksiyali uzellarining eng ko‘p yuklangan joylari haqida ma’lumot olishga yordam beradi. Charchoq hisob-kitoblari nuqtai nazaridan, bu kuchlanishlar o‘rtacha sikl kuchlanishlarini ifodalaydi . Agar bu kuchlanishlar dinamik koeffitsientga ko‘paytirilsa, u holda o‘zgaruvchan kuchlanishlarning amplitudalari olinadi - . Nosimmetrikliklar trigonometrik yaqinlashuvida ikki rels ulangan joydan o‘tishi bilan bog‘liq kuchlanish chastotasi quyidagicha aniqlanadi: (2.1) bu yerda, – manyovr ishlarini bajarish vaqtida maksimal tezlik – relsning uzunligi, Download 135.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling