2. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 151.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi151.42 Kb.
#1417179
  1   2   3   4
Bog'liq
1 - Mavzu



1-Mavzu: mavzu. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining 
predmeti. 
Reja: 
1. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2.Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari 
3. Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot 
Tayanch tushunchalar: Ontogenez, filogenez, sensor, senzitivdavr, 
kognitsiya, kognitiv rivojlanish, yosh dinamikasi, metod, tamoyillar. 
1. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Bolalar psixologiyasi – psixologiya fanining aloxida tarmog‘I bo‘lib, u turli 
yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, bir yosh 
bosqichidan boshqasiga o‘tish qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tugilgandan yetuklik davrigacha 
inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin 
yozganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning 
psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish qobiliyati go’daklikdan yetuklik davrigacha 
murakkablashib va takomillashib boradi. Ushbu jarayonning o’ziga xos 
xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi. Bola 
rivojlanishining turli tomonlarini xar xil fanlar o‘rganadi: 
Tyg‘ilgandan yetuklik davrigacha bola psixik taraqqiyotini o’rganish esa 
psixologik bilimlarning maxsus soxasi –bolalar psixologiyasining zimmasidadir. 
Chunki bolalar psixologiyasi bola psixik tarakqiyotining konuniyatlari
rivojlanishniig turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlar xakidagi fandir. 
L.F.Obuxova ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi fanining predmeti tarixan 
uzgarib borgan.
Bugyngi kunda bolalar psixologiyasi fanining predmeti ontogenezdagi psixik 
anatomiya 
etnografiya 
gigiena 
fiziologiya 
oliynervfaoliyatifizio
logiyasi 


tarakqiyotning umumiy konuniyatlarini, yosh davrlarini, bir yosh davridan 
boshqasiga utishsabablarini aniklashdan iborat Agar pediatr bolalarning jismoniy 
salomatligi bilan shug’ullansa, bolalar psixologi bola psixikasining kanchalik turri 
rivojlanayotgani va faoliyat kursatayotganini, bordi-yu, bu sohada kamchilik bulsa, 
uni nimaning xisobiga kompensatsiyalash mumkinligini o’rganadi. 
Xozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib borishi 
kuzatilmoqda. Bu xodisa bolaning xomila davridagi rivojlanishini tobora chuqurroq 
o’rganish natijasida ruy bermoqda. 

Download 151.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling