Fonematik tahlil. Sintez va fonematik tasavvurlarni tekshirish.
Bu foaliyatni tekshirish bola nutqining barcha tomonlari - lug’at, fonetik ukuv, grammatik to`zilishni rivojlantirish rejasida olib boriladigan logopedik ish uchun zarurdir.
Fonematik tahlilni tekshirish
Bunda bolalarning quyidagi kobiliyatlarini aniqlash zarur:
so`z boshidagi tovushni aniqlash;
so`z ichidan kerakli tovushlarni aniqlash;
juft tovushlarni bir-biridan ajratish: b-p, t-d, s-z, sh-j;
tovushning so`zdagi urnini aniqlash: masalan, so`zda uchinchi bo`lib qanday tovush kelyapti;
tovushning so`zdagi ketma-ketligini aniqlash;
so`zdagi tovushlar sonini aniqlash: masalan, so`zda nechta tovush bor?
Fonematik sintezni tekshirish
Bunda bolalarning quyidagi kobiliyatini aniqlash zarur:
Fonematik tasavvurni tekshirish
Bunda bolalarga quyidagi topshiriqlar beriladi:
berilgan tovush ishtirokida so`z uylab topish;
nomlari oppozision tovushlar bilan boshlanadigan narsalarga oid rasmlarni ikki qatorga ajratish. Masalan, s-sh, ch-s, r-ya va boshqalar.
Nutq prosodik komponentlarining holati
sur’at: me’yorda, sekinlashgan, tez;
oxang: me’yorda yoki aritmiya;
ovoz: me’yorda, bo`g’iq, xiqildoq, zaif, past;
ovoz yo`g’on-ingichkalilik: yumshoq, qattiq;
ovozning tez va qattiqligi: qattiq, yumshoq, yo`q;
nafas: me’yorda, tezlashgan, sekinlashgan;
nafas olish chuqurligi: me’yorda, yuzaki.
Do'stlaringiz bilan baham: |