2 bo‘lim bo‘yicha topshiriqlar


Download 17.04 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi17.04 Kb.
#145069
Bog'liq
falsafa 2


2 - bo‘lim bo‘yicha topshiriqlar

Jadvalni to`ldiring.



Bilish bosqichlari va darajalari

Falsafiy qonun va kategoriyalarning izohi

Bilish deb insonni o`rab turgan muhitdagi voqealar ularning o`zaro bog`liqligi aloqadorligi va qonuniyatlarini o`rganish jarayoniga aytiladi.

Miqdor o`zgarishlardan sifat o`zgarishlarga o`tish qonuni- dialektikaning qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy tarzini ochib beradi.


Hissiy bilish ( jonli mushohada)- narsa-voqea, hodisalarning inson ongida bevosita aks etish jarayoni.


Qarama-qarshilik birligi qonuni- dialektika qonunlaridan biri. Uni Gegel ishlab chiqqan. Bu qonunga ko`ra, ziddiyat, qarama-qarshi tomonlar, kuchlar o`rtasidagi kurash harakat va rivojlanishning sababi, manbai hisoblanadi.

Hissiy bilish shakllari:

  • Sezgi

  • Idrok

  • tasavvur

Inkorni inkor etish qonuni – O`zgarish va rivojlanish jarayonida o’z-o’zini inkor etish tamoyili nixoyatda muxim. Bunda vorislik-eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo’ladi. Ana shu jarayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonunining mohiyatini bildiradi.

Aqliy (mantiqiy)bilish- narsa, hodisalar mohiyati, aloqa munosabatlarini bilish

Yakkalik, hususiyat, umumiylik – ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi.

Aqliy (mantiqiy) bilish shakllari:

  • tushuncha

  • hukm

  • xulosa

Element, sistema, struktura – falsafaning muhim kategoriyalaridan bo`lib, xisoblanadi. Sistema-grekcha so`z bo`lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi.

Intuitiv bilish – g`ayrishuuriy bilish, to`satdan bilish

Mazmun va shakl – falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa, hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bilish usuli sifatida muxim ahamiyatga ega.

Bilishda haqiqat muhim ahamiyatga ega bo`lib, mazmunini ifodalaydi. Haqiqat turlari : obektiv haqiqat; nisbiy haqiqat

Mohiyat va hodisa – Mohiyat – o`zida axloxidalik, mazsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, stuktura, element tarzida namoyon qiladi. Hodisa esa, ularning bog`lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo`lishidir.

Inson bilish nixoyatda ko`p qirrali, murakkab va ziddiyat jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini xal etish bilan shug`ullanadi.

Sabab va oqibat – mazmuni va shakli o`zgarib turadi. narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko`ra, ularnin

Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o`rganish falsafa tarixida muxim o`rin egallab kelmoqda. Inson o`z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nixoyat, o`z-o`zini o`zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muxim ahamiyatga ega.

Zaruriyat va tasodif – ob’ektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muxim falsafiy-metodoloik ahamiyatga ega. Zaruriyat – narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa-zaruriyatning namoyon bo`lish shaklidir.

Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.

Imkoniyat va voqealik – falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendensiyasini ta;minlaydigan, muayyan qonunlarga asoslanadi.

Download 17.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling