Insonni,uning ma’naviy olamini kashf etadigan qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotni insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilar inson ruhining muhandislaridir. Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi. (I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” ) Adabiyot so‘z san’atidir. U inson qalbi va ruhidagi nozik tovlanish va ohanglarni ilg‘ashga, ularni so‘z vositasida aks ettirishga intiladi. Eng oliy daraja, yuksak pog‘onalarga chiqa oladigan badiiy adabiyot namu-nalari insoniyatni to‘lqinlantiradigan, hayajonga soladigan o‘y-fikrlar, kechinmalar, orzu-umidlarni ifodalaydi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o‘xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. 0‘zbek adabiyoti tarixi inson ruhiy holatlarini mahorat bilan aks ettirgan durdonalarga boy. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg‘ota oladi, ularning ma’naviy boyishlariga tegishli hissa qo‘sha oladi. Muhimi, ular faqat ma’rifiy bilimimizni oshirish bilan cheklanmay, badiiy didimiz takomiliga, ma’naviy kamolotga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |