5-sinf adabiyot fanidan test "Vatanim" nomli she’r kimning qalamiga mansub?


Download 19.32 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi19.32 Kb.
#199624
Bog'liq
5-sinf adabiyot test 40 talik


5-sinf adabiyot fanidan test

1.”Vatanim” nomli she’r kimning qalamiga mansub?

A)E.Vohidov B)A.Oripov C)M.Yusuf D)Faxriyor

2.”Ma’nolar maxzani”asari kimga tegishli?

A)Sh.Shoahmedov B)A.Oripov C)Sh.Shomaqsudov D)A va C

3.Mumtoz adabiyotda topishmoq nima deb ataladi?

A)topmacha B)jumboq C)matal D)chiston

4.Olam ahli bilingizkim ish emas dushmanlig‘,

Yor bo‘ling bir-biringizga erur yorlig‘ ish.

Ushbu misralar muallifi kim?


A)A.Navoiy B)Bobur C)Mashrab D)Lutfiy

"QORAKO'L SHUKRONASI" o'quv markazi, [11.12.20 22:40]

5-SINF ADABIYOTI BO’YICHA OCHIQ TEST

1.”Adabiyot, so’z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi,haqiqat va adolat jarchisi bo’lib keladi”. Ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) A.Qodiriy B) I. Karimov C) T.Mirzayev D) A.Navoiy

2. ” Ma’nolar maxzani” asari kimga tegishli?

A) Sh.Shoahmedov B)A.Oripov C) Sh. Shomaqsudov D) a va c

3. Mumtoz adabiyotda topishmoq qanday nomlanadi?

A) topmacha B) jumboq C) matal D) chiston

4. Olam ahli bingizkim ish emas dushmanlig’

Yor bo’ling bir-biringizga erur yorlig’ ish Ushbu misralar kimga tegishli?

A)A.Navoiy B) Bobur C) Mashrab D) Lutfiy

5. Tobeinlar kimlar ?

A) Payg’ambarimizni ko’rgan va u kishi bilan suhbatda bo’lgan izdoshlari

B) Payg’ambarlarni emas. Sahobalarni ko’rgan, ulardan eshitganlarini aytuvchilar C ) Ma’lumot beruvchi ,aytuvchi D) Hadis biluvchi , hadis aytuvchi

6. Zamondoshlari uning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham pul ham kirmaganligi haqida yozib qoldirganlar, Bu ta’rif kimga tegishli?

A) Ismoil Buxoriy B)Ezop C) Imom-al Buxoriy D) Navoiy

7. Islomda eng yaxshi xislatlar qaysilar?

A) Insofli va adolatli bo’lmoq , barchaga salom bermoq

B) barchaga salom bermoq ; kambag’alligida ham sadaqa bermoq

C) ochlarga taom bermoq, tanigan va tanimaganlarga salom bermoq

D) qarindosh –urug’lariga mehr-oqibatli bo’lish

8. Alloh ilmini o’rganadi, o’rgatadi , o’zi amal qilmaydigan kishilar qanday nom berilgan?

A)Mo’min B) Fosiq C)Kofir D) Valiy

9. Yangi do’st topganda eskisini unutma xulosasi Ezopning qaysi masalini g’oyasi?

A) Eshak bilan baqalar B) Bo’ri bilan laylak

C) Ustiga tuz ortilgan eshak D) Yovvoyi echkilar bilan cho’pon

10. Ezop masallarini she’riy yo’l bilan lotin tiliga tarjima qilgan ijodkorni belgilang?

A) Babriy B) Lafonten C) Fedr D) Krilov

11. .O’zbek adabiyotida XVIII asrning oxiri – XIX asr boshlarida masalchilik rivojiga hissa qo’shgan ijodkor?

A) Gulxaniy B) Navoiy C)Jomiy D) Sami Abduqahhor

12. XX asr kelib, o’zbek adabiyotida masalchilik janriga hissa qo’shganlar? 1.A.Avloniy, 2.Hamza 3.Yamin Qurbon 4.Sami Abduqahhor 5.Muxtor Xudoyqulov

A) 1,4,6 B) 1,3,5,6, C) 2,4,5,3 D)1,2,3,4,5,

13. A.Navoiyning qaysi asarlarida ibratli hikoyalarning eng saralarini uchratish mum kin? A) “Hayrat ul-abror” va Liston ut-tayr”( Qush tili) B) Layli va Majnun C) Farhod va Shirin D) Sabbayi sayyor

14. Haykal she’ri kimga tegishli?

A) Hamid Olimjon B) Zulfiya C) E.Vohidov D) A.Oripov

15. “Birni ko’rib shukr qil , birni ko’rib fikr qil” maqoli Ezopni qaysi masaliga mos tushadi?

A) Eshak bilan baqalar B) Bo’ri bilan laylak

C) Ustiga tuz ortilgan eshak D) Burgut, zag’cha va cho’pon

16. Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarining o’ziniyoq yaxshilik qilganga yo’yadilar Ushbu g’oya Ezopning qaysi masalining xulosasi?

A) Eshak bilan baqalar B) Bo’ri bilan laylak

C) Ustiga tuz ortilgan eshak D) Burgut, zag’cha va cho’pon

17. “Behuda chiranish belni chiqaradi”, “Ko’rpangga qarab oyoq uzat” maqollari Ezopning qaysi masaliga mos tushadi?

A) Eshak bilan baqalar B) Bo’ri bilan laylak

C) Ustiga tuz ortilgan eshak D) Burgut, zag’cha va cho’pon

18. Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo’lib, she’riy va nasriy shaklda bo’ladigan janr qaysi? A) Topishmoq B) Maqol C) Ertak D) Masal

19. ”Og’irning ostidan, yengilning ustidan o’tma” maqoli Ezopning qaysi masaliga mos tushadi?

A) Eshak bilan baqalar B) Bo’ri bilan laylak

C) Ustiga tuz ortilgan eshak D) Burgut, zag’cha va cho’pon

20. Qilmish - qidirmish maqoli Ezopning qaysi masaliga mos tushadi?

A) Eshak bilan baqalar B) Kiyik bilan tokzor

C) Ustiga tuz ortilgan eshak D) Burgut, zag’cha va cho’pon

21. “Do’st uldurki , o’ziga ravo ko’rmagan narsasini do’stiga ham ravo ko’rmaydi.O’zi do’sti uchun o’limga tayyor bo’lsa ham ,ammo do’stini bu ishga sherik qilmaydi”. Kimning qaysi asridan olingan?

A) Gulxaniy Zarbulmasal B) Ezop masallari C) Jomiy Bahoriston D) A. Navoiy “ Mahbub ul-qulub”

22. Yovvoyi echkilar bilan cho’pon masalidagi qissadan hissa nima?

A) Yangi do’st topganda eskisini unutma B) Qilmish - qidirmish

C) “Behuda chiranish belni chiqaradi” D) “Ko’rpangga qarab oyoq uzat”

23. “Ezop masallari” kitobida qancha masal bor?

A) 500 ga yaqin B) 400 ga yaqin C) 200ga yaqin D) 500 dan ortiq

24. Hadis ilmini rivojlanishiga hissa qo’shgan yurtimizdan chiqqan muhaddislar? J: 1.Buxoriy 2. Termiziy 3. Samarqandiy 4. Marg’inoniy 5. Forobiy 5. Zahabiy

A) 1,3,5 B) 1,2,3 C) 1.5,6 D) 1,2,5

25.” … maqol-matallar bejiz paydo bo’lmaydi, ular ham ma’lum bir haqiqatning ifodasi” Ushbu fikrlar kimga tegishli ?

A) I.Karimov B) Beruniy C) Navoiy D) Ezop

26. Alloh taolo nozil qilgan yo’l-yo’riqlarga muvofiq hukm qilmaydiganlar kimlar?

A) Kofirlar B)Zolimlar C) Mo’minlar D) Fosiqlar

27. Har bir qo’pol, quruq gerdaygan, beqanoat va dimog’dor odam hadislarda kimlarga nisbatan aytilgan? A) Ahli Jannat B)mo’minlar C) ahli do’zax D) fosiqlar

28. Kimki rizqim ulug’. Umrim uzoq bo’lsin desa…? Hadislani davom ettiring?

A) ochlarga taom bersin, tanigan va tanimaganlarga salom bersin

B) kambag’alligida ham sadaqa bersin

C) Insofli va adolatli bo’lsin

D) Qarindosh –urug’lariga mehr-oqibati bo’lsin.

29. Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman”. Ushbu fikrlar kim tomonidan aytilgan?

A) Temiziy B) Samarqandiy C) Ismoil Buxoriy D) Imom al- Buxoriy

30. Buxoriyning onasining tushiga kirgan payg’ambar kim?

A)Yusuf B) Ibrohim s.a.v C) Sulaymon D) Yaqub

31. Quyidagi topishmoqlardan qaysi biri ko’p predmetli ?

A) Bir parcha patir, olmaga tatir

B) Teg desa tegmaydi, tegma desa tegadi

C) Qoziq ustida qor turmas

D) ” Bir daraxtda o’n ikki shox, har shoxda o’ttiz yaproq- bir yog’i qora, bir yog’i oq”

32. Abadiyotning nasr deb atalgan turiga qaysi janrlar kiradi?

1.she’riy masal 2. Ballada 3. Hikoya 4. Ocherk 5. Doston

6. Katta-kichik she’rlar 7. Ertaklar 8. Qissa 9. Roman 10. Drama

A) 1,3,4,5 ,7,8 B) 2,3,4,910, 7 C) 2,3,4,5,6,7 D) 3,4,7,8,9

33. She’riy shakldagi maqol berilgan qatorni belgilang?

A) Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda

B) Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagini oldirar,To’rtovlon tugal bo’lsa, tepadagini endirar

C) Chin qushim, chinni qushim, Chin tepaga qo’ndi qushim, Tumshug’ini yerga berib, Xalqqa salom berdi qushim.

D) Zar gilam zar-zar gilam, ko’taray desam og’ir gilam

34. Kim Ilmni ko’p yog’gan yomg’irga o’xshatgan?

A) Buxoriy B) Ismoil Buxoriy C) Navoiy D)Ezop

35. Birovni yiqitgan polvon emas , balki qanday inson polvon hisoblanadi?

A) Nochorlarga yordam bergan inson

B) Tanigan tanimagana salom berga inson C) g’azablangan vaqtida jahlini yuthan inson D) iymon keltirhan inson

36. Vatan suratini farzandiga mehri cheksiz ona siymosida chizgan ijodkor kim?

A) Usmon Nosir B) Muhammad Yusuf C) E.Vohidov D) Navoiy

37. Abadiyotning she’riyat turiga qaysi janrlar kiradi?

1.she’riy masal 2. Ballada 3. Hikoya 4. Ocherk 5. Doston 6. Katta-kichik she’rlar A) 1,4,5,6 B) 1,2,5,6 C) 1,2,4,6 D) 1,3,5,6

38. Topishmoqlar yaratilishiga ko’ra necha xil bo’ladi va qaysilar?

A) 2 xil : Bir predmetli va ko’p pretmetli

B) 2 xil :soda va murakkab

C) 2 xil: Mantiqiy va zamonaviy

D) 2 xil: an’anaviy va yangi , zamonaviy topishmoqlar

39. Hadis necha qismdan iborat va qaysilar?

A) 1qism: matn B) 2 qism: sanad va matn C) 3 qism: kirish, asosiy qism, xulosa D) 2 qism: sahoba va tobein

40. Abadiyotning dramaturgiya turiga qaysi janrlar kiradi?

1. Intermediya 2. Ballada 3. Hikoya 4. Ocherk 5. yirik drama

6. Katta-kichik she’rlar 7. Komediya 8. tragediya



A) 1,3,4,5,6 B) 2,3,7,8 C) 1,2,3,4,5

D) 1,5, 7,8
Download 19.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling