2-bosqich 201- guruh talabasi Rashidova Maftunaning “Optika” fanidan tayyorlagan Mustaqil ta’lim ishi. Mavzu


f(n)=rd Ayni modda uchun xarakterli bo’lgan r doimiy koeffitsientga solishtirma refraksiya


Download 1.36 Mb.
bet3/4
Sana23.12.2022
Hajmi1.36 Mb.
#1045039
1   2   3   4
Bog'liq
Rashidova Maftuna 2F1

f(n)=rd
Ayni modda uchun xarakterli bo’lgan r doimiy koeffitsientga solishtirma refraksiya deyishadi.Molekulyar refraksiya R deb solishtirma refraksiyaning molekulyar ko’paytmasiga aytiladi.
R=rM
Bu yerda, M-moddaning molekulyar o’g’irligi.
Molekulyar refraksiyani hisoblashda ko’p hollarda Lorentts-Lorents formulasi ishlatiladi.
R=n+2d
Bu yerda n-moddaning sindirish ko’rsatkichi, d-uning nisbiy zichligi.
Molekulyar refraksiya moddaning temperaturasiga, bosimiga va agregat halatiga bog’liq emas.Lekin,tahliliy kimyo uchun muhim bo’lgan additivlik xususiyatiga ega bo’lib, murakkab moddalar uchun uni tashkil etgan atomlarning refraksiya yig’indisiga teng.
Rdf=Rd+Rf
Bu yerda Rdf-ikki atomli (D va F) molekulaning molekulyar refraksiyasi, Rd va Rf-mos ravishda D va F atomlarning refraksiyalari.
Yorugʻlik Refraksiyasi keng maʼnoda yorugʻlikning sinishidir; bunda muhit sindirish koʻrsatkichi oʻzgarishi bilan muhitdan oʻtayotgan yorugʻlik nurining yoʻnalishi ham oʻzgaradi. Koʻpincha, optik nurlanishning sindirish koʻrsatkichi nuqtadan nuqtaga ravon oʻzgaradigan muhitdan oʻtayotgan hollarda “Yorugʻlik Refraksiyasi" termini, ikki bir jinsli, lekin turli sindirish koʻrsatkichiga ega boʻlgan muhitlar chegarasidan oʻtayotgan nurning yoʻnalishi keskin oʻzgargan hollarda "sinish" termini ishlatiladi. Optikaning bir qator boʻlimlarida "Refraksiya" termini qoʻllaniladi. Bularga atmosfera optikasi, koʻzoynak optikasi, koʻz optikasi va boshqa kiradi. Koʻz Refraksiyasi - koʻzning optik tizim sifatidagi harakteristikasi; koʻzning tinch akkomodatsiya holatidagi optik kuchi. Asosiy sindirish elementlari - koʻz soqqasi va gavhari. Ularning optik kuchi 52,59 dan 71,30 dioptriyagacha oʻzgarib, oʻrta hisobda 59,92 dioptriyani tashkil qiladi. Agar
koʻzning optik kuchi va uning oʻlchamlari bir-biriga mos boʻlsa, koʻzga kirayotgan yorugʻlikning parallel nurlari toʻr pardaning markazi — sariq dogʻ qismida fokuslanadi. Faqat shu holdagina koʻzning toʻr pardasida koʻrilayotgan predmetning aniq tasviri hosil boʻladi. Refraksiya buzilsa, koʻzning uzoqdan koʻrish va yaqindan koʻrish xususiyatlari paydo boʻladi.
Ma’lumki, yorug‘lik elektromagnit to’lqinlar energiyasining oqimidir. Yorug’lik moddaning qatlam qalinligidan o‘tganda, uning energiya oqimi kamayishi kuzatiladi-yorug'lik yutiladi. Yorug‘lik energiyasini yutib, uyg‘ongan g‘alayonlangan atom, molekula va zaryadli zarrachalar o‘zaro to‘qnashib turadilar. Natijada harakat energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi. Metallarda erkin elektronlar konsentratsiyasi kattaligi uchun, yorug‘lik energiyasi ana shu elektronlarda ko'proq yutiladi. Natijada metallar tiniq dielektriklarga qaraganda tezroq qiziydi. Ba’zi moddalarda yutilgan yorug‘lik energiyasi molekulalar bog‘lanishini uzishga sarflanadi (fotokimyoviy reaksiya
sodir bo’ladi). Begona modda atomi molekulalari (kolloid zarrachalar) ning tiniq moddalarga aralashuvi yoki zichlik fluktuatsiyasi tufayli yorug‘Iik energiyasi sochilishi ham, o‘tgan yorug‘Iik energiyasining kamayishiga ham sabab bo‘ladi.Faraz qilaylik, spektral tarkibi va oqimi o‘zgarmas(Ф = const) bo‘lgan parallel nurlar dastasi biror modda qatlami orqali o‘tayotgan bo’lsin. Pastdagi rasmga e’tiborimizni qaratamiz.
Agar modda qatlamiga tushayotgan yorug‘lik intensivligiga mos holda, o‘tgan yorug‘lik intensivligini F deb belgilasak, yutilgan yorug‘lik uchun
Ф-
Buger-Lambert (1730-y.) bu hodisani atroflicha o‘rganib, yutilgan yorug’lik moddaning tabiati, qatlam qalinligi, yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’iq ekanligini aniqladi:

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling