2-bosqich 201- guruh talabasi Rashidova Maftunaning “Optika” fanidan tayyorlagan Mustaqil ta’lim ishi. Mavzu
Download 1.36 Mb.
|
Rashidova Maftuna 2F1
Andijon Davlat Universiteti Fizika-Matematika fakulteti Fizika ta’lim yo’nalishi 2-bosqich 201- guruh talabasi Rashidova Maftunaning “Optika” fanidan tayyorlagan Mustaqil ta’lim ishi. Mavzu: Yorug’lik dispersiyasi va yutilishi. Reja: 1.Yorug’likning dispersiyasi. 2.Anomal dispersiyaning tajribada tadqiq qilinishi. 3.Dispersiyaning elektron nazariyasi. 4.Muhit molekulyar tuzilishining dispersiyaga ta’siri.Molekulyar refraksiya. 5.Yoruglikning yutilishi. Muhit sindirish ko’rsatkichining yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’liqligiga yorug’lik dispersiyasi deyiladi.Rangsiz shaffof muhitlarda(ya’ni yorug’likni kam yutuvchi muhitlarda) yorug’lik to’lqin uzunligi kamayishi bilan muhitning sindirish ko’rsatkichi ortadi.Sindirish ko’rsatkichining to’lqin uzunligiga bog’lanish egri chizig’iga dispersiya egri chizig’i deyiladi. 1672-yilda I.Nyuton optika sohasida bir qancha ajoyib tajribalar o’tkazib dispersiya hodisasini kashf qildi. Nyuton tajribalarida yorug’lik mabayi sifatida Quyosh nuri bilan yoritiladigan AB deraza yog’ochidagi kichkina dumaloq S teshik olingan edi.Teshik oldiga P prizma qo’yilganda devorda dumaloq yorug’ dog’ o’rniga ranglarning kamalakdagidek izchillik bilan keladigan turlariga ega uzunchoq Ravshan MN yo’llar hosil bo’ladi.Nyuton bu rangdor yo’lni spektr deb atadi. Uch yoqli prizmadan o‘tgan alohida ranglarga ajralib, ekranda kamalak rangli yo’l hosil qilishini kuzatishgan. Bu kamalak rangli yo’l spektr deb yuritiladi. Spektrda ko‘rinadigan nurlar to’lqin uzunliklari bo‘yicha (7600 dan 3900 gacha) tartib bilan joylashgan bo’ladi. Tajribalar ko'rsatishicha, nurlarning dastlabki yo'nalishdan og‘ish burchagi yorug‘lik to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lib, uch yoqli prizma uchun: A(n-1) n-prizma moddasining sindirish ko‘rsatkichi bo‘lib, nazariy ma’lumotlarga ko‘ra quyidagi funksiyani qanoatlantiradi , n=f()= a++ Bu funksiya oshgan sari kamaya borib limitga intiladi: Har xil moddalardan yasalgan prizma spektrlarini taqqoslab, nafaqat nurlarning burilish burchagini balki, birday intervalga tegishli spektr kengligini. ham turlicha bo‘lishini ko‘rish mumkin. Sindirish ko‘rsatkichining o‘zgarish teziigini aniqlaydigan bu kattalik, modda dispersiyasi deb yuritiladi Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling