Farmatsevtik kimyo
Download 306,66 Kb.
|
KT-401B Mansurova Maftuna DVITU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi Mavzu: Fizik tahlil usullaridan: qutblangan nurni burilish burchagini va optik siljishini aniqlash Bajardi: KT-401”B” Mansurova Maftuna Tekshirdi: Mamajalilova Maftuna Reja:1. Dori vositasini qutblangan nurni burish ko‘rsatkichi bo‘yicha polyarimetrik usulda aniqlash2. Optik usullarning dori vositalar tahlilida qo‘llanilishiQutblangan yorug'lik - elektromagnit tebranishi faqat bitta yo'nalishda tarqaladigan yorug'lik to'lqinlari Barcha moddalar qutblangan nurga bo'lgan munosabatiga qarab ikki guruhga bo'linadi: a) optik faol emas; b) optik faol - qutblanish tekisligini aylantirishga qodir. Bunga quyidagilar kiradi: glyukoza, penitsillin, streptomitsin va boshqalar. Optik faol moddaning tabiatiga qarab, qutblanish tekisligining aylanishi boshqa yo'nalish va kattalikka ega bo'lishi mumkin. Agarda qutblangan nur sathi soat strelkasi bo’yicha burilsa, modda o’nga buruvchi bo’lib “+” ishorasi bilan, soat strelkasiga teskari tomonga burilsa, u holda modda chapga buruvchi bo’ladi va “-” ishorasi bilan belgilanadi. Polyarimetrik usul -moddalarning undan o’tayotgan qutblangan nur sathini ma’lum bir burchakka burishiga asoslangan Boshlang'ich holatdan qutblangan nur sathining o'zgarishi burish burchagi deyiladi va burchak graduslarida ifodalanadi. Burish burchagi grek harfi “ a ” bilan belgilanadi. Burish burchagi kattaligi optik faol moddaning tabiatiga, qutblangan nurni optik faol muhitdagi bosib o'tgan yo'li uzunligiga va numing to'lqin uzunligiga bog'liq bo'ladi. Eritmalar uchun burilish burchagi kattaligi erituvchi tabiatiga, qatlam qalinligiga, optik faol modda tabiatiga va konsentratsiyasiga bog'liq. Burish burchagining kattaligi optik faol modda yoki uning eritmalarining qatlam qalinligi bilan to'g'ri proporsional bo'ladi. Harorat ko'p hollarda sezilarli ta ’sir etmaydi. Download 306,66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling