2-bosqich magistranti dars tahlil bayonnomalari
Amaliyot rahbari: ___________________________Sh. Yusupova
Download 20.53 Kb.
|
bayonnoma SAYOHAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyot rahbari: ___________________________Sh. Yusupova Amaliyotchi magistrant: ___________________________ G. Raximova
Amaliyot rahbari: ___________________________Sh. Yusupova
Amaliyotchi magistrant: ___________________________ G. Raximova Farg’ona Davlat Universiteti Magistratura bo’limi Lingvistika va tillarni o’qitish: ingliz tili mutaxassisligi 2 bosqich magistranti Raximova Gulzoda Baxtiyor qizining dekabr oyi uchun ilmiy pedagogik amaliyoti HISOBOTI Men, Raximova Gulzoda Baxtiyor qizi 3-semestr noyabr oyi davomida jami mutaxasislik hamda boshqa fanlardan nazariy ta’lim oldim. Pedagogik amaliyot rejasi va shaxsiy kalendar rejasidagi belgilangan ishlarni bajarishga harakat qildim. Avvalo kredit modul tizimi haqida yana ham chuqurroq bilimga ega bo`ldim. O`quv yili davomida bizga ajratilgan fanlarning kreditlari va qanday topshiriqlar bajarsak ushbu kreditlarni to`play olishimiz haqida o`rgandim. O`quv yili ohirigacha va magistrlik dissertatsiyasini yoqlagunimizcha qancha kredit ball olish to`g`risida to`liq ma’lumotga ega bo`ldim hamda o`z oldimga rejalar belgiladim. Rejada belgilangan ishlarni bajarishga kirishdim. Xususan, kafedradagi o’qituvchilar: D.Mirzayeva, D. Ganiyeva, N Abbasova , N, Murodova kabi mutaxasislik o`qituvchilarimizning darslarida faol ishtirok etdim, o’qituvchilaring darslarini kuzatdim. Ulardan yangi metodika, pragmatika va semantika fanlari haqida to`liq ma’lumotlar olib bormoqdaman. Asosiy o’rganilayotgan til o’qitish metodikasi va zamonaviy texnologiyalar fanidan grafik organayzer va lesson plan qilishni o`rgandim. O`qituvchimiz N. Abbasova bizga ushbu grafik organayzerlar va lesson plan haqida ma’lumot berishdi. Ma’ruza darslarida qo’llaniladigan metodlar, slaydlardan samarali foydalanish, mavzuga mos grafik organizerlar tayorlash, o’qituvchilar e'tiborini jalb qilish bo’yicha ko’plab narsalarni o’rgandim. Amaliy mashg'ulot darslarimizda esa ilmiy ishimiz uchun foydali bo`ladigan bilimlarni olmoqdaman. Maqola nima?, u qanday yoziladi?, tezisdan farqi nima? kabi savollarga javob olmoqdaman. “ingliz va o'zbek tillarida shirinlik nomlarini ifodalovchi leksik birliklarning qiyosiy lingvokulturologik tadqiqi ” mavzusidagi ilmiy ishimga aloqador maqolamga ma’lumotlar izlay boshladim. FarDU ATMga kirib avtoreferatlar bo`limidan mavzuga doirlarini izlab topdim va u yerdagi ma’sullar menga yordam berishdi. Xorijiy saytlar bo`limida ham ingliz tilidagi maqola va ilmiy ishlarni yuklab oldim va o`zimning ilmiy ishimga doir joylarini o`rganib chiqdim. Maqola yozishda ham ularda keltirilgan adabiyotlar hamda fikrlardan foydalandim. Darsdan so`ng tajribali o`qituvchilarning darslarini kuzatish davomida ulardan dars o`tish tehnologiyalarini va ilg`or metodlardan foydalanishni o`rganyabman. Bir qattor ingliz tili ustozlarning darslarini kuzatish jarayonida o`zimdagi mashg`ulotlar ro`yxatimni anchagina boyitdim,ko`p warm up activities o`rgandim. Gulnara Tashmatovaning va M.Nurmatovaning darslari davomida ma’ruza darslarini qanday tashkillash, talabalarga uyda bajarishlari uchun topshiriqlar berish, yakuniy nazorat ishini olish tartibi, ularni baholash mezonlari kabi narsalarni o’rgandim. Darslami kuzatish jarayonida o’qituvchining guruh jurnalini yuritishiga, pedagogik mahoratiga, notiqlik san’atiga, kiyinish madaniyatiga katta e’tibor berdim va o’qituvchining uslubidan o’zimga ma’qul tomonlarini o’rgandim. Men hafta bir marotaba ya’ni shanba kunlari “ Tabiiy fanlar fakultetining Kimyo yo’nalishida” gi ustozlarga ingliz tilini o’rgatish uchun bormoqdaman. Ularga nafaqat ingliz tilini o’rgatyapman balki o’zim ham tajribamni o’shirmoqdaman. Jamoa chiqishuvchan va bilimga chanqoq ekan, ayniqsa kafedra mudiri men uchu hamma sharoitni qilib berishmoqda. Bundan tashqari, har hafta malakaviy amaliyotimning bir kunida ilmiy rahbarim Sh. Yusupova bilan dissertatsiya mavzuim ustida ish olib bordik, yangi ma’lumotlar izladik, xalqaro ilmiy amaliy anjuman uchun yozayotgan maqola, tezislarimni xato va kamchiliklari ustida ishladik, o`qishim kerak bo`lgan adabiyotlar ro`yxatini shakllantirdik internet, bosma manbaalardan yig’gan ma’lumotlarim ustida ishladik. Ularning yozish strukturasi, yutuqli tomonlari hamda yana o’rganishni talab etadigan jihatlari xususida maslahatlar oldim. Amaliyot rahbari: ___________________________Sh. Yusupova Amaliyotchi magistrant: ___________________________ G. Raximova Download 20.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling