2-bosqich ri 11-21 guruh talabasining “ kompyuterni tashkil etish” fanidan 5-amaliy topshiriq
Download 75.58 Kb.
|
Xurramov L5
- Bu sahifa navigatsiya:
- FORMULA
Assemblerlash jarayoni.Assembler operatorlari to‘rtta qismdan iborat yozuvlar qatori ko‘rinishida bo‘ladi: metkalar, amallar, operandalar va izohlar. Metkalar asosiy xotira adreslarini simvollarda ifodalangan nomlari sifatida ishlatiladi. Ular yordamida buyruqlar va ma’lumotlarga o‘tish amalga oshirladi, ya’ni asosiy xotiraning buyruqlar va ma’lumotlar saqlandigan joyiga (adresiga) murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Agar operatorga ham metka qo‘yiladigan bo‘lsa, u qatorning boshlanishida yoziladi. Keltirilgan misollarning mohiyatini, ulardan birinchisi asosida ko‘rib chiqamiz. Ushbu va keyingi misollarda ham, birinchi qatorda yozilgan FORMULA, I, J va N lar – metkalar hisoblanadi. Keyingi qatorda buyruqlar - MOV, ADD va direktivalar – DD joylashgan. Uchinchi qatorda protsessorning ichki registrlari va o‘zgaruvchilarning nomlari, to‘rtinchi qatorda esa izohlar keltirilgan. Assembler tilida yozilgan dasturlarni mashina kodlariga o‘tkazish – translyasiya qilish ikki o‘tishda amalga oshiriladi. Birinchi o‘tishda dasturda ishtirok etadigan barcha simvollar ketma- ketliklariga – metkalar va o‘zgaruvchilarning nomlariga mos keladigan simvollar jadvali tuzib olinadi. Simvollar jadvalini tuzish jarayonida, dastur bajarilayotgan paytda metkalarga to‘g‘ri keladigan asosiy xotira adreslarini aniqlab olish amalga oshiriladi. Dastur bajarilayotgan paytda bu adreslar buyruqlar adresi sanagichiga - ILCga (Instruction Location Counter) yozib boriladi. Download 75.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling