2-bosqich talabasi ismoilova dilshoda nasriddin qizining


Zamonaviy she’riyatda qor tasvirining berilishi


Download 192.5 Kb.
bet3/11
Sana17.06.2023
Hajmi192.5 Kb.
#1541582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
курс иши

1.2. Zamonaviy she’riyatda qor tasvirining berilishi
Adabiyotda tabiat va u bilan bog’liq tushunchalarning berilishi bu har qanday asarning yuragi hisoblanadi. Inson tabiatning tarkibiy qismi va farzandi sifatida vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyat o`z his tuyg`ularini, kechinmalarini ta’sirliroq ifodalash maqsadida she’riyatdan foydalangan. Turli ramzlar, obrazlar, timsollarni keltirish ularni yanada o`qimishli bo`lishiga yordam bergan. Zamonaviy she’riyatda tabiat hodisalari tasvirida qorning berilishi she’rga o’zgacha jilo baxsh etadi. Qor tabiatning eng go’zal ijod namunalaridan biridir. Bunday nafis shaklni yasash o’ta mashaqqatli ish. Masalan, qor yoqqanda millionlab bunday uchqunlar yerga tushadi, ammo ular orasidan ikkita bir xil uchqunni topishni imkoni yo’q.

(Guljamol Asqarova “Onam bilan ko`zim suhbati”)
Shoiraning mungli misralarida ifodalangan qor ramziydir. Shoira “boshimdagi qor” iborasi orqali hayot tashvishlarini, sovuqlik va yolg’izlikni ramzlantirgan. Qor nega sovuq? Qor qanday paydo bo’ladi?
Qor muzlagan suvdan boshqa narsa emas. Uning sovuqligi ham shundan. Qor donalari muzning kichik kristallchalaridan tarkib topgan va yorug’lik uning behisob qirralaridan qaytgani uchun ham qor donalari shaffof emas, oq bo’lib ko’rinadi. Qor parchalari olti qirrali bo’lib, tabiatda ikkita bir xil qor donasini topish qiyin. Qor hamisha ham oq rangda bo’lavermaydi. Dunyoning ko’pgina mintaqalarida qizil, yashil, zangori va hatto qora qorlar ham yog’ib turadi. Uning bunday turfa rangda bo’lishi sababi shundaki, qor donalari yerga tushayotganda, havoda mavjud mayda bakteriyalar, zamburug’lar va changni yutadi.2
Adabiyotda “qora qor” ramziy iborasining uchrashi ham shundan. Unda salbiy bo’yoqdorlik kuchli bo’lib, odatda, juda tushkun vaziyatda ishlatiladi.
Oy suzadi. Muzlagan kecha.

Download 192.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling