2. Buning natijasida 2020 yil 29 yanvar' kuni O‘zbekiston


Download 18.24 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi18.24 Kb.
#213217
Bog'liq
Odilov Shoxruz


1.2019 yil dekabr' oyida Xitoyning Uxan provinsiyasida SOVID-19 koronovirus infeksiyasi tarqalib borayotgani aniqlandi. Ushbu infeksiya keyinchalik dunyoning boshqa mamlakatlariga ham tarqala boshladi. 

2.Buning natijasida 2020 yil 29 yanvar' kuni O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida” gi F5537-son farmoyish qabul qilindi. 2020 yil 11 mart kuni

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo miqyosida SOVID-19 koronovirus infeksiyasi tarqalib ketgani munosabati bilan pandemiya e'lon qildi. Ushbu kasallik O‘zbekistonga ham kirib keldi va 2020 yil 15 mart kuni mamlakatda karantin e'lon qilindi. 

3.Karantin sharoitida kasallikning tarqab ketishini oldini olish maqsadida Respublika komissiyasi tomonidan turli cheklov choralari o‘rnatila boshlandi. Jumladan, avtotransportda ertalab soat 07.00 dan 10.00 gacha va kechki vaqt soat 17.00 dan 20.00 gacha harakatlanishga ruxsat berildi. Qolgan vaqtda harakatlangan fuqarolar javobgarlikka tortildi. 

4.E.Rustamov 2020 yil 5 avgust kuni soat 16.00 da oilasi bilan avtotransport vositasida yaqin qarindoshini ko‘rgani ketayotganda ichki ishlar organi xodimi tomonidan to‘xtatildi va sodir etgan huquqbuzarligi uchun ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. E.Rustamov bayonnomaga imzo qo‘yishdan bosh tortdi. Bunga sabab sifatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga binoan u shaxsiy erkinlik, respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish singari huquqlarga ega bo‘lib, ushbu huquqlar daxlsiz ekani, ularni sud qarorisiz cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligini, shunday ekan Respublika komissiyasining qarorlari bilan uning konstitusiyaviy huquqlari cheklanishi Konstitusiya va qonunning ustunligi prinsipiga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

1.2019 yil dekabr' oyida Xitoyning Uxan provinsiyasida SOVID-19 koronovirus infeksiyasi tarqalib borayotgani aniqlandi. Ushbu infeksiya keyinchalik dunyoning boshqa mamlakatlariga ham tarqala boshladi. 

 

2.Buning natijasida 2020 yil 29 yanvar' kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida” gi F-5537-son farmoyish qabul qilindi. 2020 yil 11 mart kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo miqyosida SOVID-19 koronovirus infeksiyasi tarqalib ketgani munosabati bilan pandemiya e'lon qildi. Ushbu kasallik O‘zbekistonga ham kirib keldi va 2020 yil 15 mart kuni mamlakatda karantin e'lon qilindi. 



 

3.Karantin sharoitida kasallikning tarqab ketishini oldini olish maqsadida Respublika komissiyasi tomonidan turli

cheklov choralari o‘rnatila boshlandi. Jumladan, avtotransportda ertalab soat 07.00 dan 10.00 gacha va kechki vaqt soat 17.00 dan 20.00 gacha harakatlanishga ruxsat berildi. Qolgan vaqtda harakatlangan fuqarolar javobgarlikka tortildi. 

 

4.E.Rustamov 2020 yil 5 avgust kuni soat 16.00 da oilasi



bilan avtotransport vositasida yaqin qarindoshini ko‘rgani ketayotganda ichki ishlar organi xodimi tomonidan

to‘xtatildi va sodir etgan huquqbuzarligi uchun ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. E.Rustamov bayonnomaga imzo qo‘yishdan bosh tortdi. Bunga sabab sifatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga binoan u shaxsiy erkinlik, respublika hududida bir joydan ikkinchi

joyga ko‘chish singari huquqlarga ega bo‘lib, ushbu huquqlar daxlsiz ekani, ularni sud qarorisiz cheklab

qo‘yishga hech kim haqli emasligini, shunday ekan Respublika komissiyasining qarorlari bilan uning konstitusiyaviy huquqlari cheklanishi Konstitusiya va qonunning ustunligi prinsipiga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

 

Shaxs erkinligi va shaxs daxlsziligi,bir joydan ikkinchi joyga ko'chishi ?                                                                               



Karantin qoidalarining buzilishi ?

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 moddasida quyidagi fikrlar keltirilgan:  ”O‘zbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga

ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir."

Bu yerda fuqaro E.Rustamov xato qilganligi yaqool bilinib turibdi. To'g'ri shaxsning bir joydan ikkinchi joyga ko'chishi,erkin harakatlanishi qonun bn tasdiqlangan lekin ushbu 25- moddaning oxirgi qismiga e'tibor beradigan bosak qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir. Va bu bilan fuqaro E.Rustamovning bildirgan e'tirozi orinsiz. Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi dunyo hamjamiyatiga jiddiy xavf solmoqda. Mazkur

pandemiya nafaqat insonlarning hayoti va sogʻligi, balki davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligiga xavf tugʻdirmoqda va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga sababchi boʻlmoqda. Mamlakatimizda ham bu borada zarur choralar koʻrilmoqda.                                                                     

Afsuski, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay, joylarda karantin qoidalari buzilayotgani holatlari kuzatilmoqda. Bu albatta, achinarli holdir. Vaholanki, koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatimizda qisqa davrda bir qator qonun va qonunosti hujjatlar ishlab chiqildi. Jumladan, “Oʻzbekiston

Respublikasining Jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish uchun javobgarlik belgilangan 244-5 moddasi bilan toʻldirildi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida bunday haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek internet butunjahon axborot tarmogʻi orqali tarqatganligi uchun ogʻirlashtirilgan javobgarlik koʻrsatilib, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi. Shu bilan birga, Jinoyat kodeksining sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish uchun javobgarlik koʻrsatilgan 257-1 moddasi javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlar bilan yangi tahrirda ishlab chiqildi. Unga koʻra, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi sharoitida Davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvidan va davolanishdan oʻtish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joyni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqishi mumkin boʻlgan davrda muloqotda boʻlgan shaxslar va borgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarni uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishiga olib kelsa aybdor shaxs boshqa alternativ jazolar bilan birga besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Jinoyatning javobgarlikni ogʻirlashturivchi holatlari sifatida ushbu qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, agar aybdorning

oʻsha qilmishi odamlarning oʻlimiga sabab boʻlsa yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.                                                                   

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishlarga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularni ayni vaqtning zarurli talabi ekanligiga amin boʻlamiz. Kodeksning “Maʼmuriy jazo” deb atalmish uchinchi bobi “Maʼmuriy jazo va majburlov chorasi” etib belgilanib karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi sharoitida tibbiy yoʻsindagi majburiy chorasini qoʻllash koʻrsatilgan 29-2 moddasi bilan toʻldirildi.

Unga koʻra, ushbu sharoitda sanitariya va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, davlat organlari tomonidan karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yoʻsindagi 30 sutkagacha boʻlgan majburlov choralari qoʻllanishi mumkinligi belgilandi. Ushbu tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarining ijrosi davlat Sanitariya nazorati, Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, bugungi koronavirus epidemiyasining xususiyatlarini hisobga olgan xolda, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksidagi epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish uchun javobgarlik koʻrsatilgan 54 moddasi yangi tahrirda ishlab chiqildi. Ushbu moddaning birinchi qismida karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi sharoitida jamoat joylarida niqobsiz yurganlik uchun

javobgarlik koʻrsatilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdorda jarima solish belgilandi.         

Ushbu moddaning ikkinchi qismida boʻlsa, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik hamda Davlat sanitariya organlarining tibbiy tekshiruvdan va belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joyni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqishi mumkin boʻlgan davrda muloqotda boʻlgan shaxslar va borgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarni uzrli sabablarsiz bajarmaslik uchun

javobgarlik koʻrsatilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yuz baravaridan bir yuz ellikbaravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Shuni qayd etish kerakki, qonun hujjatlariga ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi haqida aholi orasida asossiz vahima tarqalishining oldini olish, jamoat



xavfsizligini taʼminlash hamda mutasaddi idoralarning normal faoliyat yuritishi uchun yetarli sharoit yaratish, yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi yoki tarqalishining oldini olishni amalga oshirish, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish uchun javobgarlik va jazo muqarrarligini anglash maqsadlarida kiritildi.

Ushbu holatda fuqaro E.Rustamovning harakatlari o'rinsiz. Chunki hozirgi kundagi dolzarb muammo bo'layotgan paytda belgilanmagan vaqtda harakatlanish mumkinmasligini bilib turib harakatlangan va bu holat qonunga zid deb hisoblanadi. Agar qonunni bilmagan deb qarasak ham barbiram qonunni bugan hisoblanib ma'muriy bayonnoma tuziladi. Chunki qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Download 18.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling