2. Cho’kayotgan odamni qutqarish va suvdan chiqarish texnikasi


Inson cho’kayotganini qanday bilish mumkin?


Download 24.75 Kb.
bet2/3
Sana24.03.2023
Hajmi24.75 Kb.
#1290880
1   2   3
Inson cho’kayotganini qanday bilish mumkin?
Albatta, hech qanday shovqin-suron ko’tarilmaydi — har bir nafas qultumi uchun kurashish kerak bo’lgan holatda ko’pchilik odamlar baqirishmaydi. Shuningdek qo’llarni silkitish va suv sachratish ham kuzatilmaydi.
Cho’kayotgan odamda odatda quyidagi belgilar kuzatiladi:

  • Bosh suv sathidan pastda saqlanadi, og’iz suv ostida va faqat vaqti-vaqti bilan nafas olish uchun ko’tariladi.

  • Cho’kayotgan odam xalaqit berayotgan sochlarini to’g’irlamaydi, bir joydan boshqa joyga suzib ketmaydi, bir nuqtaga qaraydi — o’sha paytdagi nigohi «shishadek» bo’lib qoladi.

  • Orqaga tayanish yoki boshini tashlashga harakat qilib, qiyinchiliklar bilan nafas oladi.

  • Uning rangi oqarib ketadi, haqiqiy cho’kishda — og’iz va burun atrofida ko’pik bo’ladi.

Cho’kish haqida belgil beruvchi boshqa alomatlar ham mavjud, masalan titroqli nafas olish va varaja qilish, lekin ularni masofadan turib sezib bo’lmaydi.

Cho’kayotgan odamni qutqarish va suvdan chiqarish texnikasi


Eng avvalo cho’kayotgan kishini suvga tushmasdan qutqarish mumkinligini teran baholab ko’rish kerak. Yaqin atrofda uzunroq tayoq, qutqaruv balloni yoki havo solingan boshqa jism mavjudligiga nazar soling. Atrofdagilarni yordamga chaqiring — bunday holda qahramonlik qilish ketmaydi.
Cho’kayotgan odamga yordam berishning eng katta qiyinchiligi shundaki, cho’kuvchi odam qutqaruvchiga reflektor ravishda tirmashib oladi va qutqaruvchi yetarlicha tajribaga ega bo’lmasa, cho’kuvchi ikkisini ham suv tubiga tortib ketishi mumkin.
Quruqlikka chiqqach nima qilish kerak?
Bu jihatda multfilmlardagi harakatlar biroz haqiqatga yaqindir.
Darhaqiqat, javbrlanuvchiga sun’iy nafas berish talab qilinadi, lekin avval uni yotqizib, og’zidan qayt massasi, qum va boshqalarni chiqarib tashlash, uning nafas olishi va pulsini eshitish kerak:

  1. Agar ular butunlay mavjud va jabrlanuvchi hushida bo’lsa, uning boshini oyoqlaridan pastroq qilib yotqizish, ho’l kiyimlarini yechib, uni issiq choyshab bilan o’rab, issiq ichimlik berish kerak. So’ng tez yordamni chaqirish majburiydir — garchi jabrlangan kishi yaxshi ko’rinsa va o’zini yaxshi his etayotganini aytsa ham, bu hech narsani anglatmaydi.

  2. Agar ular mavjud bo’lsa, lekin kishi behush bo’lsa , uni ammiakli spirt yordamida hushiga keltirib, yuqorida keltirilgan harakatlar — choyshab, issiq ichimlik berish va shifokor chaqirish kerak.

Agar nafas olish va puls aniqlanmasa, shoshilinch qutqaruv choralariga o’tish kerak.

Cho‘kkanda birinchi yordam ko‘rsatish


Cho‘kkan kishiga malakali birinchi yordam ko‘rsatish uchun cho‘kish hodisasi qanday qilib va qachon yuz berganligini bilish, kishining ahvolini aniqlay olish kerak. Uning ahvolidan kelib chiqib, birinchi yordamning turli choralarini qo‘llash lozim bo‘ladi.
Eng avvalo, klinik o‘lim holatini hushdan ketish va biologik o‘limdan ajrata bilish zarur. Hushdan ketganda, odam o‘zini bilmay qoladi, lekin yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari faoliyati, garchi ancha kuchsizlanib qolgan bo‘lsa-da, lekin davom yetadi. Klinik o‘lim holatida ko‘z qorachiqlari kengayadi, nafas olish to‘xtaydi yoki keskin izdan chiqadi, uyqu arteriyasida tomir urishi sezilmaydi. Klinik o‘lim holati 5-6 daqiqa davom yetadi. Shu davrda organizmning hayot uchun muhim funksiyalarini tik-lashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmuasi yordamida odam-ni hayotga qaytarish mumkin. Klinik o‘limdan so‘ng biologik o‘lim yuz beradi. Uning yaqqol belgilari: tana haroratining tushib ketishi, murdalarga xos dog‘larning paydo bo‘lishi, murdalarga xos qotib qolish kabilar.
Cho‘kkanda birinchi yordam ko‘rsatish
Cho‘kkan kishining holati cho‘kishning xususiyatiga bog‘liq.
Cho‘kishning bir necha turlari farqlanadi. Ulardan asosiylari 2 xil:
1. Oq asfiksiya (bo‘g‘ilish). Uning ancha yengil shakllari – soxta cho‘kish deb ataladigan turi ham bor, bunda nafas yo‘liga suv umuman tushmaydi yoki juda kam tushadi. O‘tkir reflektor siqilish natijasida ovoz tushunchalari hiqildoq va traxeyaga kirish yo‘llarini berkitib qo‘yadi, suv yesa o‘pkaga o‘ta olmaydi.
Bu holatda yurak faoliyati ancha kech to‘xtaydi (o‘pkada bir oz havo zahirasi qoladi va qon haqiqiy cho‘kkandagi kabi jiddiy o‘zgarishlarga uchramaydi), shu sababdan odamni hayotga qaytarish uchun vaqt ham, imkoniyatlar ham birmuncha ko‘p bo‘ladi. Bunday cho‘kkanlarning tashqi ko‘rinishi o‘ziga xos. Ularni “oq” cho‘kkanlar deb atashadi, negaki ularning terisi oppoq va muzdek sovuq bo‘ladi. Oq asfiksiyada o‘pkaga suv kirishining xavfli oqibatlari yo‘q, demak, odamni tiriltirish osonroq.
Tayyorgarligi bo’lmagan kishi uchun eng oddiy sun’iy nafas berish «og’izdan og’izga» usuli hisoblanadi. Buning uchun jabrlanuvchi chalqancha qilib yotqiziladi, boshi orqaga tashlanib, og’ziga nafas berila boshlaydi, bunda uning burni barmoqlar bilan yopib turiladi.
Refleks boshlanishi va jabrlanuvchi o’zi mustaqil nafas ola boshlamagunicha daqiqasiga 12-14 marotaba nafas berish amalga oshirilishi kerak. Agar oldin chiqib ketmagan suv chiqa boshlasa, jabrlanuvchining boshi yon tomonga burish, qarama-qarshi tomondagi yelkasini esa ko’tarib qo’yish kerak.

Download 24.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling