Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Urganch Davlat Universiteti “San`atshunoslik” fakulteti
192-TSMG guruhi talabasi Qozoqov Jamshidning
Tasviriy san`at va muhandislik grafikasini o`qitish
metodikasi fanidan yozgan dars ishlanmasi
2021-2022 o`quv yili
2-dars 5-sinf
Mavzu: Qalamtasvirda geometrik jismlar chizish.
Darsning ta`limiy maqsadi:
O`quvchilarga geometrik jismlarning ko`rinishi, jismlarning joylashish holatlarini, soya yorug’larini, qalam tasvirda chizish qonun qoidalari haqida ma`lumotlar berish;
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
O`quvchilarda nazariy va amaliy ko`nikma hosil qilish. Qalam tasvir ishlash bosqichlarini tushuntirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
Sinf o`quvchilarini ahil inoqlikka o`rgatish, dars jarayonida gigiyenik talablarga rioya etish, ish joyini ozoda tutish, O`quvchilarning tassavvurini o`stirish.
Dars metodi:
Suhbat, Savol-javob, o`qituvchi bayoni, ijodiy ish, kichik guruhlarda ishlash.
Darsning mazmuni;
O`quvchilar geometrik jismlarning soya yorug’lari haqida tushuncha uyg`otish, jismlar joylashuvi aniq joylashishi lozim, unda qalam tasvir va soya yorug’ning aniq va uyg`un chizilishi muhim o`rin kasb etishi haqida suhbatlashib, o`quvchilarning tushunchalarini oshirish.
Dars jarayoni:
Salomlashish, davomatni tekshirish, sinf xonasini va o`quvchilarni darsga tayyorgarligini ko`rib chiqish. O`quvchilarni guruhlarga bo`lish, va guruhlariga nom berish, ular bilan ishlash. O`tilgan mavzuni mustahkamlash, slaydlardan foydalanish. Qiziqarli o`yinlar “xotirani mustahkamlash”. Tarqatma didaktik materiallar bilan ishlash. Amaliy ish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism 2 daqiqa
Didaktik o`yinlar 10 daqiqa
Ko`rgazmalar namoyishi 10 dqiqa
Asosiy qism 20 daqiqa
Yakuniy qism 3 daqiqa
1 -rasm
Kutilayotgan natijalar:
Tasvirlanayotgan asosiy predmetlar aylana, uchburchak va to’rtburchak bo’lib, soya yorug’ va joylashuvlari bilan ishlangan. Natyurmort bosqichma bosqich 3 bosqichda tugatilgan. To’rtburchak ustida aylana, chap tarafida uchburchak yotqizilib joylashtirilgan. Orqa fo’ni devor tekis qilib ishlangan. Natyurmortni chizishda H o’rtacha qattiq qalamda chizib olingan, qalam tasvirning 1-bosqichida soya yorug’lar ajratilib olinadi, 2-bosqichda predmetlar qalamda yanada aniqlatib olib natyurmortni 70% tugatib olamiz, 3-bosqichda yordamchi chiziqlar o’chirilib soya yorug’lar tushuvchi soyalar aniq qilib qalam tasvir beriladi va ish tugatiladi.
Bosqichma bosqich ishlash namunasi (1-rasm)
2-rasm
3-rasm
4-rasm
Kelgusi rejalar: O’quvchilarga geometrik jismlarni namuna uchun ko’rsatish. Geometrik jismlarning rasmini chizilishining bosqichlarini ko’rsatish. Qalam tasvir bosqichlarini kuzatish. Turli xil gemometrik jismlarni ko’rsatib ularni chizishni topshirish. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar namunaga qarab rasm chizishni boshlaydilar.
Yangi mavzu bayoni. Qalamtasvirda geometrik jismlarni ishlash o’quvchilar uchun mashq hisoblanadi. Geometrik jismlar o’quvchilarga bittadan chizib mashq qilib boshlanadi. O’quvchilar bu orqali soya yorug’ va qalam tasvirda ishlashni o’rganib boshlaydi. Bu mashqlarni qilish orqali o’quvchilarning qo’llari qalam tasvirga moslashib boradi. O’qituvchi namuna uchun jismni qalam tasvirda ishlab so’z va ko’rsatish orqali o’quvchilarga tushintiradi. Bu orqali esa o’quvchilar qalam tasvirni o’rganishi yanada osonlashadi. Qalam tasvirda ishlashdan oldin rassomlar tomonidan ishlangan san’at asarlarini kuzatib ulardan ilxomlangan holda har xil suratlar ishlash.
Amaliy ish jarayoni. Avvalo geometrik jismlarni bosqichma bosqich ishlanishimiz kerak.
1 -bosqich
2-bosqich
3 -bosqich
4 -bosqich
Do'stlaringiz bilan baham: |